Qaydasan?!
Jon doʻstim, shogirdim, ukam Ahmad Nafasovga
Ketdik desam, soʻramasding qayga deb,
Yaqingami yoki uzoq joyga deb.
Bu dunyo bir keldi-ketdi poyga deb,
Jon doʻstim, sen, shogird, ukam, qaydasan?!
Kim yechadi savol senday bilimli,
Kim tushunar mutoyiba tilimni?
Terib boʻlibmiding hayot gulingni,
Jon doʻstim, sen, shogird, ukam, qaydasan?!
Xabar aytding mudom uzoq-yaqindan,
Sodiq eding yaxshi-yomon chogʻimdan.
Aqtiqlaring kutib olib Yapondan,
Jon doʻstim, sen, shogird, ukam, qaydasan?!
Senda edi doʻstlar gurung mazmuni,
Sogʻinishib yoʻyib turar haziling,
Jannat boʻlgay endi borar manziling,
Jon doʻstim, sen, shogird, ukam, qaydasan?!
Oʻtar, kelar qancha yozlar, bahorlar,
Unutmagay suhbatingga xumorlar.
Qiyomatga qoldi endi diydorlar
Jon doʻstim, sen, shogird, ukam, qaydasan?!
Yurib eding bir orqayin toʻlishib,
Yaponlarga bormoqchiydik oʻngishib.
Yurar edik uzun-qisqa boʻlishib
Jon doʻstim, sen, shogird, ukam, qaydasan?!
Tursunboy Abdullayev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶