12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 23:55
Jamiyat 👁 458

Intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini körsatiş böyiça maʼmuriy reglament tasdiqlandi

Intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini körsatiş böyiça maʼmuriy reglament tasdiqlandi

Mamlakatda iqtisodiyot tarmoqlariga intellektual faoliyat natijalari va innovatsiyalarni joriy etiş mexanizmlarini takomillaştiriş, mintaqaviy brendlarni yaratiş, kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini oliş, intellektual mulkning işonçli huquqiy himoyasini taʼminlaş borasida izçil çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-iyuldagi “Intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini körsatiş böyiça maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlaş töğrisida”gi 427-sonli Qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

*   Intellektual mulk obʼektlariga oid şartnomalarni röyxatdan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatişning maʼmuriy reglamenti;

*   Integral mikrosxemalar topologiyalarini röyxatdan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatişning maʼmuriy reglamenti;

*   Tovar kelib çiqqan joy nomi va tovar kelib çiqqan joy nomidan foydalaniş huquqini röyxatdan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatişning maʼmuriy reglamenti.

Intellektual mulk obʼektlariga bölgan huquqlarni boşqa şaxsga ötkaziş töğrisidagi şartnoma, litsenziya va sublitsenziya şartnomasi intellektual mulk obʼektlariga oid şartnomalar hisoblanadi.

Davlat xizmati Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan körsatiladi.

Intellektual mulk obʼektlariga bölgan huquqlarni boşqa şaxsga ötkaziş töğrisidagi şartnoma, litsenziya yoki sublitsenziya şartnomasini yoxud litsenziya şartnomasiga kiritilgan özgartirişlarni röyxatdan ötkaziş böyiça arizalar şartnoma tomonlari yoki ularning biri hisoblangan yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan bevosita yoki vakili (patent vakili yoxud işonçli şaxs) orqali beriladi.

Litsenziya şartnomasini röyxatdan ötkaziş böyiça ariza, agar şartnomaning bir tarafi tomonidan berilganda, mazkur Reglamentga 2-ilovaga hamda şartnoma taraflari tomonidan berilganda, Reglamentga 2.1-ilovaga muvofiq şaklda vakolatli organga beriladi.

Intellektual mulk obʼektlariga bölgan huquqlarni boşqa şaxsga ötkaziş töğrisidagi şartnomani röyxatdan ötkaziş böyiça ariza, agar şartnomaning bir tarafi tomonidan berilganda, mazkur Reglamentga 3-ilovaga hamda şartnoma taraflari tomonidan berilganda, Reglamentga 3.1-ilovaga muvofiq şaklda vakolatli organga beriladi.

Litsenziya şartnomasiga tomonlar, şartnoma predmeti, amal qiliş muddati va hududi, ötkazilayotgan huquqlar hajmi bilan boğliq kiritilgan özgartirişlar vakolatli organda röyxatdan ötkazilişi lozim.

Integral mikrosxemalar topologiyalarini röyxatdan ötkazişga doir talabnomani topşiriş va davlat xizmatidan foydalaniş böyiça boşqa harakatlar nomiga röyxatdan ötkazilişi söralayotgan yuridik yoki jismoniy şaxs tomonidan bevosita yoki vakili (patent vakili yoxud işonçli şaxs) orqali amalga oşiriladi.

Muallifning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan va yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar işlab çiquvçi yoki tayyorlovçilarga maʼlum bölmagan topologiya boşqaça holat isbotlangunga qadar öziga xos deb eʼtirof etiladi.

Yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar işlab çiquvçi yoki tayyorlovçilarga maʼlum bölgan elementlardan tarkib topgan topologiyaga, agar bunday elementlar yiğindisi Reglamentning 6-bandi talablariga töliq muvofiq bölganda huquqiy muhofaza beriladi.

Talabnoma bitta topologiyaga oid bölişi lozim.

Bazaviy matritsaviy kristall topologiyasini röyxatdan ötkazişga doir talabnoma bazaviy matritsaviy kristallning topologiyasiga oid, şuningdek, uning asosida amalga oşirilgan buyurtma topologiyaga oid materiallardan iborat bölişi mumkin.

Talabnoma quyidagi hujjatlarni öz içiga oladi:

*   integral mikrosxemalar topologiyasini röyxatdan ötkaziş uçun ariza (keyingi örinlarda — ariza);

*   topologiyani identifikatsiyalovçi materiallar;

*   referat;

*   topologiyadan birinçi marta foydalaniş sanasini tasdiqlovçi hujjat.

Avval foydalanilgan topologiyani röyxatdan ötkaziş uçun talabnoma undan birinçi marta foydalanilgan sanadan eʼtiboran ikki yildan oşmagan muddatda topşiriladi.

Boşqa tilda topşirilgan materiallarning tarjimalari talabnoma bilan bir paytda taqdim etilişi lozim.

Ariza uşbu Reglamentga muvofiq şaklda topşiriladi.

Arizaning 21-kodli “Talabnomaning qayd raqami” va 22-kodli “Talabnomaning kelib tuşgan sanasi” grafalari ariza vakolatli organga kelib tuşgandan keyin rekvizitlarni kiritiş uçun möljallangan.

Arizaning 71-kodli “Talabnoma beruvçi” grafasida talabnoma beruvçi töğrisida maʼlumotlar (yuridik şaxsning rasmiy nomi (taʼsis hujjati böyiça) yoki jismoniy şaxsning töliq ismi) keltiriladi. Bunda:

*   rezidentlar uçun STIR yoki JŞŞIR, joylaşgan yeri yoki turar joyi manzili;

*   norezidentlar uçun ism va nomlarning transliteratsiyasi hamda BIMT ST.3 standarti böyiça mamlakat kodi (agar u örnatilgan bölsa);

*   guvohnoma bir neça şaxs nomiga söralayotganda yuqorida keltirilgan maʼlumotlar ularning har biri uçun alohida körsatiladi.

Arizaning 54-kodli “Integral mikrosxemalar topologiyasining nomi” grafasida topologiyaning nomi va muqobil nomi (agar u mavjud bölsa) keltiriladi.

Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasining eng yaqin analogi haqida maʼlumotlar” grafasida topologiyaning eng yaqin analogi haqida zaruriy bibliografik maʼlumotlar röyxati keltiriladi.

Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasidan birinçi marta foydalanilgan sana va joy nomi” grafasida topologiyadan birinçi marta foydalanilgan sana va joy nomi körsatiladi.

Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasidan birinçi marta foydalanilgan sanaga nisbatan huquq egasi haqida maʼlumotlar” grafasida talabnoma berilgan topologiyadan birinçi marta foydalanilgan sanaga nisbatan huquq egasining ismi (nomi), joylaşgan yeri (poçta manzili) körsatiladi.

Arizaning “Integral mikrosxemalar topologiyasini yaratişda foydalanilgan ilgari muhofazaga olingan topologiyalar haqida maʼlumotlar” grafasida talabnoma berilgan topologiyani yaratişda foydalanilgan, muhofazaga olingan topologiyalar haqida zaruriy bibliografik maʼlumotlar keltiriladi.

Arizaning 98-kodli “Yozişmalar uçun manzil” grafasida xat oluvçining nomi (yuridik şaxslar uçun) yoki ismi (jismoniy şaxslar uçun), şuningdek, joylaşgan yeri (poçta manzili), telefon raqami, elektron poçtasidan kamida bittasi körsatiladi. Uşbu maʼlumotlar uçinçi şaxslar huquq egasi bilan boğlanişi uçun oçiq hisoblanadi.

Arizaning “Ilova qilingan hujjatlar” grafasida talabnomaga aloqador hujjatlar biriktiriladi.

Arizaning 72-kodli “Muallif” grafasida muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi körsatiladi. Bunda:

*   rezidentlar uçun JŞŞIR, iş joyi, lavozimi va ilmiy darajasi, BIMT ST.3 standarti böyiça mamlakat kodi;

*   norezidentlar uçun BIMT ST.3 standarti böyiça mamlakat kodi (agar u belgilangan bölsa) qöşimça ravişda körsatilişi lozim.

Topologiya va uning identifikatsiyasini taʼminlovçi materiallar, şu jumladan, referat Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (keyingi örinlarda — Markaz) tomonidan depozitga qöyiladi.

Integral mikrosxemalar topologiyalarini röyxatdan ötkaziş böyiça davlat xizmatidan foydalanişda:

*   rezidentlar vakolatli organning maxsus axborot tizimi, Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali;

*   norezidentlar davlat xizmatidan foydalaniş uçun axborot tizimi orqali vakolatli organga talabnoma topşiradi.

Talabnoma vakolatli organga poçta aloqasi orqali ham topşirilişi mumkin. Bunda talabnoma vakolatli organ tomonidan zudlik bilan axborot tizimiga kiritiladi.

Talabnoma berganlik uçun patent boji tölovi talabnoma axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida şakllantirilgan (kiritilgan) sanadan boşlab uç oy muddatda amalga oşirilişi kerak.

Mazkur qarorga asosan tovar kelib çiqqan joy nomi va tovar kelib çiqqan joy nomidan foydalaniş huquqini röyxatdan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatiş belgilangan.

Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boşqa geografik obʼektning tovarni belgilaş uçun işlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur geografik obʼektga xos tabiiy şaroitlar bilan yoki boşqa omillar yoxud tabiiy şaroitlar va uşbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib çiqqan joy nomi hisoblanadi.

Davlat xizmati Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan körsatiladi.

Tovar kelib çiqqan joy nomi mazkur geografik obʼektda joylaşgan, nomi özlari işlab çiqarayotgan tovarni belgilaş uçun işlatiladigan bir yoki bir neça yuridik yoki jismoniy şaxs tomonidan röyxatdan ötkazilişi mumkin.

Tovar kelib çiqqan joy nomi va tovar kelib çiqqan joy nomidan foydalaniş böyiça boşqa harakatlar röyxatdan ötkazişni sörayotgan yuridik va jismoniy şaxs tomonidan bevosita yoki vakili (patent vakili yoxud işonçli şaxs) orqali amalga oşiriladi.

Umida Saparbayeva Rimbayevna, Amudaryo tumani Adliya bölimi Davlat xizmatlari markazi bölim boşliği

 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026