Amudaryo tumanida Öqituvçi va murabbiylar kuni keng nişonlandi
Har bir millatning ertangi kuni, taraqqiyoti va ravnaqi yoş avlod taʼlim-tarbiyasiga boğliq. Bu işni esa yuksak maʼrifat va sabr-toqat bilan amalga oşiruvçi şaxslar – bu ustozlardir. Şu bois ham yurtimizda 1-oktyabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni uşbu kasb egalariga yuksak ehtirom ramzi sifatida keng nişonlanadi.
Amudaryo tumanida ham uşbu qutluğ sana katta kötarinkilik bilan nişonlandi. Tuman hokimligi taşabbusi bilan “Şer” töyxonasida ustoz va murabbiylar uçun bayram dasturxoni yozildi.
Tantanali tadbirda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Sapargul Utemuratova, tuman hokimi örinbosari Nodirbek Kamolov, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomuratov, Xalq deputatlari tuman Kengaşi kotibiyati mudiri Mansur Örazboyev hamda boşqa masʼul şaxslar iştirok etib, fidoyi pedagoglarni samimiy tabrikladilar.
Tadbirda söz olganlar bugungi kunda mamlakatimizda öqituvçi va murabbiylarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltiriş, taʼlim-tarbiya sifatini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarga alohida töxtalib ötişdi. Jumladan, öqituvçilarning mehnatini munosib qadrlaş, ularning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, moddiy-maʼnaviy rağbatlantiriş böyiça qilinayotgan saʼy-harakatlar haqida söz yuritildi. Ustoz va murabbiylarning jamiyatdagi örni heç qaçon yöqolmasligi, bugungi islohotlarning boş maqsadi ham aynan taʼlim-tarbiya sohasi fidoyilarining mehnatini eʼzozlaş, kelajak avlodni bilimli, yurtga sadoqatli qilib tarbiyalaş ekanligi alohida eʼtirof etildi.
Tadbir davomida yoş avlod tarbiyasiga öz hissasini qöşib kelayotgan, bu borada yuksak natijalarga erişgan bir guruh ustoz va murabbiylar, tarbiyaçi, pedagog xodimlar tuman hokimining taşakkurnomasi hamda taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi tuman bölinmasi kengaşi tomonidan esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar. Bu, albatta, ularning fidokorona mehnatiga bölgan munosib eʼtibor va hurmat ifodasi böldi.
Taʼkidlaş joizki, har bir xalq özining maʼnaviy kamoloti va kelajagini taʼlim-tarbiya tizimisiz tasavvur eta olmaydi. Ustoz – bu millatning maʼnaviy poydevorini yaratuvçi, kelajak avlodni tarbiyalovçi buyuk şaxsdir. Şu bois, ularning mehnatini qadrlaş, ustoz şaxsiga ehtirom körsatiş barça davrlarda dolzarb bölib kelgan.
Şu bois yurtimizda taʼlim-tarbiya tizimini tubdan isloh qiliş, öqituvçi va murabbiylarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltiriş, ularning mehnatini munosib qadrlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida belgilangan.
Ötkazilgan bayram tadbirida tuman Madaniyat bölimi sanʼatkorlari tomonidan ijro qilingan şöx kuy-qöşiqlar, bildirilgan samimiy tabriklar, mehr va ehtiromga boy daqiqalar barçaga unutilmas bayramona kayfiyat ulaşdi. Bu kabi hurmat va ehtirom, berilgan yuksak eʼtibor esa ustozlarning mehnatini qadrlaş ramzi, davlatimiz va jamiyatimizning ularni naqadar eʼzozlaşining amaldagi isboti böldi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶