MTTLARDA SOĞLOM OVQATLANIŞNI TAŞKIL ETIŞ, SAVDO ŞOXOBÇALARIDA SIFATSIZ MAHSULOTLAR SOTILIŞINING OLDINI OLIŞGA QARATILGAN NAZORAT TADBIRLARI ÖTKAZILMOQDA
Har tomonlama soğlom va barkamol insonni tarbiyalaş maktabgaça taʼlim taşkilotlaridan boşlanadi. Çunki bolaning jismoniy, maʼnaviy-ruhiy jihatdan şakllaniş jarayoni aynan boğça yoşidan şakllanadi. Şu bois, davlatimiz tomonidan maktabgaça taʼlim-tarbiya taşkilotlari faoliyatini tubdan takomillaştiriş, taʼlimiy va tarbiyaviy jarayonlarda uzviylikni taʼminlaş, ayniqsa, bolalarning soğlom ovqatlanişini taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada hududlardagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi tizimi xodimlari tomonidan MTTlarda, oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvçi, şuningdek, umumiy ovqatlaniş şoxobçalarida amalga oşirilayotgan nazorat tadbirlarining ahamiyati katta. Sababi sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarining isteʼmoli hamda sanitariya-gigiyenik holatning pastligi inson, ayniqsa, yoş bolalar salomatligi uçun jiddiy xavf hisoblanib, köpçilik holatlarda köngilsiz asoratlarga olib keladi. Özbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisida"gi Qonuni talablari darajasida amalga oşirilayotgan bu kabi nazorat tadbirlari Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan ham rejaviy jadval asosida muntazam ravişda ötkazilib, aniqlangan kamçiliklar joyida bartaraf etilmoqda.
Ayni paytda Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufida 52 ta maktabgaça taʼlim taşkiloti mavjud bölib, mazkur MTTlarda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisida”gi Qonun talablariga asosan tarbiyalanuvçilarni soğlom ovqatlantirişni taşkil etiş, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaniş darajasi, maktabgaça taʼlim taşkilotlari oşxonalarida oşxona xodimlari tomonidan sanitariya qoidalari va gigiyena meʼyorlari hamda ovqat tayyorlaş texnologiyalariga rioya qilgan holda taom tayorlanişi mutaxassislar iştirokida örganilib borilmoqda. Nazorat tadbirlari jarayonida oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanişi, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarşi talablarga rioya etilişi, zaxira omborlarining holatlari ham mutaxassislar iştirokida alohida örganilayotgani özining ijobiy samarasini bermoqda.
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining qöşma qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologik-osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi mutaxassislari tomonidan tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi №4 va №5-sonli MTTlarda tarbiyalanuvçilarning soğlom ovqatlanişini taşkil qiliş böyiça amalga oşirilayotgan işlar örganildi. Örganişlar jarayonida mazkur MTTlarning oşxonalari sanitariya qoida meʼyorlari talabi böyiça taʼmirlanib, jihozlangani, oşxonalarda oşpazlarning öz faoliyatlarini ovqat tayyorlaş texnologiyasi asosida amalga oşirişlari uçun zarur şaroitlar yaratilgani maʼlum böldi. Xususan, ovqat uçun zarur masalliqlar tayyorlaş xonasi, ovqat pişiriş xonasi va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlaş omborxonalari sanitariya-gigiyena talablariga töliq javob beradi. Ikkala MTTlarga ham taʼminotçi korxonalar tomonidan yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlari omborxonalarda maxsus stellajlarda, markirovkalangan idişlarga joylaştirilgan holda saqlanadi. Göşt, sut va tez buziluvçi oziq-ovqat mahsulotlari uçun aloxida sovutgiç va muzlatkiçlar mavjud. Şunday bölsa-da, MTTlarda bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanişini taşkil qilişni taʼminlaş maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimining sanitariya-gigiyenik va bakteriologik laboratoriyalariga ikkala MTTda tayyorlangan ovqatdan tahliliy namunalari olinib, laboratoriya şifokorlari tomonidan tekşiruvdan ötkazildi hamda tekşiriş natijalari yuzasidan bayonnomalar berildi.
Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan belgilangan rejaviy-jadval asosida tuman MMTB tasarrufidagi MTTlarda tarbiyalanayotgan bolalar örtasida yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini oliş maqsadida Özbekiston Respublikasi Boş davlat sanitariya vraçining “Respublikada parazitar kasalliklar profilaktikasi böyiça tadbirlarni kuçaytiriş töğrisida”gi 121-sonli buyruğiga binoan har bir tarbiyalanuvçi sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi parazitologiya laboratoriyasi laborantlari nazorati ostida gijja tuxumi bor-yöqligini aniqlaş uçun tekşiruvdan ötkazib boriladi va tahlil natijasiga köra, zarur davolaş çora-tadbir rejalari tuzilib, bajarilişi qatʼiy nazoratga olinadi.
Nazorat tadbirlari davomida №4- va №5-sonli MTTlar tarbiyalanuvçilari orasida gijja tuxumi borligi bilan boğliq salbiy holatlar aniqlanmadi. Mazkur MTTlarda tarbiyalanuvçilar har tomonlama soğlom va tetik rivojlanmoqda.
Yoz — pişiqçilik va tökin-soçinlik fasli. Lekin ana şu tökin-soçinlikdan meʼyorida, sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda foydalanmaslik salomatlik bilan boğliq muammolarga sabab böladi. Xususan, yuvilmagan meva-çevalar isteʼmoli, bozor rastalarida, quyoş tiğida uzoq turib qolgan, sifati buzilgan poliz va sabzavot mahsulotlarini eʼtiborsizlik bilan xarid qilib, oila aʼzolari bilan birgalikda tanovul qiliş oqibatida köpinça yoş bolalar orasida ötkir oşqozon-içak kasalliklariga çaliniş holatlari köp uçraydi. Şunday noxuş holatlarning oldini oliş maqsadida Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan yoz mavsumida ovqatdan zaharlaniş, ayniqsa, yuqumli içak kasalliklarining oldini olişga qaratilgan tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Meva-sabzavotlar va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlarining bozorlarda sifati buzilmagan holda sotilişini taʼminlaş, şuningdek, zararlangan yoki muddati ötgan mahsulotlar sotilişining oldini olişga qaratilgan tahliliy nazorat işlari tufayli tuman hududidagi bozorlarda sifatsiz mahsulotlar sotilişining oldi olinmoqda.
Şu kunlarda mavsumiy çora-tadbirlar rejasiga muvofiq, oliy toifali epidemiolog-şifokor Mirzabek Amanqulov tomonidan Manğit dehqon bozori va savdo nuqtalarida sotilayotgan mevalar, sabzavotlar hamda boşqa oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olinib, sifat jihatidan örganiş işlari amalga oşirilmoqda. Şu bilan birga, aholi, mahallalar va mehnat jamoalari örtasida ovqatdan zaharlaniş hamda ötkir diareya kasalliklaridan saqlaniş yuzasidan keng qamrovli tarğibot-taşviqot işlari ham olib borilmoqda.
Amalga oşirilayotgan nazorat tadbirlari jarayonida mutaxassislar tomonidan Manğit dehqon bozoridagi savdo rastalarida poliz va sabzavot mahsulotlarining sifati va ularning saqlaniş holatlariga eʼtibor beriş, mahsulotlarni belgilangan qoidalar asosida saqlaş zarurligi böyiça sotuvçi-dehqonlarga batafsil tuşunçalar va zarur tavsiyalar berilmoqda. Aholi salomatligini muhofaza qiliş, MTTlarda tarbiyalanuvçilarning soğlom ovqatlanişini taşkil etiş, taʼminotçi korxonalar tomonidan yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya-epidemiologik va gigiyena qoidalari talablariga javob berişini taʼminlaşga qaratilgan nazorat tadbirlari belgilangan rejaviy-jadval asosida davom etmoqda. Bunday tadbirlar tumandagi barça MTTlarda, umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvçi dökonlar va bozorlarda amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Bundan közlangan maqsad xalqimiz salomatligiga xavf tuğdiruvçi har qanday salbiy holatning oldini oliş, ösib kelayotgan yoş avlodning har tomonlama soğlom voyaga yetişini taʼminlaşga hissa qöşişdir.
Kezi kelganida şuni alohida qayd etiş joizki, ayni paytda, havo haroratining keskin kötarilişi bois, ötkir yuqumli içak kasalliklarining köpayişi ham kuzatilmoqda. Bu kabi köngilsiz holatlarning oldini oliş va ularni öz vaqtida aniqlaş maqsadida joriy yil 1-maydan 31-oktyabrga qadar Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli Köp tarmoqli markaziy poliklinika, Oilaviy poliklinika va Oilaviy şifokorlik punktlarida jami 21-örinli oral regidratatsiya punktlari taşkil etildi. Mazkur regidratatsiya punktlarida ovqatdan zaharlaniş, diareya kasalliklariga çaliniş ehtimoli bölgan bolalar va kattalarga tibbiy yordam körsatilib, kasallikni barvaqt aniqlaş va taşxislaş çoralari köriladi va fuqarolar, ayniqsa, yoş bolalar örtasida yuqumli oşqozon-içak kasalliklari tarqalişining oldini oliş imkonini beradi.
NIGORA EŞIMOVA, Amudaryo tumani Sanitariya- epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi sanitariya-gigiyena bölimi mudirasi.
MIRZABEK AMANQULOV, Amudaryo tuman sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi oliy toifali epidemiolog-şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶