28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:16
Siyosat 👁 839

Joʻqorgʻi Kenges Raisi Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi

Joʻqorgʻi Kenges Raisi Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi

16-sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev Amudaryo tumanida aholining turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tumanga tashrif buyurdi.

Soʻnggi yillarda Qoraqalpogʻistonning barcha hududlarida boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham aholi turmush darajasini yaxshilash, yangi ish oʻrinlari yaratish va infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Tashrif davomida Joʻqorgʻi Kenges Raisi Choykoʻl ovuli hududidagi “Choykoʻl Doʻstlik” fermer xoʻjaligi dalasida boʻlib, Xitoy davlatidan olib kelingan paxta terish mashinasining ish jarayoni bilan tanishdi. Ushbu zamonaviy texnikaning imkoniyatlarini koʻzdan kechirar ekan, uning samaradorligiga alohida eʼtibor qaratildi. Mazkur xoʻjalikda Xitoyning “Fm Word” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan paxta terish mashinasidan samarali foydalanilmoqda. Ushbu texnika qoldiq tolalarni samarali ajratishi, maydondagi qoʻshimcha ishlarni tez amalga oshirishi va operatorlar uchun qulay ekanligi bilan fermer va ishchilarga manzur boʻlmoqda.

Zamonaviy mashinalarning paxta yigʻim-terimini qisqa muddatlarda yakunlash va iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi ahamiyati beqiyosdir. Bunday texnikalar mehnat unumdorligini oshiribgina qolmay, balki fermer xoʻjaliklarining xarajatlarini kamaytirishga, hosilni tez va yoʻqotishlarsiz yigʻib-terib olishga xizmat qiladi.

Joʻqorgʻi Kenges Raisi tumanning Beshtom mahallasi hududidagi “Amu karavan hotel” MChJ tomonidan tashkil etilgan mehmonxona xizmati loyihasi, Oybek mahallasidagi “Oybek mebel” MChJ tomonidan yoʻlga qoʻyilgan mebel ishlab chiqarish loyihasi, shuningdek, “Yoqubboy Ashirov” fermer xoʻjaligi tomonidan Xitoy texnologiyasi asosida ishga tushirilgan paxta, gʻalla va boshqa donli ekinlar urugʻlarini qayta ishlash loyihasi bilan ham yaqindan tanishdi. Bundan tashqari, “Bekman Allaberganov” fermer xoʻjaligining ekin maydonidagi terimchilar holidan ham xabar olinib, ilgʻor terimchilarga sovgʻalar topshirildi. Doʻrman ovulida yangidan tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati ham koʻzdan kechirildi. Shu kuni Joʻqorgʻi Kenges Raisi boshchiligida “Yangi Oʻzbekiston” massivi hududida 600 xonadonli koʻp qavatli uylarni qurish loyihasiga start berildi.

Tashrif soʻngida Amudaryo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, davlat dasturlari doirasidagi belgilangan vazifalar, amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar hamda avval berilgan topshiriqlar ijrosiga bagʻishlangan majlis oʻtkazildi.

Majlisda respublika miqyosidagi vazirliklar, idora, tashkilot va muassasalar rahbarlari, tuman mutasaddilari, mahalla faollari ishtirok etdi.

Majlisda mahallalarni obod qilish, infratuzilma bilan bogʻliq muammolarni hal etish, davlat dasturlari doirasida loyihalarni amalga oshirish, yangi korxonalar tashkil etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, kambagʻallikni qisqartirish, fuqarolar turmush darajasini yaxshilash borasidagi vazifalar ijrosi tanqidiy koʻrib chiqildi.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi eng avvalo quyi darajadagi rahbarlarning masʼuliyatiga bogʻliq ekani yana bir bor taʼkidlandi. Har bir rahbar oʻz hududidagi muammolarni chuqur oʻrganishi, aholi bilan doimiy muloqotda boʻlishi va ularning ehtiyojlarini qondirish uchun aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozimligi qayd qilindi. Bu esa islohotlarning joylardagi ijrosini taʼminlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Joʻqorgʻi Kenges Raisi fuqarolarning qoʻshimcha daromad olishiga koʻmaklashish, yoshlar bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, korxonalar faoliyatiga yaqindan koʻmaklashish, bank xizmatlari va bozor infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha ham berilgan topshiriqlarning ijrosi xususida soʻz yuritib, bu boradagi kamchiliklarni bartaraf qilish, rejalashtirilgan koʻrsatkichlarga oʻz muddatida erishish uchun masʼuliyat bilan yondoshish lozimligi xususida toʻxtaldi.

Yigʻilishda shuningdek, mazkur ishlarni amalga oshirishda ayrim mutasaddilarning oʻz vazifasiga sovuqqonlik bilan qarayotgani tanqid qilinib, kamchiliklar koʻrsatib oʻtildi. Shu bilan birga, oʻz vazifasini bajarishda qoloqlikka yoʻl qoʻygan ayrim masʼullarga intizomiy jazo qoʻllash, zarur boʻlsa, lavozimiga loyiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Yigʻilishda berilgan topshiriqlar mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish boʻyicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqishda ham muhim vosita boʻldi. Asosiy maqsad – aholining turmush farovonligini oshirish va hududning barqaror taraqqiyotini taʼminlashdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasining har bir fuqarosi uchun munosib turmush sharoitini yaratish yoʻlidagi bu kabi saʼy-harakatlar kelajakda oʻz samarasini berishi shubhasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026