TUMAN HOKIMI OLIMPIADASI ÖTKAZILDI
Mamlakatimiz taʼlim tizimida, ayniqsa, maktab taʼlimi sohasida izçil islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, taʼlimning barça bosqiçlariga zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş, yoşlarning salohiyatini röyobga çiqariş böyiça ustuvor vazifalar belgilanib, amalga oşirilmoqda. Bu kabi çoralar yoşlarning ijtimoiy faolligini oşiriş, bilim va könikmalarini yanada rivojlantiriş, madaniy-maʼnaviy saviyasini yuksaltirişga xizmat qilmoqda.
Aynan ana şu yönalişdagi işlarni yuqori sifat darajasiga kötariş, bilimdon yoşlarni kaşf etiş maqsadida Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi hamda “Brighton school” öquv markazi hamkorligida tumandagi umumiy örta taʼlim maktablarining 3-9-sinf öquvçilari örtasida ingliz tili fanidan tuman hokimi olimpiadasi taşkil qilindi. Olimpiadada tumandagi 86 ta umumtaʼlim maktablaridan 1200 nafar öquvçi iştirok etdi.
Hokim olimpiadasining oçiliş marosimida Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi mudiri Yalğaşboy Şamuratov sözga çiqib, öquvçilar örtasida bunday olimpiadalarni ötkaziş ularning iqtidori va bilim darajasini aniqlaş hamda çekka hududlarda öquv markazlari taşkil qilişga asos bölişini taʼkidlab ötdi. Qolaversa, hokim olimpiadasini ötkazişdagi eng asosiy maqsad alohida qobiliyatli öquvçilarning iqtidorlarini yuzaga çiqarişlari uçun zarur şaroitlar yaratiş ekanligi alohida qayd qilindi.
“Brighton school” öquv markazi direktori Nurbek Jumaniyozov öquvçilarga olimpiadaning ötkaziliş tartibi haqida batafsil tuşunçalar berdi va iştirokçilarga muvaffaqiyatlar tiladi.
Bu kabi olimpiadalar ötkazilişi taʼlim muassasalari öquvçilari orasidan ingliz tili böyiça bilimli, uşbu fanga qiziquvçi, intiluvçan va ijodkor yoşlarni aniqlaş, ularning ijodiy qobiliyatlarini röyobga çiqarişga kömaklaşiş, qöllab-quvvatlaş hamda rağbatlantiriş bilan bir qatorda ösib kelayotgan yoş avlodning kelgusida xalqaro miqyosda taşkil qilinadigan fan olimpiadalarida iştirok etişlari uçun mustahkam zamin yaratadi. Şuningdek, nufuzli xalqaro olimpiadalarda Özbekiston jamoasining natijadorligini oşiriş maqsadida yoş bilimdonlarni tayyorlab boriş imkonini ham beradi.
Aytiş joizki, hozirgi globallaşuv davrida ingliz tili dunyo miqyosida eng nufuzli va keng tarqalgan tillardan biriga aylangan. U xalqaro aloqalar, ilm-fan, texnologiya, biznes, madaniyat sohalari va internet maydonida asosiy muloqot vositasi hisoblanadi. Dunyo aholisining katta qismi ingliz tilini bilişi tufayli mamlakatlar örtasidagi hamkorlik va tajriba almaşiş samarali amalga oşmoqda. Şuningdek, zamonaviy bilimlar va ilmiy manbalarning asosiy qismi aynan ingliz tilida yaratilmoqda.
Şu sababli ham mamlakatimizda çet tillari, xususan ingliz tilini öqitişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Maktablarda erta yoşdan boşlab bu tilni örgatiş orqali yoş avlodning dunyoqaraşini kengaytiriş, ularni xalqaro maydonda raqobatbardoş kadr qilib tarbiyalaş maqsad qilingan. Ingliz tilini yaxşi özlaştirgan öquvçilar xorijiy adabiyotlardan foydalaniş, nufuzli universitetlarda tahsil oliş va zamonaviy texnologiyalarni tez özlaştiriş imkoniyatiga ega böladilar.
Şu jihatdan, Amudaryo tumani hokimligi va xususiy öquv markazi hamkorligida taşkil qilingan olimpiada maktablarda ingliz tilini öqitiş darajasini sinovdan ötkaziş va kelgusida bu boradagi körsatkiçlarni tumanning eng olis hududidagi maktablarda ham yaxşilaş çoralarini körişga zamin yaratadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶