30-SONLI DAVLAT MAKTABGAÇA TAʼLIM TAŞKILOTIDA ÖTKAZILGAN "XAYR, BOĞÇA, SALOM MAKTAB" TADBIRI MAROQLI TAASSUROTLARGA BOY BÖLDI
Çoyköl ovulida joylaşgan Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 30-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti hudud aholisining muşkulini oson qilib, farzandlariga namunali taʼlim-tarbiya berayotganidan ota-onalar mamnun. Çunki davlat idoralarida, hududdagi fermer xöjaliklarida, turli sohalarda faoliyat olib boruvçi ota-onalar öz iş jarayonlarini bexavotir amalga oşirişlarida mazkur muassasa tarbiyaçi-pedagoglarining hissasi katta.
Muassasada bolajonlarning yayrab ösişlari uçun barça şaroitlar yaratilgan. 1989-yilda qurilib, foydalanişga topşirilgan, loyihadagi quvvati 50-öringa möljallangan muassasa binosi 2019-yilda "Obod qişloq" dasturi doirasida sifatli taʼmirlanib, tevarak-atrofi obodonlaştirildi. Muassasa xodimlari va ota-onalarning özaro hamjihatliklari bois, taşkilot hududi kökalamzorlaştirildi va gulzorlar barpo qilindi. Ayni paytda yam-yaşil tabiat bağridagi uşbu sölim bolalar maskanida 3 ta asosiy guruhda 75 nafar kiçkintoylar tarbiyalanmoqda.
Muassasada faoliyat olib boruvçi 22 nafar xodimlarning 10 nafari öz kasbining bilimdonlari bölgan tarbiyaçi-pedagoglardir. Musiqa, sport, xorijiy tillar yönalişlaridagi pedagoglarning 3 nafari oliy, 3 nafari örta maxsus maʼlumotga ega malakali mutaxassislar bölib, ular tomonidan olib boriladigan maşğulotlarning barçasi tarbiyalanuvçilarning yoş toifalariga mutanosib ravişda, interfaol usullarda ötkazilgani bois, bolajonlar uçun juda qiziqarli va maroqli.
Ayniqsa, maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvçilarining nutqiy, aqliy va jismoniy rivojlanişişini taʼminlaşga qaratilgan innovatsion loyihalar asosidagi taʼlimiy va tarbiyaviy maşğulotlarning uzviyligi tufayli 6-7 yoşdagi bolajonlar orasida intiluvçanlik, maktab hayotiga qiziqiş, bilimga çanqoqlik xislatlarining şakllanişiga erişilmoqda.
Muassasada joriy yilgi taʼlim-tarbiya jarayonida 25 nafar tarbiyalanuvçi maktabga tayyorlov guruhi uçun belgilangan rejaviy-maşğulotlarni töliq özlaştirdilar va 18-iyul sanasida öqişga, ilm olişga iştiyoqmand 25 nafar jajji bolajonlar uçun muassasada "Xayr, boğça, salom maktab!" mavzusida adabiy-musiqiy xayrlaşuv tadbiri ötkazildi. Tadbirda kiçkintoylarning ota-onalari, muassasa tarbiyaçi-pedagoglari iştirok etdilar. Bolajonlar bir neça yil davomida özlari uçun qadrdon bölib qolgan "boğça opalari"ga minnatdorçilik ramzi sifatida şeʼrlar aytib berişdi, musiqa tögaragida örgangan aşula va raqslarini ijro etişib, ota-onalarini quvontirişdi. Xorijiy til, sport tögaraklarida şuğullaniş orqali özlaştirgan yangi sözlari, sport maşqlarini amalda namoyiş qilib berdilar. Albatta, farzandlarining xorijiy til örganişga bölgan intilişlari, sportga qiziqişlaridan ota-onalar mamnun böldilar.
Tadbir davomida sözga çiqqan ota-onalar, tarbiyaçi-pedagoglar bolajonlarga maktab taʼlimini puxta özlaştiriş, kelajakda ona Vatanga munosib farzandlar sifatida voyaga yetişlarida ezgu tilaklarini bildirdilar va ularga özlarining sovğalarini topşirdilar. Şu kuni biri-biridan maroqli taassurotlarga boy tarzda ötgan tadbir yakunida muassasaning 25 nafar maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvçilari quvnoq musiqa sadolari ostida tantanali ravişda maktab taʼlimi sari kuzatib qöyildi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶