28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:30
Jamiyat 👁 338

AMUDARYo TUMAN PROKURORI SAYYoR QABULDA AHOLI MUROJAATLARINI JOYIDA HAL ETDI

AMUDARYo TUMAN PROKURORI SAYYoR QABULDA AHOLI MUROJAATLARINI JOYIDA HAL ETDI

Amudaryo tuman prokuraturasi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlashda oʻziga xos tizim yaratilgan. Unga koʻra, murojaatlarning shaklidan qatʼi nazar, tuman prokurori Bahrom Masharipov rahbarligida har bir murojaat alohida roʻyxatga olinib, koʻtarilayotgan muammoning dolzarbligi oʻrganiladi va joyiga chiqqan holda muammolarni hal etish boʻyicha amaliy choralar koʻriladi. Shuningdek, joylarda sayyor qabullar oʻtkazilib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarga oydinlik kiritiladi.

Joriy yilning 12-sentyabr kuni Jayxun ovul fuqarolar yigʻini binosida tuman prokurori Bahrom Masharipov tomonidan tashkillashtirilgan navbatdagi sayyor qabul jarayonida ham aholi hayotiga doir koʻplab muammolar oʻz yechimini topdi.

Sayyor qabul jarayonida Jayxun ovulidan tashqari Daryo boʻyi, Uyshin mahallalari va Qipchoq shaharcha fuqarolar yigʻinlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari oʻzlarini qiynab kelayotgan muammolar boʻyicha murojaatlari bilan ishtirok etdilar. Tuman prokurori har bir murojaatni alohida eʼtibor bilan tinglab, sinchkovlik bilan koʻrib chiqdi va murojaatlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, tegishli masʼullarni jalb qilgan holda oʻrganishlar olib borildi.

Qabul davomida asosan aholi punktlaridagi infratuzilma obʼektlari, xususan, mahallalarni bir-biri bilan bogʻlab turuvchi koʻpriklarni taʼmirlash, serqatnov yoʻllar boʻylariga yoʻl belgilarini oʻrnatish, farzandini davolatish uchun moddiy yordam ajratish, hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, koʻchalarni obodonlashtirish, ayniqsa, Amudaryo daryosi boʻyidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari atrofida va daryo qirgʻoqlari boʻylab tozalash ishlarini amalga oshirish yuzasidan koʻtarilgan dolzarb muammolar eʼtibor bilan oʻrganildi.

Tuman prokurori aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyida hal qilish maqsadida jarayonga tegishli tashkilotlar rahbarlarini jalb qildi va koʻtarilgan har bir murojaat boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berdi. Shu bilan birga Bahrom Masharipov sayyor qabul jarayonida ishtirok etayotgan fuqarolarga oʻz haq-huquqlari doirasidagi muammolarni ochiqlashda tortinmaslikni, bugungi kunda huquqni muhofaza qilish organlari ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida ish yuritishini, bu borada jamoatchilik vakillari bilan hamkorlik yaxshi yoʻlga qoʻyilganini alohida taʼkidladi.

Sayyor qabulda taʼkidlanganidek, fuqarolarning murojaatlari yuzasidan shaffoflik asosida oʻrganishlar olib borish, bevosita xalq orasiga kirib borib, aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazish, sayyor qabullar tashkil etish — bu jamiyat hayotidagi eng muhim masalalarni anglash va ularni hal etishning eng samarali yoʻlidir. Prokuratura organlari esa bu borada aholiga yaqindan koʻmaklashib, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda hamisha kamarbastadir.

Ushbu sayyor qabul fuqarolarning davlat organlariga ishonchini yanada mustahkamlab, ular hayotiga doir muammolarni joyiga chiqqan holda tinglab, har bir muammoning tezkor yechimini topishga xizmat qilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Sharyar Joldasov, tuman prokurorining katta yordamchisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026