Jamoatçilik nazorati – suv taʼminoti sifatining muhim kafolati
Özbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi “Içimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni çiqarib yuboriş töğrisida”gi Qonunida fuqarolar, mahalliy özini özi boşqariş organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boşqa institutlarining uşbu sohadagi tadbirlarda iştirok etişi belgilangan.
2025-yil 14-yanvar kuni Özbekiston mahallalari uyuşmasi hamda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasi örtasida mazkur qonun talablaridan kelib çiqqan holda özaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Uşbu memorandum asosida Inspektsiya va “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyatining Amudaryo tuman filiali masʼul xodimlari hamkorligida içimlik suvi taʼminoti hamda oqova suvlarni çiqariş xizmatlaridan foydalaniş qoidalariga rioya etilişi yuzasidan muntazam ravişda nazorat va tarğibot tadbirlarini ötkazib kelmoqda. Ana şunday nazorat tadbirlaridan navbatdagisi tumanning Boy ovul mahallasi va Bözyop ovulida ötkazildi.
Içimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni çiqariş xizmatlarini körsatişda jamoatçilik nazoratining ahamiyati juda katta. Bu avvalo, suv taʼminoti taşkilotlarining masʼuliyatini oşiradi, ularning öz vazifalariga sidqidildan yondaşişini taʼminlaydi. Ikkinçidan, aholining muammolarini tezkor aniqlaş va bartaraf etiş imkonini beradi. Uçinçidan esa fuqarolarning tizimga bölgan işonçini mustahkamlaydi va ularni suv resurslaridan oqilona foydalanişga undaydi.
Örganişlar jarayonida mahallalar aholisi tomonidan jiddiy eʼtirozlar, jumladan, avariya holatlarini bartaraf etiş, içimlik suvining bosimi va sifati, taʼminot uzviyligi böyiça jiddiy kamçiliklar mavjud emasligi bildirildi.
Aytiş joizki, amaldagi qoidalarga muvofiq içimlik suvining sifati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari tomonidan belgilangan standartlarga töliq javob berişi kerak. Suv bosimi esa köp qavatli uylarning eng yuqori qavatlarigaça yetib borişini taʼminlaşi lozim. Uzluksiz suv taʼminoti – bu isteʼmolçilarning qonuniy huquqi bölib, uni taʼminlaş suv taʼminoti taşkilotining asosiy vazifasidir.
Öz navbatida hududdagi isteʼmolçilarning Qonun talablariga amal qilişi ustidan ham nazorat tadbirlari ötkazildi. Unda isteʼmolçilarga içimlik suvidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalaniş, suv taʼminoti taşkiloti bilan tuzilgan şartnoma şartlariga amal qiliş böyiça tavsiyalar berildi.
Bugungi kunda dunyo miqyosida çuçuk suv zaxiralarining kamayib borayotgani har bir tomçi suvni qadrlaşni taqozo etadi. Suvni tejaş nafaqat oilaviy byudjetni iqtisod qiladi, balki kelajak avlodlar uçun suv resurslarini asraşga qöşilgan hissa hamdir. Har bir xonadonda suvdan foydalanişda isrofgarçilikka yöl qöymaslik, suv jömraklarini soz holatda saqlaş – bu yuksak madaniyat va tabiatga bölgan mehr ifodasidir.
Suv taʼminoti taşkiloti bilan tuzilgan şartnoma şartlariga amal qiliş ham isteʼmolçi, ham xizmat körsatuvçi taşkilot uçun muhimdir. Şartnomada ikki tomonning huquq va majburiyatlari aniq belgilab qöyilgan. Isteʼmolçi öz vaqtida tölovlarni amalga oşirişi, suv hisoblagiçlarining sozligini nazorat qilişi lozim bölsa, suv taʼminoti taşkiloti sifatli va uzluksiz xizmat körsatiş majburiyatini oladi.
Bu kabi nazorat va tarğibot tadbirlaridan közlangan maqsad aholining huquqiy savodxonligini oşiriş, ularning kommunal xizmatlar sohasidagi islohotlarga daxldorlik hissini kuçaytiriş va eng asosiysi, içimlik suvi taʼminoti sifatini yanada yaxşilaşga hissa qöşişdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶