Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat vazirligining matbuot anjumani ötkazildi
Joriy yilning 17-sentyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqa teatrida Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat vaziri Begis Temirbayev rahbarligida madaniyat va sanʼat sohasida amalga oşirilgan işlar yuzasidan matbuot anjumani ötkazildi.
Tadbirda ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar, blogerlar va vazirlikning mutasaddi vakillari iştirok etdi. Uşbu uçraşuv sohadagi rivojlaniş surʼatlarini yaqqol körsatib berdi. Jumladan, vazirlik maʼlumotlariga köra, yil boşidan buyon respublikada 2977 ta madaniy-maʼrifiy va köngiloçar tadbirlar muvaffaqiyatli ötkazildi. Vazirlikka qaraşli 3 ta davlat teatrida 915 dan ortiq spektakl namoyiş etilib, ularga 186 mingdan ziyod tomoşabin taşrif buyurdi. Şahar va tumanlardagi madaniyat markazlarida esa 3650 ta tadbir taşkil etildi. Hozirda faoliyat yuritayotgan 60 ta madaniyat markazida 210 ta tögarak mavjud bölib, ularga 2287 nafar iştirokçi doimiy qatnaşmoqda. Bu körsatkiçlar aholining madaniy hayotga bölgan qiziqişi ortib borayotganidan dalolat beradi.
Matbuot anjumanida taʼkidlanganidek, sohaga bölgan eʼtibor taʼlim tizimida ham öz aksini topgan. Vazirlik tasarrufidagi 2 ta oliy öquv yurti filiali, 3 ta ixtisoslaştirilgan sanʼat va madaniyat maktabi, şuningdek, 24 ta bolalar musiqa va sanʼat maktablarida jami 9677 nafar öquvçi va talaba tahsil olmoqda. Ularga 1722 nafar öqituvçi va professorlar sanʼat sirlarini örgatmoqda.
Bundan taşqari, Qoraqalpoğiston ijodiy jamoalari Malayziya, Yaponiya, Italiya, Turkiya, Gruziya, Ozarbayjon, Qirğiziston va Qozoğiston kabi davlatlarda ötkazilgan 7 ta xalqaro madaniy tadbirda muvaffaqiyatli iştirok etdi. Vazirlik TURKSOY, YuNESKO, Tatariston va Boşqirdiston Respublikalari Madaniyat vazirliklari kabi nufuzli taşkilotlar bilan hamkorlikni yölga qöygan. Janubiy Koreyaning "HY Education" kompaniyasi bilan imzolangan şartnoma qoraqalpoğistonlik yoşlarning xalqaro darajada taʼlim olişiga keng imkoniyatlar yaratmoqda. Bu kabi xalqaro aloqalar Qoraqalpoğiston madaniyati va sanʼatini dunyo miqyosida tarğib qilişga xizmat qilmoqda.
Hisobot davrida sohaga 609,5 ming AQŞ dollari miqdorida grant va 2 mlrd 50 mln söm miqdorida investitsiya mablağlari jalb qilindi. Vazirlik huzurida taşkil etilgan "ART KARAKALPAKSTAN" nodavlat notijorat taşkiloti "Ustaxona – milliy meros" loyihasi bilan 1 milliard sömlik davlat ijtimoiy buyurtmasini qölga kiritdi. Loyiha doirasida Nukus tumanida Markaziy Osiyo xalqlarining milliy musiqa çolğu asboblarini işlab çiqariş ustaxonasi quriladi. Bu taşabbus milliy hunarmandçilikni rivojlantiriş va madaniy merosni saqlaşga xizmat qiladi.
Şuningdek, Özbekiston Qahramoni, Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq yozuvçisi Tölepbergen Qayipbergenovning muzeyini taşkil etiş uçun 251 million 250 ming söm ajratildi va bu boradagi işlar boşlab yuborildi.
Iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan "Yoş" estrada loyihasining ikkinçi mavsumi muvaffaqiyatli ötkazilmoqda. Loyihada 400 dan ortiq yoşlar iştirok etgan bölib, kelgusi yildan uni Özbekiston miqyosida ötkaziş rejalaştirilgan. Bu taşabbus yoş isteʼdodlarni kaşf etiş va ularga keng imkoniyatlar yaratişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir yakunida Madaniyat vaziri Begis Temirbayev OAV vakillarining savollariga javob berib, sohadagi muammolar va ularning yeçimi yuzasidan fikr almaşdi. Muloqotdan söng iştirokçilar rejissyor Muxtor Reymov sahnalaştirgan Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq yozuvçisi Tölepbergen Qayipbergenov qalamiga mansub "Qoraqalpoq qizi" spektaklini tomoşa qilişdi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan taşkil qilingan uşbu matbuot anjumani Respublikada madaniyat va sanʼat jadal rivojlanayotgani hamda sohaga katta eʼtibor qaratilayotganining yorqin ifodasi böldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶