Amudaryo tumanida korruptsiyaga qarşi kuraşiş masalalari muhokama qilindi
Bugungi kunda korruptsiya nafaqat bir tizimning, balki butun jamiyatning eng asosiy muammolaridan biriga aylangan. U jamiyat taraqqiyotini sekinlaştiradi, insonlar orasidagi işonçni yemiradi, davlat va fuqarolar örtasida masofa paydo qiladi. Aynan şuning uçun ham mamlakatimizda korruptsiyaga qarşi kuraşiş davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylantirilgan.
Şu maqsadda Amudaryo tumanida keng qamrovli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Yaqinda tuman hokimligida ötkazilgan navbatdagi yiğiliş ham aynan şu dolzarb masalaga bağişlandi. Mazkur yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining Korruptsiyaga qarşi içki nazorat bölimi boşliği Batir Matmuratov hamda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi bölim boşliği Raşid Sadikov iştirok etdi va mavzu yuzasidan atrofliça maʼruza qildi. Yiğilişga tuman Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti masʼullari, hokim örinbosarlari, deputatlar, mahallalar raislari, hokim yordamçilari jalb etildi.
Batir Matmuratov öz çiqişida korruptsiyaga qarşi kuraşiş borasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan strategik vazifalarga alohida eʼtibor qaratdi. U korruptsiya – jamiyat rivojiga qarşi qaratilgan yaşirin tösiq ekanini, unga qarşi faqat qoğozdagi çora-tadbirlar bilan emas, balki amaliy işlar, oçiqlik va halollik orqali kuraşiş zarurligini taʼkidladi.
Qayd qilinganidek, korruptsiyaning ildizi köp hollarda oddiy befarqlikdan, loqaydlikdan boşlanadi. Har bir xodim öz vijdoni oldida masʼuliyatni his qilmasa, heç qanday qonun uni halol bölişga majbur qila olmaydi.
Tadbir davomida yiğiliş iştirokçilariga korruptsiyaga qarşi kuraşişga oid maxsus videorolik namoyiş etildi. Unda korruptsiyaning davlatga, iqtisodiyotga, eng muhimi oddiy insonlar hayotiga qanday taʼsir ötkazişi aniq misollar bilan yoritildi.
Videorolik namoyişidan keyin oçiq muloqot bölib ötdi. Unda mutasaddilar va taşkilot rahbarlari öz fikrlarini bildirdilar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etiş yöllari xususida bahs-munozara yuritildi. Yiğiliş iştirokçilari korruptsiyaga qarşi kuraşiş borasida har bir xodimning şaxsiy masʼuliyati muhim örin tutişini yana bir bor anglab yetdilar.
Batir Matmuratov Amudaryo tumanidagi korruptsiyaga qarşi kuraşiş holatini nafaqat yiğiliş doirasida, balki joylarga çiqqan holda ham örgandi. Xususan, u 36-sonli umumtaʼlim maktabi, Boyovul mahallasi va Tuman tibbiyot birlaşmasida bölib, bu yerda davlat xizmatlarining şaffofligi, murojaatlar bilan işlaş tartibi, içki nazorat tizimining samaradorligi kabi jihatlarni örgandi.
Taşrif davomida tibbiyot muassasasida aholiga körsatilayotgan xizmat sifati, navbatlarni samarali boşqariş, dorixona va laboratoriya tizimining oçiqligi, tibbiy xodimlarning halollik meʼyorlariga amal qilişi alohida tahlil qilindi. Joylardagi muloqotlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan mutasaddilarga aniq körsatmalar, tavsiyalar va takliflar berildi.
Bugun har bir mutasaddining oldida turgan eng katta vazifa halollik tamoyillarini şunçaki tarğib qiliş emas, balki amalda unga rioya etiş, halol mehnat qiliş va el işonçini oqlaşdir. Amudaryo tumanida ötkazilgan uşbu yiğiliş va joylardagi örganişlar aynan şu yondaşuvni amalda taʼminlaşga xizmat qildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶