28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:38
Fan va taʼlim 👁 396

OʻQITUVChILAR OLIMPIADASINING TUMAN BOSQIChI OʻTKAZILDI

OʻQITUVChILAR OLIMPIADASINING TUMAN BOSQIChI OʻTKAZILDI

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining matematika, informatika va axborot texnologiyalari, biologiya fanlari oʻqituvchilari bazasini shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 2-iyuldagi buyrugʻiga asosan Vazirlik tizimidagi barcha umumtaʼlim maktablarining ushbu fanlar oʻqituvchilari oʻrtasida Respublika olimpiadasining tuman bosqichi tashkillashtirilib, muvaffaqiyatli tarzda oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning 22-23-avgust kunlari Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 1-sonli maktab binosida ham mazkur olimpiadaning tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Oʻqituvchilar olimpiadasida tumandagi 86 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi va ixtisoslashtirilgan maktabdan jami 143 nafar, jumladan, matematika fani boʻyicha 72 nafar, informatika va axborot texnologiyalari fani boʻyicha 35 nafar, biologiya fani boʻyicha 36 nafar oʻqituvchilar qatnashdi.

Ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Fan olimpiadasi boʻyicha Iqtidorli bolalar bilan ishlash sektor metodisti Fazilat Zarifova, Amudaryo tumani Ixtisoslashtirilgan maktab direktori Otabek Yoʻldoshev, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratov, Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shuʼbasi metodistlari Rayhon Yakubova, Habibulla Davletyarov, olimpiada auditoriya rahbarlari, kuzatuvchilar ishtirok etdilar.

Aytish joizki, nazorat materiallari Agentlik huzuridagi Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzilgan boʻlib, olimpiadaning hududiy tashkiliy qoʻmitasi tomonidan chop etilgan va maxfiyligi taʼminlangan holda joylarga yetkazilgan.

Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shuʼbasi metodistlari olimpiada ishtirokchilariga javoblar varaqasini toʻldirish qoidalari, test sinovlarini oʻtkazish tartibi haqida batafsil tushunchalar berdilar.

Ikki kun davom etgan olimpiadaning tuman bosqichi yuqori ishchanlik va shaffoflik asosida oʻtkazildi.

Mazkur oʻqituvchilar olimpiadasini oʻtkazishdan maqsad mamlakatimizda matematika, informatika va axborot texnologiyalari, biologiya sohalarida ilm-fanni rivojlantirish, taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar bilimini yangi sifat bosqichiga olib chiqish, jamiyatda oʻqituvchi maqomi va nufuzini oshirish, pedagoglar uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish va ularning mehnatini munosib ragʻbatlantirish hamda oʻqituvchilarning yoshlarga taʼlim va tarbiya berishdagi masʼuliyatini, doimiy kasbiy rivojlanishdagi talabchanligini oshirishdan iboratdir.

Olimpiadaning tuman bosqichida gʻolib boʻlgan oʻqituvchilar hududiy bosqichda ishtirok etadilar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oladilar. Hududiy bosqich yaqin kunlarda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Rayhon Yakubova, Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shuʼbasi metodisti.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026