"HAPPY KIDS"da bayram şukuhi: bolajonlar mustaqillikni nişonladi
Amudaryo tumanida joylaşgan, yaqinda öz faoliyatini boşlagan “HAPPY KIDS” nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotida 27-sentyabr kuni unutilmas bayram tadbiri bölib ötdi. Bolajonlar va murabbiylar “Mustaqil Özbekiston – 34 yoşda” şiori ostida taşkil etilgan tantanada jonli va quvnoq çiqişlar bilan iştirok etib, hammaning qalbiga bayram şodiyonasini olib kirdi.
Taşkilot mudirasi Şahlo Iskandarova rahbarligida ötkazilgan uşbu tadbir bolalarning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etiş uçun ajoyib imkoniyat yaratdi. Boğçada mavjud ikki guruhga bölingan jajji tarbiyalanuvçilar kuy-qöşiq va raqslar bilan tadbirga özgaça fayz bağişladilar. Bayram davomida bolalar Vatanga bölgan mehrlarini ifoda etuvçi şeʼrlar öqidilar, bu esa kattalarning ham qalbini junbuşga keltirdi.
Tadbirning eng yorqin lahzalaridan biri qizlarning maşhur “Barbi” qöşiğiga mohirona raqsga tuşişi böldi. Ularning şöx va şirin harakatlari tomoşabinlarning olqişlariga sabab böldi. Öğil bolalar esa karate ustozi Xursandbek Madrahimov boşçiligida öz mahoratlarini namoyiş etişdi. Ularning bajargan turli murakkab tryuklari, kuç va çaqqonlik bilan bajarilgan harakatlari ota-onalar va mehmonlarni hayratda qoldirdi.
Boğça kiçkintoylari ham bayramdan çetda qolmadi. Ular “Jon Vatan” qöşiğiga şöx-şodon raqsga tuşib, özlarining samimiy quvonçlarini namoyon etdilar.
Aytiş joizki, 2025-yilning iyun oyida iş boşlagan "HAPPY KIDS" nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti qisqa vaqt içida öz faoliyatini yölga qöyib, sifatli taʼlim va tarbiya berişning uddasidan çiqmoqda. Hozirda uşbu boğçada 2 yoşdan 7 yoşgaça bölgan bolajonlar tarbiyalanmoqda. Taşkilotda bolalarning har tomonlama rivojlanişi uçun barça şaroitlar yaratilgan.
Boğçada 6 nafar malakali xodim faoliyat yuritib, bolalar bilan alohida yondaşuv asosida şuğullanadi. Taʼlim dasturiga ingliz tili, rus tili, logoped maşğulotlari kiritilgan bölib, bular bolalarning til könikmalarini erta yoşdan şakllantirişga yordam beradi. Bundan taşqari, jismoniy rivojlanişga katta eʼtibor qaratilib, haftasiga ikki marta karate va gimnastika maşğulotlari ötkaziladi. Bu maşğulotlar bolalarning soğlom va tetik ösişida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan ötkazilgan tadbir bolalarning nafaqat jismoniy va ijodiy rivojlanişiga xizmat qildi, balki ularning qalbida Vatanga muhabbat, uning tarixi va qadriyatlariga hurmat tuyğularini şakllantirişda ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Mazkur bayram tadbiri “HAPPY KIDS” nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti jamoasi va tarbiyalanuvçilarining birgalikdagi işlarining amaliy natijasi bölib, ularning hamjihatligi va yuksak taşkilotçiligini yana bir bor namoyon etdi.
Bu kabi tadbirlar bolalar uçun bayramlarning, ayniqsa eng uluğ, eng aziz bölgan mustaqillik bayramining ahamiyatini tuşuntirib, ularni jonajon Vatanimizga muhabbat, ona yurtga sadoqat ruhida, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalaşda muhim amaliy vosita bölib xizmat qiladi. “HAPPY KIDS” nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti rahbariyati kelajak avlodning har tomonlama yetuk, vatanparvar va salohiyatli insonlar bölib yetişişi yölida barça imkoniyatlarni işga solgan holda samarali mehnat qilmoqdalar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶