28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:40
Jamiyat 👁 364

Ichimlik suvi resurslarini boshqarish: muammolar, yechimlar va javobgarlik

Ichimlik suvi resurslarini boshqarish: muammolar, yechimlar va javobgarlik

Ichimlik suvi inson hayoti uchun eng muhim va zarur resurslardan biri hisoblanadi. Uning mavjudligi va sifati jamiyat salomatligi, iqtisodiy rivojlanish va ekologik barqarorlikning asosidir. Biroq, bugungi kunda dunyo miqyosida suv zaxiralarining kamayishi va unga boʻlgan talabning ortishi jiddiy global muammoga aylanmoqda. Global iqlim oʻzgarishi, aholi sonining oʻsishi, sanoat va qishloq xoʻjaligida suvdan samarasiz foydalanish kabi omillar suv taqchilligini kuchaytirmoqda. Bu esa koʻplab davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston uchun ham dolzarb vazifalarni yuzaga keltirmoqda.

Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan boʻlib, suv resurslariga boʻlgan ehtiyoji yuqori. Prognozlarga koʻra, 2030-yilga borib, Oʻzbekistonda yiliga 7 milliard kub metr suv yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin. Bu esa suv resurslaridan oqilona va unumli foydalanish, shuningdek, hisob-kitob intizomini taʼminlashni yanada muhim ahamiyatga ega qilmoqda.

Oʻzbekistonda ichimlik suvi taʼminoti sohasida bir qator muammolar mavjud. Bularning asosiylaridan biri suv resurslaridan notoʻgʻri va samarasiz foydalanishdir. Qishloq xoʻjaligida eskirgan sugʻorish usullari, sanoatda suvni tejash texnologiyalarining yetarli emasligi suv isrofgarchiligiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, suv tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar, hisoblagichlarning plombalarini buzish yoki koʻrsatkichlarini soxtalashtirish kabi qoidabuzarliklar tizim samaradorligiga jiddiy ziyon yetkazadi. Bunday harakatlar moliyaviy yoʻqotishlarga, suvning noqonuniy isteʼmoliga va oxir-oqibat halol toʻlov qiluvchi aholining ham suv taʼminotida uzilishlarga duch kelishiga sabab boʻladi.
Aholining suvdan foydalanish madaniyatining pastligi ham muammolardan biridir. Koʻp hollarda suvdan behuda foydalanish, uning qadriga yetmaslik holatlari kuzatiladi. Bu esa suv resurslarining yanada tezroq kamayishiga olib keladi va kelajak avlodlar uchun jiddiy xavf tugʻdiradi.

Yuqorida qayd etilgan muammolarni hal etish maqsadida Oʻzbekistonda, xususan, Amudaryo tumanida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Aholini toza ichimlik suvi bilan barqaror va uzluksiz taʼminlash, suv taʼminoti infratuzilmasini zamonaviylashtirish va suv yoʻqotilishini kamaytirish ustuvor vazifalardandir. Bu yoʻnalishda xizmat sifati va masʼuliyatni oshirish, isteʼmolchilarda suvdan foydalanish madaniyatini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Amudaryo tumanida Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspektsiyasi hamda “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyatining tuman filiali xodimlari hamkorligida mahallalarda xonadonma-xonadon targʻibot ishlari olib borilmoqda. Bu suhbatlar aholini suvdan oqilona foydalanish, hisob-kitobda aniqlikni taʼminlash va toʻlov intizomini yuksaltirishga qaratilgan. Shuningdek, suv tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarni aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha profilaktik choralar koʻrilmoqda. Bu kabi tadbirlar suv resurslarini tejash va tizimning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Suv taʼminoti tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish, hisoblagichlarning plombalarini buzish yoki koʻrsatkichlarini soxtalashtirish kabi qoidabuzarliklar nafaqat iqtisodiy zarar yetkazadi, balki butun suv taʼminoti tizimining ishonchliligi va barqarorligiga putur yetkazadi. Shu sababli, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksida bunday harakatlar uchun qatʼiy javobgarlik belgilangan.

Qonunbuzarlik holatlarida fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha jarima qoʻllanilishi nazarda tutilgan. Bu kabi jazo choralari suv resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish, hisob-kitob intizomini mustahkamlash va suv taʼminoti tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlashga qaratilgan. Qonunbuzarliklar oqibatida butun tizimning ishonchliligi va samaradorligi izdan chiqadi, natijada halol toʻlov qiluvchi aholi ham bevosita jabr koʻradi.

Aholining huquqiy ongi va javobgarlik hissi ortgan sari, suv taʼminoti tizimidagi muammolar kamayib, uning samaradorligi oshib boradi. Bu esa nafaqat iqtisodiy barqarorlikni, balki ijtimoiy muvozanatni taʼminlashda ham muhim oʻrin tutadi. Suv resurslarini tejamli va oqilona boshqarish – bugungi kunning ustuvor talabi hisoblanadi, ayniqsa keskinlashib borayotgan iqlim oʻzgarishlari sharoitida. Tizimli va maqsadli ishlar suvdan foydalanishda masʼuliyat va nazoratni mustahkamlab, keng koʻlamli ekologik barqarorlikni taʼminlashga xizmat qiladi. Har bir fuqaroning suvga boʻlgan masʼuliyatli munosabati umumiy farovonlik va barqaror kelajakni taʼminlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Xayrat Tulekbayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy qurilish va uy-joy kommunal hujaligi soxasida nazorat qilish inspektsiyasining shuʼba boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026