28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:14
Fan va taʼlim 👁 373

MAKTABGAChA TAʼLIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR — FAOLIYaTIMIZDAGI YuTUQLARNING BOSh OMILIDIR

MAKTABGAChA TAʼLIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR — FAOLIYaTIMIZDAGI YuTUQLARNING BOSh OMILIDIR

Mamlakatimizda maktab­gacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar yosh avlodning har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratmoqda. Davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan bu jarayonlar chekka hududlarda ham oʻz samarasini bermoqda. Bizning Doʻstlik mahallasi hududida joylashgan 7-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotimiz faoliyati misolida ham ana shu islohotlarning amaldagi ifodasini yaqqol koʻrish mumkin.

Muassasamiz 2010-yilda “Rohat” nomli maktabgacha taʼlim muassasasi sifatida tashkil etilgan. 2018-yilda bogʻcha binosi tubdan rekonst­ruktsiya qilinib, Amudaryo tuman maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 7-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi deb nomlandi. Yangi bino maxsus loyiha asosida 70-oʻringa moʻljallab qurilgan ikki qavatli inshootdan iborat. Muassasaning tevarak-atrofi toʻliq oʻralgan boʻlib, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ish­lari muntazam ravishda olib boriladi. Bu esa bolalarning xavfsiz va sogʻlom muhitda tarbiyalanishini taʼ­­minlamoqda.

Bugungi kunda 7-sonli davlat MTTda 200 nafarga yaqin bola taʼlim-tarbiya ol­moqda. 5 ta asosiy guruh mav­jud boʻlib, har bir guruhda 25 nafardan jami 125 nafar bola tarbiyalanadi. Shuningdek, 2 ta majburiy guruhda 25 nafardan, jami 50 nafar bola qamrab olingan. Bolajonlarga 35 nafar pedagog xodimlar taʼlim-tarbiya berishmoqda. Shulardan 15 nafari tarbiya­chilar va 9 nafari yordamchi tarbiyachilardir. Tarbiyachilarning 6 nafari oliy, 3 nafari esa tugallanmagan oliy maʼlumotli kadrlardir.

Maktabgacha taʼlim tashkilotimizning zamonaviy binosida 3 ta guruh uchun xonalar, oshxona, tibbiy xizmat boʻlimi, omborxona, musiqa va sport xonalari, bolalar maydonchalari va ayvonchalar, sport maydonchasi mavjud. Shuningdek, ekin maydonchalari ham tashkil qilingan boʻlib, bu bolalarning tabiat bilan yaqin muloqotda boʻlishiga imkon beradi. Muassasamiz zamonaviy mebel jihozlari, televizorlar bilan taʼminlangan. Guruhlarda 5 ta rivojlantiruvchi markazlar hamda “Maʼnaviyat” va “Sport” burchaklari tashkillashtirilgan. Bularning barchasi bolalarning har tomonlama rivojlanishi, ularning qiziqishlarini uygʻotish va ijodiy qobili­yat­larini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Ayni kunlarda muassasamizda maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berish, ularni sogʻlomlashtirish, maktabga tayyorlash, sifatli va sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Pedagog va tarbiyachilarimiz bolalarning nafaqat bilim olishi, balki ijtimoiy koʻnikmalarni egallashi, jismonan chiniqishi va maʼnan yuksalishi uchun imkoniyatlarini toʻliq safarbar qilgan holda faoliyat yuritmoqdalar. Zamonaviy oʻquv dasturlari va innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanayotgan jamoamiz bogʻ­chamizni tumandagi namunali muassasalardan biriga ay­lantirishga intilmoqdalar.

Fursatdan foydalanib, muassasamiz jamoasi va barcha hamkasblarimizni 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman! Yurtimizdagi barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi aziz ustoz va murabbiylarning, qadrli hamkasblarimizning murgʻak bolajonlarni ilm-fan olamiga yetaklash, ularga dunyoni tanitishdek sharafli va mashaqqatli faoliyatida kuch-gʻayrat tilayman!

Barno XUDOYBERGENOVA, 7-sonli MTT mudirasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026