28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:40
Qishloq xoʻjaligi 👁 373

Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga press-tur tashkil qilindi

Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga press-tur tashkil qilindi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Chimboy tumanida joylashgan Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga press-tur tashkil etildi. Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad – jurnalistlarni Orolboʻyi mintaqasi qishloq xoʻjaligi rivojining ilmiy asoslarini yaratayotgan maskan faoliyati, erishayotgan yutuqlari va istiqboldagi rejalari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat boʻldi.

1958-yilda tashkil etilgan ushbu ilmiy maskan nafaqat Qoraqalpogʻiston, balki butun mamlakatimiz agrar sohasi uchun muhim ahamiyatga ega. Institut olimlari murakkab tuproq-iqlim sharoitida qishloq xoʻjalik ekinlarining yangi navlarini yaratish, ularning birlamchi urugʻchiligini tashkil etish va resurstejamkor agrotexnologiyalarni ishlab chiqishdek masʼuliyatli vazifani sharaf bilan ado etib kelmoqda. Institut tasarrufidagi 1022 gektardan ortiq yer maydoni, jumladan, qariyb 600 gektar sugʻoriladigan maydonlar ilmiy izlanishlar va yangi navlarni sinovdan oʻtkazish uchun xizmat qilmoqda.

Press-tur davomida jurnalistlar institutning ilmiy laboratoriyalari, tajriba dalalarida boʻlib, bu yerda olimlar uchun yaratilgan sharoitlar, yangi navlarni sinash jarayonlari va erishilgan yutuqlar bilan bevosita tanishdilar. Institut rahbariyati va yetakchi olimlari OAV vakillariga paxta, gʻalla, moyli va yem-xashak ekinlari boʻyicha olib borilayotgan selektsiya ishlari, ularning natijalari haqida batafsil maʼlumot berdilar.

Qishloq xoʻjaligining rivojida ilmiy-tadqiqot muassasalarining, olimlar va ixtirochilarning oʻrni beqiyosdir. Aynan ularning mashaqqatli mehnati tufayli mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga mos, kasallik va zararkunandalarga chidamli, serhosil navlar yaratiladi. Bu esa oʻz navbatida, fermer va dehqonlarning mehnatini yengillashtirib, daromadini oshirishga, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti ana shunday muhim vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan yetakchi ilmiy markazlardan biridir.

Institutning ilmiy salohiyati uning eng katta boyligidir. Bugungi kunda bu yerda 51 nafar xodim faoliyat yuritsa, shundan 19 nafari ilmiy xodimlardir. Ular orasida 2 nafar fan doktori va 7 nafar fan nomzodining borligi ilmiy salohiyatning 57,8 foizga teng ekanligidan dalolat beradi. Tajribali va yosh avlod olimlarining hamkorlikdagi faoliyati institutning ilmiy yutuqlari garovi boʻlmoqda.

Soʻnggi yillarda institut olimlari tomonidan yaratilgan gʻoʻzaning “Chimboy-5018” va “KK-3535”, bugʻdoyning “Shimbay” va “Aral” kabi serhosil navlari Davlat reyestriga kiritilib, ishlab chiqarishga muvaffaqiyatli joriy etilmoqda.

Institutda yaratilgan ilmiy natijalar nafaqat selektsiya yoʻnalishida, balki yem-xashak ekinlari boʻyicha ham amaliy samara bermoqda. Jumladan, bedaning bir necha navlari davlat reyestriga kiritilib, Qoraqalpogʻiston, Xorazm va Buxoro viloyatlarida ekish uchun tavsiya etildi. Shuningdek, sudan oʻti va Afrika tarigʻining yangi navlari yaratilib, sinovdan oʻtkazilmoqda. Bundan tashqari, institutda gʻoʻza, bugʻdoy, arpa, joʻxori kabi ekinlarning birlamchi urugʻchiligi yoʻlga qoʻyilgan.

Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga uyushtirilgan press-tur juda samarali va mazmunli oʻtdi. Jurnalistlar Orolboʻyi olimlarining mashaqqatli, ammo sharafli mehnati, ularning mamlakat qishloq xoʻjaligi rivojiga qoʻshayotgan ulkan hissasiga yana bir bor guvoh boʻldilar. Bu kabi tadbirlar ilm-fan yutuqlarini keng ommalashtirish, ilmiy xodimlar mehnatini ragʻbatlantirish va yoshlarni ilm-fanga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026