14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 06:56
Iqtisodiyot 👁 3,037

TADBIRKORLIK RIVOJIDA YaNGI BOSQICh

TADBIRKORLIK RIVOJIDA YaNGI BOSQICh

Mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridan boshlab muhtaram Yurtboshimiz boshchiligida tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkdorlar safini kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish, boshqaruvning bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi ortiqcha byurokratik toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2012-2014 yillarda xususiy mulk mavqeini oshirish va uni himoya qilish, ishbilarmonlik muhiti va biznes yuritish sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining oʻn beshdan ortiq qonuni, jumladan, "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, "Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi, "Raqobat toʻgʻrisida”gi, "Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi va boshqa qonunlar qabul qilindi.

Natijada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000 yildagi 31 foizdan bugungi kunda 56 foizga yetdi, ish bilan band aholining 77 foizi ushbu sohada mehnat qilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli va oʻrnini tubdan oshirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish yoʻlidagi mavjud toʻsiq va cheklovlarni tugatish, xususiy mulkning yalpi ichki mahsulotda, jumladan, xorij sarmoyasi ishtirokidagi ulushini izchil oshirish uchun yanada qulay iqtisodiy, huquqiy sharoit va ragʻbatlar yaratishga qaratilgan.

Farmonga muvofiq xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishonchli himoyasini taʼminlash, ularning jadal rivojlanishi yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishning toʻrtta asosiy yoʻnalishi boʻyicha asosan joriy yilda amalga oshiriladigan oʻttiz uchta aniq chora-tadbirni koʻzda tutuvchi kompleks Dastur tasdiqlandi.

Chora-tadbirlar Dasturida xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish, ularni tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibini yanada soddalashtirish, maʼmuriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish hisobidan tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Xususan, agar shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) ilk marotaba sodir etib, jinoyat aniqlangan kundan 30 kun davomida davlatga yetkazilgan zararni toʻliq qoplagan, penya va boshqa moliyaviy jarima turlarini toʻlagan boʻlsa, unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilmasligi va shaxs javobgarlikdan ozod etilishini nazarda tutuvchi tartib joriy etilmoqda.

Shuningdek, Jinoyat kodeksiga xoʻjalik yurituvchi subʼektlar mansabdor shaxslariga nisbatan ular tomonidan soxta bankrotlik va bankrotlikni yashirish orqali yetkazilgan moddiy zarar toʻliq qoplanganda ozodlikdan mahrum etish shaklidagi jazo qoʻllanilmasligini nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritish koʻzda tutilmoqda.

Tadbirkorlik tuzilmalari va boshqa nodavlat tashkilotlarida maʼmuriy-taqsimot va maʼmuriy-xoʻjalik vakolatlarini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar javobgarligini yumshatish choralari belgilandi. Jumladan, Jinoyat kodeksiga noqonuniy ravishda moddiy mukofot olganlik (tijorat porasi), vakolatlarini suiisteʼmol qilganlik va boshqa huquqbuzarliklar uchun nisbatan yumshoq jazo choralarini nazarda tutuvchi alohida moddalar kiritiladi. Yuqorida koʻrsatilgan huquqbuzarliklar natijasida yetkazilgan moddiy zarar toʻliq qoplangan holda ozodlikdan mahrum etish shaklidagi jazo qoʻllanilmaydi.

Chora-tadbirlar dasturida xususiy tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilishda sud organlari rolini kuchaytirish nazarda tutilgan. Xususan, tadbirkorlik subʼektlari soliq va bojxona qonunchiligini buzganligi munosabati bilan ularning mulkini musodara qilish, toʻlovchi tomonidan eʼtiroz boʻlganda, qoʻshimcha hisoblangan bojxona toʻlovlarini undirish faqat sud qarori bilan amalga oshiriladi. Xoʻjalik sudlariga nazorat qiluvchi organning shikoyat qilinayotgan harakati (qarori) ijrosini toʻxtatib turish huquqi beriladi, xoʻjalik sudlari tomonidan daʼvo arizasini koʻrib chiqishga qabul qilish va ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarish muddati 10 kundan 5 kungacha qisqartirildi.

Tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi interfaol davlat xizmatlari Yagona portaliga integratsiya qilingan internet tarmogʻida avtomatlashtirilgan tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyish tizimi orqali 24 soat uzluksiz amalga oshiriladi.

Davlat xizmatlaridan foydalanishda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, arizachilarning xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi mansabdor shaxslar bilan bevosita aloqasini istisno qilish maqsadida bugungi kunda turli idoralar qoshida faoliyat yuritayotgan, alohida davlat xizmatlari koʻrsatayotgan "bir darcha” xizmatlarining oʻrniga tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subʼektlarini roʻyxatga olish inspektsiyalari negizida "bir darcha” tamoyili asosida tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish Yagona markazlari tashkil etiladi.

Farmon bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturida xoʻjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatini tekshirishni yanada tartibga solish hamda tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik va noqonuniy aralashganlik, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining javobgarligini oshirish, jumladan, jinoiy javobgarlikni joriy etish oʻta muhim ahamiyat kasb etuvchi vazifa sifatida belgilangan.

2015 yilning 1-iyulidan boshlab rejali tekshiruvlar oʻtkazishning yagona tartibi va davriyligi joriy etiladi. Mazkur tartibga koʻra, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklari faoliyati boʻyicha barcha tekshiruvlar rejali asosda toʻrt yilda bir martadan koʻp boʻlmagan, boshqa xoʻjalik subʼektlarini tekshirish uch yilda bir martadan koʻp boʻlmagan muddatda va faqat Oʻzbekiston Respublikasi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi qarori bilan amalga oshiriladi. Ayni paytda moliyaviy-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan rejali tekshiruvlarni amalga oshirish muddati 30 kalendar kunidan 10 kungacha qisqartirilmoqda.

Farmonda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Oliy sudiga manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilgani va noqonuniy aralashgani uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va qabul qilish topshirildi.

Nazorat qiluvchi, huquqni mu-hofaza qilish va boshqa davlat organlarining tadbirkorlik faoliyati erkinligini himoya qilish sohasidagi qonunchilikni koʻp marotaba buzgan mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy javobgarlik choralari qoʻllaniladi.

Shu bilan birga, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining noqonuniy harakatlari yoki ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik subʼektiga yetkazilgan zararni, jumladan, boy berilgan foydani toʻliq qoplash mexanizmini joriy etish nazarda tutilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qabul qilingan Farmoni ijrosini taʼminlash kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, biznes muhitni yaxshilash, Oʻzbekiston iqtisodiyotiga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni yanada keng jalb qilish, yangi ish oʻrinlari yaratish, pirovardida, xalqimiz farovonligini yuksaltirish imkonini beradi.

Oʻ.OʻRAZMETOV, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019