28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:22
Iqtisodiyot 👁 906

HUDUDLARDA BARPO ETILAYoTGAN BINO VA INShOOTLAR SIFATI YuZASIDAN NAZORAT TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

HUDUDLARDA BARPO ETILAYoTGAN BINO VA INShOOTLAR SIFATI YuZASIDAN NAZORAT TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

Qurilish va kommunal xoʻjalik sohasi har bir fuqaroning hayoti va farovonligi bilan bogʻliq boʻlgan muhim sohalardan biri hisoblanadi. Shu bois, soʻnggi yillarda xalqimizning didiga, milliy-maʼnaviy qadriyatlariga mos, yashash uchun qulay sharoitlarga ega uy-joylar barpo etish borasida keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda va shunga mos ravishda qurilish sifatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, faqat oʻtgan 2024-yilning oʻzida mamlakatimizda 40 mln. kvadrat metrdan ziyod bino va inshootlar qurilib, foydalanishga topshirilgan. Hududlarda 100 mingdan ziyod xonadonga ega 2044 ta koʻp kvartirali uy-joylar barpo etilgan. Bu kabi bunyodkorlik ishlari joriy 2025-yilda ham davom ettirilib, yil oxirigacha 120 ming xonadonga moʻljallangan koʻp qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan.

Ushbu keng koʻlamli dasturiy bunyodkorlik ishlarini moliyalashtirishga 15 trillion 500 mlrd soʻm, “Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” tomonidan 2,3 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan. Buning yordamida 70 mingta xonadonni ipoteka krediti orqali sotish rejalashtirilgan va kam daromadli oilalar uchun 30 ming xonadonga boshlangʻich badal davlat byudjetidan subsidiya orqali toʻlab berilishi koʻzda tutilgan.

Albatta, amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik ishlari davlatimiz tomonidan qatʼiy belgilangan tartib-qoidalar asosida nazoratga olingan boʻlib, qurilish ishlari olib borilayotgan va foydalanishga topshirilayotgan obʼektlarning sifatiga jiddiy eʼtibor qaratiladi. Shunday boʻlsa-da soʻnggi 2-yilda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida 5,5 mingdan ortiq qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, aybdorlarga nisbatan tegishli jazo choralari koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 66-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarida amalga oshirilayotgan bino va inshootlar qurilishida sifat va samaradorlik holatini oʻrganish, sohada yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni aniqlash va ularni joyida bartaraf etish maqsadida ayni kunlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish, uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat Inspektsiyasi tomonidan nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Beruniy tumani Toʻqimachi mahallasi hududidagi Kat koʻchasida “Beruniy agroqurilish” MChJ tomonidan barpo etilayotgan 5 qavatli, 30 xonadonli turar joy binosi qurilishi obʼektida hududiy nazorat Inspektsiyasi inspektorlari tomonidan monitoring oʻtkazilganda, obʼekt qurilishida qoidabuzarliklar aniqlandi. Olib borilgan monitoring natijalariga koʻra, binoning eshik va deraza toʻsinlari uchun loyihada belgilangan 22 santimetrli monolit kamar oʻrniga boshqa sifatsiz materialdan foydalanilgan. Loyihaga zid ravishda qalinligi 22 santimetr emas, 16 santimetr qilib oʻrnatilgan. Shuningdek, binoning 3-qavatidagi devoriga 31 kubometr sifatsiz gʻisht terilgan.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida sifatsiz terilgan gʻishtlar joyida buzdirildi va binoning eshik hamda deraza toʻsinlarini loyihada belgilangan tartibda oʻrnatish taʼminlandi. Ushbu holatlar boʻyicha masʼullarga bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatma berildi.

Beruniy tumani Toʻqimachi mahallasi Kat koʻchasida “Usta Bozorboy” xususiy qurilish korxonasi quruvchilari tomonidan barpo etilayotgan 5 qavatli 20 xonadonli turar joy qurilishi obʼektida ham hududiy nazorat Inspektsiyasi inspektorlari tomonidan monitoring oʻtkazildi.

Nazorat tadbirlari jarayonida obʼektning 1-qavatidagi eshik va derazalar uchun moʻljallangan monolit toʻsin-kamarlar oʻrniga loyihaga zid ravishda yigʻma temir-beton toʻsinlar oʻrnatilgani aniqlandi. Masʼullarga bino qurilishi loyihasida belgilangan materiallardan foydalanish zarurligi tushuntirilib, olib borilgan sifatsiz qurilish joyida buzdirildi va qurilishni tegishli loyiha boʻyicha bajarish majburiyligi toʻgʻrisida yozma koʻrsatma berildi.

Ayni paytda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat Inspektsiyasi xodimlari tomonidan Respublikamiz hududlarida barpo etilayotgan bino va inshootlar qurilishida yuksak sifat va samaradorlikni taʼminlashga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Maqsad – aholining har tomonlama qulay va yaxshi sharoitlarga ega uy-joylarda yashashlarini, turmush farovonligini oshirishni taʼminlashdir.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026