Jöqorği Kenges deputati Sanobar Xöjamurotova saylovçilar bilan uçraşdi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Sanobar Xöjamurotova Qiliçboy ovuli hududidagi 83-sonli maktabda öz saylovçilari bilan uçraşdi. Uçraşuvda Ayoqçi va Qiliçboy mahallalari aholisi vakillari faol iştirok etdi.
Deputat öz faoliyati yuzasidan saylovçilarga hisobot berdi, aholini qiynayotgan muammolarni tingladi va ularga yeçim topiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumot berdi.
Deputat öz nutqida joriy yilning birinçi yarmi davomidagi deputatlik faoliyati, yuborilgan sörovlar va ularga olingan javoblar haqida batafsil töxtaldi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpoğiston Respublikasiga bağişlangan huquqiy-meʼyoriy hujjatlari mazmuni, oilada farzand tarbiyasi, xotin-qizlar odobi kabi ijtimoiy masalalarga ham eʼtibor qaratdi. Deputat keyingi yillardagi jamiyat va insonlar hayotidagi yangilanişlar, xususan, tuman içki yöllarini taʼmirlaş böyiça qilingan işlar yuzasidan keng tuşuntirişlar berdi.
Mahalla faollari deputatning jonkuyarligini alohida taʼkidlab, uning hisobotini qoniqarli deb baholadilar. Ular, ayniqsa, Qiliçboy ovulida içki yöllarga qum-şağal aralaşmasi töşalib, 4-R-181 "Qipçoq-Manğit-Turkmaniston çegarasi" avtomobil yölida taʼmirlaş işlari boşlanganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
Maʼlum qilinişiça, tuman mahallalarida jami 107 km içki yöllar qum-şağal aralaşmasi bilan qoplangan. Yana 100 km içki yöllarga qum-şağal aralaşmasi töşaş rejalaştirilgan bölib, faqat Qiliçboy ovulining özida yana 13 km içki yöllar taʼmirlanadi.
Uçraşuvdan keyin Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengaşi kotibiyati mudiri M.Örozboyev, tuman kengaşi deputati M.Rahimova, ÖzXDP tuman kengaşi rahbari O.Yernafasovlardan iborat deputatlar guruhi Ayoqçi va Qiliçboy mahallalarini boğlovçi köprikni borib kördilar. Uşbu masala böyiça tegişli taşkilotlarga qayta murojaat qilişga kelişib olindi.
Şuningdek, fuqaro Jumaniyozov Maxsud Sobiroviçning nogironlik nafaqasi qirqilganidan şikoyati ham körib çiqildi. Uşbu murojaat tuman tibbiyot birlaşmasi boş şifokori Ş.Jumaniyozovga murojaat orqali hal qilinadigan böldi.
Uçraşuvdan keyin nogironligi bölgan ikki nafar fuqarolar holidan xabar olindi.
Deputat Sanobar Xöjamurotovaning saylovçilar bilan uçraşuvi oçiq muloqot va muammolarni hal etişga qaratilgan samarali tadbir böldi. Bunday uçraşuvlar deputat va aholi örtasidagi işonçni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶