12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:43
Siyosat 👁 570

“Işbilarmon ayol – 2025” körik-tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi

“Işbilarmon ayol – 2025” körik-tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi

Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi örni va nufuzi yil sayin mustahkamlanmoqda. Ularning iqtisodiy faolligini kuçaytiriş, tadbirkorlik salohiyatini röyobga çiqarişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, “Ayollar daftari” orqali moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlanayotgan ayollarning öz yölini topişi, tadbirkorlik faoliyatini boşlab, boşqalarga ham yöl körsatişi amaldagi islohotlarning samarasidir. Bugun tadbirkor ayollar nafaqat öz oilasi, balki butun jamiyat rivojiga hissa qöşayotgan katta kuçga aylanmoqda.

Ana şunday ezgu maqsadlarning amaliy ifodasi sifatida Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengaşi taşabbusi hamda Oila va xotin-qizlar tuman bölimi hamkorligida “Işbilarmon ayol – 2025” körik-tanlovining tuman bosqiçi yuqori saviyada taşkil etildi. Uşbu tanlov ayollarni tadbirkorlikka keng jalb etiş, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, mamlakat taraqqiyotidagi örni va masʼuliyatini yuksaltirişda muhim platforma vazifasini bajardi.

Tanlovda tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi rahbari Gözal Saburova, partiyaning tuman Kengaşi rahbari Yaxşimurod Ahmedov, şuningdek, partiyadan tuman Kengaşiga saylangan deputatlar Madamin Kazakov va Muyassar Rahmatullayeva hamda tumandagi yetakçi tadbirkor ayollar iştirok etdi.

Tadbir davomida xotin-qizlarning iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlardagi örni, faolligi, taşabbuskorligi alohida eʼtirof etildi. Darhaqiqat, ayollarning tadbirkorlikka jalb etilişi oila daromadini oşiradi, farzandlar taʼlimi va soğliği, yaşaş darajasiga ijobiy taʼsir körsatadi, kambağallikni kamaytirişga xizmat qiladi.

Tanlov doirasida işbilarmon, taşabbuskor ayollar tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlar körgazmasi ham taşkil etildi. Unda tadbirkor, hunarmand va tomorqa yer egalari öz mahsulotlarini namoyiş qildi. Mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan tayyorlangan brendlar, töquvçilik, badiiy bezak sanʼati, qişloq xöjaligi mahsulotlari, qöl mehnati buyumlari va milliy anʼanalarni ifoda etuvçi hunarmandçilik namunalari iştirokçilar va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Ayniqsa, körgazmada milliy obrazlar aks etgan qöğirçoqlar, yumşoq öyinçoqlar, esdalik sovğalari, töquvçilik va tikuvçilik mahsulotlari, har xil non va non mahsulotlari, uy-rözğor buyumlari keng namoyiş etildi.

Taʼkidlaş joizki, bugungi kunda Amudaryo tumanida 70 nafardan ortiq tadbirkor ayol turli yönalişlarda faoliyat yuritmoqda. Tanlovda esa 30 nafar taşabbuskor va faol tadbirkor ayol iştirok etdi. Ular orasida “Ayollar daftari”da turib, davlat tomonidan körsatilgan yordam orqali öz tadbirkorligini boşlagan, boşqa xotin-qizlarga hunar örgatayotgan, ularning iqtisodiy mustaqilligiga yordam berib kelayotgan ayollar borligi alohida eʼtirof etildi.

– Bu körik-tanlovda “Ayollar daftari”da turgan, moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaniş natijasida öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyib, boşqalarga ham hunar örgatiş orqali jamiyat ravnaqiga hissa qöşayotgan ayollar iştirok etmoqda, – deydi tuman hokimi örinbosari Gözal Saburova. – Bu – yurtimizda xotin-qizlarga qaratilgan eʼtibor va amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarning yorqin samarasidir.

Tanlovni baholaş jarayonida hakamlar hayʼati tomonidan belgilangan mezonlar asosida işbilarmon ayollarning faoliyati xolis baholandi. Ayniqsa, yangi iş örni yaratiş, “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarni kasb-hunarga örgatib ularning bandligini taʼminlaş, biznesini eksportga yönaltiriş kabi omillar muhim mezon sifatida körildi.

Tanlovda iştirok etgan har bir ayol özining amaliy işlanmalari, yutuqlari, yangi ğoyalari va kelajakdagi rejalarini taqdim etdi. Natijalarga köra, Dildora Xaytboyeva faxrli 1-örinni egallab, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oldi. 2-öringa Tölganoy Xudaybergenova va Malika Xudaybergenova loyiq deb topildi. 3-örin esa Fatima Davletova, Nilufar Xöjaniyozova va Saida Esenbayevalarga nasib etdi.

Tanlov yakunida ğolib va sovrindorlarga Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengaşi tomonidan diplom va esdalik sovğalari topşirildi. Şuningdek, bir guruh faol tadbirkor ayollar “Taşakkurnoma”lar bilan taqdirlandi.

“Işbilarmon ayol – 2025” körik-tanlovi tuman bosqiçi ayollar tadbirkorligini rağbatlantiriş, ularning salohiyatini yuzaga çiqariş, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oşirişga xizmat qiluvçi samarali maydonga aylandi. Bunday tadbirlar orqali har bir ayol özini namoyon etiş va boşqalar uçun namuna böliş imkoniga ega bölmoqda.

Şohzod Qurbonboyev tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026