Amudaryo tumanida “Ilk rivojlaniş markazi” iş boşladi
Amudaryo tumanida taʼlim sohasida muhim yangilik — zamonaviy “Ilk rivojlaniş markazi” öz faoliyatini boşladi. Uşbu markaz tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi huzurida taşkil etilib, bolajonlar ilk bora ilm-fan olamiga yetaklaş, ularning har tomonlama rivojlanişi uçun qulay şaroit yaratişga qaratilgan.
Markazning tantanali oçiliş marosimida Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri Gulistan Kojabayeva, tuman hokimi Sobir Xöjametov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği Saylaubay Daniyarov hamda tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomuratovlar hamda soha masʼullari iştirok etdilar.
Tadbir davomida mamlakatimizda sönggi yillarda taʼlim va ijtimoiy sohalarda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, xususan, maktabgaça taʼlim bilan qamrovni kengaytiriş borasida qilinayotgan işlarga alohida töxtalib ötildi.
Markazning boş maqsadi — hali maktabgaça taʼlim tizimiga qamrab olinmagan bolalarni, xususan, “Kambağallik reyestri”dagi oilalar farzandlari va imkoniyati çeklangan 2–7 yoşli bolalarni bepul taʼlim jarayoniga jalb etişdir. Bu orqali nafaqat bolalar, balki ularning ota-onalari va yaqinlariga ham katta şaroitlar yaratiladi.
Zamonaviy, eng sönggi öquv-uslubiy vositalar bilan jihozlangan markazda yoruğ va şinam sinf xonalari, xavfsiz öyin maydonçalari taşkil etilgan. Bu esa bolajonlarning nafaqat bilim olişi, balki soğlom, baxtiyor va quvnoq ulğayişi uçun mustahkam zamin yaratadi. Dastlab 240 nafar bola markazga qamrab olinib, taʼlim jarayonlari ikki smenada, tört soatdan taşkil qilinadi.
Şuningdek, markazda inklyuziv taʼlim tizimi ham joriy qilinmoqda. Alohida parvarişga muhtoj bolalar uçun maxsus şaroit yaratilgan bölib, individual öqitiş jarayonlari uyga taşriflar orqali ham taşkil etiladi. Bu esa heç bir bolani taʼlimdan çetda qoldirmaslik tamoyilini amalga oşirişga zamin yaratadi.
Tadbir iştirokçilari taʼkidlaganidek, uşbu taşabbus Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi 330-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oşirilmoqda. Qarorda 2025-yilda Amudaryo, Çimboy va Törtköl tumanlarida “Ilk rivojlaniş markazlari” iş boşlaşi belgilangan. Kelgusida esa bunday markazlar bosqiçma-bosqiç barça tuman va şaharlarda taşkil etilişi rejalaştirilgan.
Oçiliş marosimlari bir vaqtning özida Çimboy va Törtköl tumanlarida ham parallel ravişda taşkil qilinib, boşqa tumanlardagi iştirokçilar onlayn platforma orqali Amudaryo tumanidagi marosimni bevosita kuzatib bordilar.
Markazlarda 2–6 yoşli bolalar uçun “Öyin” guruhlari, katta yoşdagi alohida taʼlim ehtiyojlari bölgan bolalar uçun esa maxsus “Maktabgaça taʼlim xizmati” taşkil etiladi.
Mazkur “Ilk rivojlaniş markazlari” nafaqat bolajonlar uçun, balki butun jamiyat kelajagi uçun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Çunki bolajonlarning kelajakda ilmli, soğlom va barkamol bölib ulğayişi, aynan bugun taşlangan mana şunday qadamlar bilan çambarças boğliqdir.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶