YaNGI ÖQUV YILINING ILK QÖNĞIROQ SADOLARI YaNGRADI
Bugun, 2-sentyabr kuni yurtimizdagi barça umumtaʼlim maktablarida hayajonli va unutilmas sanalardan biri — “Bilimlar kuni” bayrami keng nişonlanib, yangi öquv yilidagi "Birinçi qönğiroq" sadolari yangradi. Bu sana nafaqat öquvçilar va ularning ota-onalari, balki butun xalqimiz uçun ham çinakam bayram, desak, mubolağa bölmaydi. Zero, bilimga qöyilgan har bir qadam — kelajak sari taşlangan işonçli odimdir.
Amudaryo tumanidagi 22-sonli umumtaʼlim maktabida ham uşbu uluğ kun tantanali tarzda, katta quvonç va hayajon bilan nişonlandi. Maktab hovlisi bayramona bezatilib, öquvçilarning beğubor quvonçi, ota-onalarning faxrli nigohlari va ustozlarning samimiy tabassumlari bir-biriga uyğunlaşib, bayram kayfiyatini yanada oşirdi.
Tadbirda Amudaryo tuman hokimi Sobir Xöjametov, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomuratov iştirok etib, bolajonlarni yangi öquv yilining boşlanişi hamda “Bilimlar kuni” bilan qizğin tabrikladilar. Tuman hokimi öz nutqida maktab ostonasiga qadam qöygan kiçkintoylarga hamda barça öquvçilarga samimiy tilaklarini izhor qildi.
Bayram tadbirida boşlanğiç sinf öquvçilari tomonidan Vatan madhi tarannum qilingan kuy-qöşiqlar yangradi, sahnada rang-barang raqslar ijro etilib, yiğilganlarga bayramona kayfiyat ulaşildi. Ularning beğubor ovozlari va jöşqin raqslari barçaning qalbiga quvonç bağişladi.
Birinçi sinf ostonasiga ilk bor qadam bosayotgan kiçkintoylarga muhtaram Prezidentimizning esdalik sovğalari topşirilişi bolajonlar uçun bir olam quvonç bağişladi. Kiçkintoylarning yuzida paydo bölgan beğubor tabassumlar — bu ezgu eʼtibor va ğamxörlikning yorqin ifodasi böldi.
Şundan söng, yangi öquv yilining ilk qönğiroği jarangladi. Qönğiroq sadosi ilmga çanqoq öquvçilar qalbiga quvonç bağişlab, ularni yangi marralar sari çorladi. Şu tariqa sinfxonalarda dars maşğulotlari boşlandi, bilim oliş sari ilk qadamlar qöyildi.
Şu kuni tumanimiz böylab barça 86 ta umumtaʼlim maktablarida “Bilimlar kuni” keng nişonlandi. Sana munosabati bilan tuman hokimi Sobir Xöjametov boşçiligidagi rahbarlar tumanning eng çekka hududi bölgan Nazarxon ovulidagi 3-sonli hamda 58-sonli maktablarga taşrif buyurib, bolajonlarni yangi öquv yili bilan samimiy tabrikladilar.
Taşrif çoğida tuman hokimi maktab maʼmuriyati va ota-onalar bilan yaqindan suhbat qurib, öquvçilarning yaxşi öqib, bilim olişlari uçun yaratilgan şaroitlarni örgandi. Tuman hokimi öz tabrik sözida yurtimizda taʼlim-tarbiya rivoji yölida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar va ularning amaldagi ijrosi, erişilayotgan yutuqlar xususida söz yuritdi. Öquvçilarga imkoniyatlardan samarali foydalanib, çuqur bilim olib, yuksak maqsadlarga intilib, kelgusida Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qöşadigan barkamol insonlar bölib voyaga yetişlariga töla işonişini bildirdi.
Darhaqiqat, bugun yurtimizda taʼlim-tarbiya tizimini tubdan yangilaş, uni xalqaro talablarga mos darajaga olib çiqiş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Maktabgaça taʼlimdan tortib oliy taʼlimgaça bölgan barça bosqiçlarda izçil islohotlar olib borilmoqda.
Zamonaviy maktablar, bolalar boğçalari va oliy taʼlim muassasalari binolari qurilmoqda, mavjudlari esa kapital taʼmirlanib, öquvçilar uçun barça şaroitlar yaratilmoqda.
Birgina joriy yilning özida Amudaryo tumanida investitsiya dasturiga asosan Çoyköl ovulidagi 59-sonli maktabda umumiy qiymati 4 milliard 687 million sömlik quriliş işlari olib borilmoqda. Uşbu loyiha doirasida 180 öquvçi örinli 2 qavatli öquv binosi va 12x24 metr ölçamli sport zali bunyod etilmoqda.
Şuningdek, 2025-yilgi investitsiya dasturi asosida Bözyop ovulidagi 68-sonli maktabga qiymati 5 milliard 950 million sömlik yangi binolar qurilmoqda. Loyihaga köra, 330 öquvçi örinli 3 qavatli öquv binosi va 12x24 metr ölçamli sport zali qurilişi jarayonlari yuqori surʼatlarda davom etmoqda.
Barça umumiy örta taʼlim maktablari binolari 2025-2026 öquv yiliga öquvçilarni qabul qilişga tayyor holatga keltirilib, mahalliy byudjet va homiylik mablağlari hisobidan barça maktablarning sinf xonalari töliq kosmetik taʼmirlangani öquvçilar uçun qulayliklar yaratmoqda.
Sohadagi bu islohotlarning barçasi yoş avlodni barkamol, yuksak bilimli, keng dunyoqaraşli qilib tarbiyalaşga, ularda Vatanga sadoqat hissini va milliy ğururni kuçaytirişga xizmat qilmoqda. Zero, bugungi öquvçi — ertangi yetuk mutaxassis, ilm-fan egasi, xalqimizning yorqin kelajagini bunyod etuvçi insondir.
2-sentyabr sanasi bu faqat yangi öquv yilining boşlanişi emas, ezgu orzular, ulkan maqsadlar sari yöl oçuvçi, qalblarda umid va işonç uyğotuvçi bayramdir.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶