Prokuratura xodimlari kutubxonaga aʼzo bölişdi
Maʼnaviy-maʼrifiy hayotni rivojlantiriş, aholining kitobxonlik madaniyatini oşiriş bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi qarori bu borada yangi bosqiçni boşlab berdi. Uşbu qarorga muvofiq, respublika böylab aholiga axborot-kutubxona xizmati körsatişni takomillaştiriş maqsadida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Ana şunday ezgu maqsadlar bilan Amudaryo tumanida ham yangi Axborot-kutubxona markazi taşkil etilgan edi. Tumanning Oybek mahallasi, Qipçoq köçasida joylaşgan mazkur markaz qisqa vaqt içida tuman aholisining maʼrifiy ehtiyojlarini qondirişga xizmat qilayotgan maʼrifat maskaniga aylandi.
Joriy yilning 27-avgust kuni Amudaryo tuman prokurori Bahrom Maşaripov boşçiligidagi prokuratura xodimlari Axborot-kutubxona markaziga taşrif buyurişdi. Taşrifdan asosiy maqsad nafaqat kutubxonaning faoliyati bilan tanişiş, balki kitobxonlikni keng tarğib etişga hissa qöşişdan iboratdir. Mehmonlar kutubxonaning boy kitob fondi, xususan, Prezident asarlari, Özbekiston tarixiga oid kitoblar va yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanişdilar.
Tuman prokurori Bahrom Maşaripov kitob öqişning inson hayotidagi örni haqida alohida töxtalib ötdi. Taʼkidlanganidek, kitob inson dunyoqaraşini kengaytiradi, uning huquqiy savodxonligini oşiradi va şaxsiy kamolotida hal qiluvçi rol öynaydi. Prokurorning bu kabi fikrlari kutubxonaga taşrif buyurgan kitobxonlarni yanada ruhlantirdi va ularda mutolaaga bölgan iştiyoqni yanada kuçaytirdi.
Taşrif yakunida prokuratura xodimlari kutubxonaga aʼzo bölib, özlarini qiziqtirgan kitoblarni özlari bilan olib ketdilar. Bunday taşabbus jamiyatning boşqa soha vakillari uçun ham ibratli namuna böla oladi.
Aytiş joizki, Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazi bugungi kunda katta hajmdagi fondga ega bölib, uning kitob fondi 65 ming 138 nusxani taşkil qiladi. Bundan taşqari, markazning faol foydalanuvçilari soni ham tobora ortib bormoqda. Hozirgi kunda 5 ming 74 nafar kitobxon kutubxona xizmatlaridan foydalanadi. Bu abonentlarning 2 ming 438 nafarini erkaklar, 2 ming 636 nafarini esa ayollar taşkil etadi. Bu körsatkiçlar tumanda kitobxonlikka bölgan qiziqişning yuqori darajada ekanligini körsatadi.
Uşbu taşrif, xususan, davlat organlari vakillarining kitobxonlikni tarğib qilişdagi faol iştiroki mamlakatimiz rahbarining maʼrifatga bölgan eʼtibori va hurmatining natijasidir. Zero, kitob öqiş – jamiyatni yangilaş va taraqqiy ettirişning eng samarali yölidir. Kitobxon insonlarning dunyoqaraşi keng, fikri teran böladi, bu esa öz navbatida jamiyatning umumiy intellektual salohiyatini oşirişga xizmat qiladi.
Qolaversa, davlat organlari rahbarlari va xodimlarining kitobxonlikka şaxsiy qiziqişi va bu borada taşabbus körsatişi jamiyatning boşqa qatlamlari uçun ham ibratli namuna böladi. Odamlar ularga ergaşişga intiladi, çunki bunday insonlar jamiyat tomonidan huqubuzarlar va jinoyatçilarni jazolovçi şaxslar emas, balki qonunni himoya qiluvçi maʼrifatli va madaniyatli şaxs sifatida qabul qilinadi. Bundan taşqari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining kitob öqişga, ayniqsa, huquqiy adabiyotlar, tarixiy va ijtimoiy-siyosiy asarlarni örganişga eʼtibor qaratişi ularning kasbiy faoliyati samaradorligini ham sezilarli darajada oşiradi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶