Aholiga yetkazib berilayotgan içimlik suvining sifati hamda undan oqilona foydalaniş holati örganildi
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasining Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy nazorat qiliş inspektsiyasi tomonidan tizimda qonuniylik va şaffoflikni taʼminlaş, isteʼmolçilar örtasida tejamkorlik madaniyatini tarğib qiliş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Inspektsiya faoliyatining asosiy yönalişi – içimlik suvi va oqova suv tarmoqlaridan oqilona va qonuniy foydalanişni nazorat qiliş hamda suv isrofgarçiligiga qarşi kuraşişdan iborat.
Inspektsiya mutaxassislari tomonidan muntazam ravişda Respublikaning turli hududlarida içimlik suvi va oqova suv tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulaniş va içimlik suvini behuda isrof qiliş holatlarini aniqlaş maqsadida örganişlar olib borilmoqda. Jumladan, joriy yil boşidan buyon jami 254 ta byudjet taşkilotida ana şunday örganişlar ötkazildi. Natijada 26 ta taşkilotda jiddiy kamçiliklar aniqlanib, taşkilot rahbarlariga kamçiliklarni zudlik bilan bartaraf etiş böyiça belgilangan tartibda körsatmalar berildi. Qonunbuzarlikka yöl qöygan 7 nafar masʼul şaxslarga esa Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining tegişli moddalariga asosan jarimalar solindi. Bu kabi çoralar byudjet taşkilotlarida suv resurslaridan foydalanişda masʼuliyatni oşirişga xizmat qilişi şubhasiz.
Aholi salomatligini himoya qiliş maqsadida Inspektsiya xodimlari Qoraqalpoğiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikni yölga qöygan. 2025-yil boşidan buyon içimlik suvi tarmoqlaridan kimyoviy hamda biologik körsatkiçlarni tekşiriş uçun jami 1742 ta sinamalar olinib, laboratoriyalarga yuborildi. Olingan sinamalar asosida içimlik suvining sifati böyiça tegişli xulosalar çiqariladi va aholiga yetkazib berilayotgan suvning xavfsizligi doimiy nazoratga olingan.
Sohadagi tartib-intizomni mustahkamlaş borasidagi işlar ham qatʼiy davom ettirilmoqda. Yil boşidan buyon içimlik suvi taʼminoti va oqova suv tarmoqlariga özboşimçalik bilan hamda qonunga zid ravişda ulaniş, uşbu tarmoqlardan noqonuniy foydalaniş böyiça jami 402 ta holat aniqlandi. Bu kabi noqonuniy xatti-harakatlar tizimga zarar yetkaziş bilan birga, boşqa fuqarolarning suv taʼminotiga ham salbiy taʼsir körsatadi. Aniqlangan holatlar böyiça aybdorlarga Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning tegişli moddalariga muvofiq umumiy qiymati 1 milliard 224 million sömlik jarimalar solindi. Bu çoralar suvdan noqonuniy foydalanişning oldini olişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Inspektsiya xodimlari yaqinda Amudaryo tumanining Namuna mahallasi Tutzor köçasidagi xonadonlarda bölib örganiş işlarini olib bordilar. Örganişlar davomida aholiga yetkazib berilayotgan içimlik suvidan namunalar olinib, laboratoriya xodimlari tomonidan tekşirildi hamda olingan namunalardagi içimlik suvining sifat körsatkiçlari amaldagi davlat standartlari talablariga muvofiqligi tasdiqlandi.
Nazorat va jazo çoralari bilan bir qatorda, içimlik suvidan tejamkorlik bilan foydalaniş borasidagi tarğibot-taşviqot işlari ham uzluksiz ravişda amalga oşirilib kelinmoqda. Şu maqsadda Inspektsiya va Respublika Mahallalar uyuşmasi örtasida tuzilgan memorandum asosida mahallalarda, şuningdek, ijtimoiy obʼektlarda doimiy örganiş va tuşuntiriş işlari olib borilmoqda. Yil boşidan buyon joylarda 170 dan ortiq tarğibot-taşviqot tadbirlari ötkazilib, ular telekanallarda va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.
Ötkazilayotgan tarğibot-taşviqot işlaridan asosiy maqsad – isteʼmolçilarga içimlik suvidan oqilona foydalaniş, uni tejaş va qadrlaş madaniyatini singdiriş hisoblanadi. Çunki suv resurslarining çeklanganligini hisobga olib, har bir tomçi suvni qadrlaş bugungi kunning dolzarb talabidir. Inspektsiyaning bu yönalişdagi nazorat va tarğibot işlari kelgusida ham tizimli ravişda davom ettiriladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶