Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti: Yangi öquv yiliga yangiça yondaşuv
Yangi öquv yili boşlanişi har bir taʼlim muassasasi uçun öziga xos masʼuliyat davridir. Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti yangi 2025/2026-öquv yiliga tayyorgarlik jarayonida talabalar uçun qulay va zamonaviy şaroitlar yaratişga alohida eʼtibor qaratmoqda. Institut rahbariyati tomonidan amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar nafaqat taʼlim sifatini oşiriş, balki talabalarning ijtimoiy hayotini yaxşilaşga ham qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Olis hududlardan keladigan talabalar uçun turar joy topiş masalasi doimo muammo bölib kelgan. Uşbu muammoni samarali hal etiş maqsadida institut hududida 4 ta zamonaviy infokiosk va maxsus maʼlumotlar markazi taşkil etildi. Bu markazlar talabalarga ijara uylari va talabalar turar joylari haqida tezkor va aniq maʼlumot oliş imkonini beradi. Tajribali xodimlar va volontyor operatorlardan iborat jamoa har bir talabaga individual yondaşib, ularning ehtiyojlariga mos keladigan turar joy topişda yaqindan yordam körsatmoqda. Bunday yondaşuv talabalarning vaqtini tejaşga va yangi öquv yilini muammolarsiz boşlaşlariga zamin yaratadi.
Joriy öquv yili boşlanişi oldidan institutning 2-Talabalar turar joyi töliq kapital taʼmirdan çiqarilib, 160 nafar talabani öz bağriga olişga tayyor holatga keltirildi. Taʼmirlaş işlari davomida zamonaviy standartlarga javob beradigan şaroitlar yaratildi: xonalar yangi mebel va jihozlar bilan taʼminlandi, sanitariya-gigiyena xonalari töliq yangilandi.
Bundan taşqari, institut atrofidagi mahallalarda joylaşgan 200 ga yaqin ijara uylari bilan hamkorlik örnatilib, ularning şaroitlari örganildi va yangi öquv yiliga tayyor holga keltirildi. Bu esa talabalarning turar joy bilan boğliq muammolarini kompleks ravişda hal etiş imkonini beradi.
Aytiş joizki, ilgari talabalar uçun yotoqxonadan joy oliş ança murakkab va vaqt talab qiladigan jarayon edi. Uzun navbatlar va hujjatlar töplaş kabi ovoragarçiliklar köpçilikni qiynar edi. Endilikda my.gov.uz portali orqali bu jarayonni uydan çiqmasdan, bir neça daqiqa içida amalga oşiriş mumkin. Xizmat har yili 1-avgustdan boşlanib, butun öquv yili davomida faol böladi.
Portal orqali ariza yuboriş uçun foydalanuvçidan faqatgina yagona identifikatsiya tizimi orqali kirişi va “Talabalar turar joyiga joylaşiş uçun ariza yuboriş” xizmatini tanlab, elektron şaklni töldirişi kifoya. Eng muhimi, buning uçun heç qanday qöşimça hujjatlar, maʼlumotnomalar yoki ularning nusxalari talab qilinmaydi. Arizani körib çiqişda ijtimoiy himoyaga muhtoj, imtiyozga ega bölgan talabalarga ustunlik beriladi. Arizaning har bir bosqiçini portaldagi şaxsiy kabinet orqali kuzatib boriş mumkin. Bu esa jarayonning şaffofligini taʼminlaydi.
Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutida olib borilayotgan yuqoridagi kabi amaliy işlar taʼlim muassasasining har bir talabaga bölgan eʼtiborini namoyon etadi. Yangi öquv yilida talabalarni nafaqat sifatli taʼlim, balki qulay yaşaş şaroitlari, zamonaviy infratuzilma va ğamxör muhit kutmoqda. Institut jamoasi yoşlarni öz safiga çorlab, ularning yetuk mutaxassis bölib yetişişlari uçun barça imkoniyatlarni yaratişga tayyor ekanligini bildirmoqda. Bunday saʼy-harakatlar, şubhasiz, kelajakda öz mevasini berib, mamlakatimiz qişloq xöjaligi sohasi rivojiga munosib hissa qöşadigan yangi avlod kadrlarini yetiştirişga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶