IYuN OYIDA TUMAN PENSIYa JAMĞARMASI TOMONIDAN 25 MING 534 NAFAR FUQAROGA 31,16 MLRD SÖM PENSIYa HISOBLANDI
Mamlakatimizda aholining ijtimoiy muhofazasini kuçaytiriş, davlat va jamiyat hayotida yillar davomida amalga oşirgan fidoyi mehnatini rağbatlantiriş, yoşi ulğayganida qadr-qimmatini uluğlaş davlat siyosatidagi ustuvor yönalişlardan biri sanaladi. Bu Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 46-moddasida ham öz aksini topgan. Unga köra, “Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yöqotganda, şuningdek, boquvçisini yöqotganda va qonunda nazarda tutilgan boşqa hollarda ijtimoiy taʼminot oliş huquqiga ega”. Şu bois, mamlakatimizda aholi turmuş darajasini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar kölamini kengaytiriş, fuqarolarning daromadlarini izçil oşirib boriş orqali ularning ijtimoiy muhofazasini kuçaytirişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 4,5 mln. nafardan ziyod fuqaro turli toifadagi pensiyalarni olişadi. Ulardan salkam 216 ming nafari Qoraqalpoğiston Respublikasida istiqomat qilişadi. Amudaryo tumanida 25 ming 534 nafar pensionerlar bölib, ularning pensiyalarini öz vaqtida, qiyinçiliklarsiz olişlarini taʼminlaşga qaratilgan vazifalar ijrosi davlatimiz tomonidan doimiy nazoratda.
Ayni paytda tuman Pensiya jamğarmasida hisobda turuvçilarning pensiya pullarini öz vaqtida, heç qanday tösiqlarsiz olişlari uçun zarur imkoniyatlar yaratilgan. Joriy yilning iyun oyida 25 ming 534 nafar fuqaroga jami 31,16 mlrd söm pensiya pullari tölandi. Şundan 19 ming 863 nafar fuqaroga plastik kartalar orqali 23,56 mlrd söm, 5 ming 671 nafar fuqaroga esa naqd pul şaklida 7,6 mlrd söm beminnat yetkazib berildi.
Pensiya taʼminoti borasidagi yangiliklar va özgarişlardan xalqimizni vaqtida xabardor qilib boriş, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga aniq va puxta javob beriş maqsadida tuman Pensiya jamğarmasi bölimining malakali mutaxassislari tomonidan muntazam ravişda tuşuntiriş va tarğibot tadbirlari amalga oşirilib kelinmoqda. Ayniqsa, Prezident Qaror va Farmonlari yuzasidan aholi bilan yuzma-yuz muloqot tadbirlari özining ijobiy samarasini berib, fuqarolar pensiya tayinlaşdagi qulayliklardan öz vaqtida xabardor bölişmoqda.
Yoşga doir pensiya tayinlaş borasidagi qulaylik tufayli 2025-yil 1-martdan boşlab pensiya yoşiga yetgan fuqarolarga pensiya “avtomatik” tarzda, heç qanday hujjat talab qilmasdan, fuqarolarning murojaatisiz tayinlanib, fuqarolarning şaxsiga oid barça maʼlumotlar vazirlik va idoralar elektron bazalaridan olinadigan böldi. Tizimdagi bu özgariş pensiya tayinlaş borasidagi qoğozbozliklarga, behuda ovoragarçiliklarga barham beribgina qolmay, xalqimizning qimmatli vaqtini tejaş imkonini yaratdi.
Joriy yil 2-iyunda qabul qilingan, xalqimiz, ayniqsa, pensionerlarning ijtimoiy himoyasini kuçaytirişga qaratilgan “Iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisida”gi Prezident Farmoni va uşbu Farmondan kelib çiqadigan vazifalar, şuningdek, qanday holatlarda fuqaroga köproq, qanday holatlarda kam pensiya tayinlanişi yuzasidan ötkazilgan tarğibot tadbirlari qizğin savol-javoblar, munozaralarga boy tarzda ötayotganidan ayonki, bu borada xalqimizning huquqiy madaniyati oşib bormoqda va ular öz kelajagiga befarq emas.
Tizimda amalga oşirilayotgan izçil islohotlar tufayli fuqarolarga pensiya tayinlaş, farzand tuğilganda beriladigan bir martalik nafaqa, dafn marosimi uçun nafaqa tayinlaş, pensiya va nafaqa oluvçilar röyxatida mavjudligi haqidagi, pensiya va nafaqa miqdori töğrisidagi maʼlumotnomalar endilikda Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali berilayotgani tizimdagi byurokratik tösiqlarga barham berdi va fuqarolarning ovoragarçiligiga çek qöydi.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-maydagi “Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlaşda proaktiv xizmatlarni joriy etiş töğrisida”gi Qaroriga köra, “Özbekiston — 2030” strategiyasini amalga oşiriş doirasida aholiga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlaş tartibini takomillaştiriş orqali pensiya oluvçilar va nogironligi bölgan şaxslarning ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlari yanada kengaytirilmoqda.
Unga asosan fuqarolarga nogironlikni belgilaş munosabati bilan pensiyalarni alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv şaklda tayinlaş hamda fuqaroga proaktiv şaklda tayinlangan pensiyalarni rad qiliş huquqining berilişi, ayrim toifadagi şaxslarga kompensatsiyalarni elektron maʼlumotlar almaşinuvi asosida proaktiv şaklda tayinlaş, fuqaroning pensiya miqdorini har ikki yilda proaktiv şaklda qayta hisoblaş, pensiyalarni tayinlaş va tölaş tartib-taomillarini raqamlaştiriş orqali nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni oluvçilar uçun qulay imkoniyatlar yaratilmoqda.
“Inson qadri uçun” tamoyili asosida tuman Pensiya jamğarmasi bölimi mutaxassislari xalq orasida bölib, Prezident Farmon va Qarorlarining mazmun-mohiyati, pensionerlar, nogironlik nafaqasini oluvçi şaxslar uçun beriladigan soliq imtiyozlari, qariganda yaxşi pensiya oliş uçun qanday hujjatlar zarurligi yuzasidan ötkazilayotgan oçiq muloqot tadbirlari orqali fuqarolar öz huquq va burçlarini çuqur anglab olişlariga yaqindan yordam berişmoqda.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶