Nukusda çegaraçilar örtasida "Quvnoqlar va zukkolar" körik-tanlovi ötkazildi
Bugun zamonaviy harbiy xizmatçining huşyor, zukko va maʼnaviy yetuk bölişi davlat tinçligi va xavfsizligini, çegaralar daxlsizligini asraşda muhim omil sanaladi. Şu bois ham mamlakatimizda çegaraçilarning nafaqat jangovar va jismoniy tayyorgarligini, balki ijodiy va intellektual salohiyatni oşirişga qaratilgan muhim tadbirlar izçillik bilan amalga oşirib kelinmoqda. Iqtidorli yoş harbiy xizmatçilarning salohiyatini röyobga çiqariş, sanʼatga qiziqişini oşiriş va ularning madaniy hordiq olişini taʼminlaş maqsadida qator tadbirlar ötkazilayotgani fikrimizning tasdiğidir.
10-oktyabr kuni Nukus şahrida Özbekiston Respublikasi Yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi hamda Qurolli Kuçlar tarkibidagi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikdagi maxsus dastur doirasida "Quvnoqlar va zukkolar" körik-tanlovi ötkazildi.
Qoraqalpoq Davlat qöğirçoq teatri sahnasida mamlakatimizning Şimoli-ğarbiy sarhadlarini himoya qiluvçi jasur çegaraçilar örtasida ötkazilgan körik-tanlovda çegaraçilarning zukkoligi bilan bir qatorda, ularning hazil-mutoyibaga moyilligi va hozirjavobligi ham yaqqol namoyon böldi.
Musobaqaning adolatli va şaffof ötişini taʼminlaş maqsadida, hakamlar hayʼati tarkibiga "Quvnoqlar va zukkolar" assotsiatsiyasining malakali vakillari, şuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati Çegara Qöşinlari Qömondonligining masʼul vakillari jalb etilib, çiqişlarni xolisona baholab bordilar.
Mazkur körik-tanlovda uçta jamoa: "Quvnoq çegaraçilar", "Xorazmliklar" va "Nazoratçi askarlar" jamoalari iştirok etib, murosasiz va qiziqarli bellaşuv olib bordilar. Jamoalar "Salomlaşiş", "Savol-javob" va "Musiqiy çiqiş" kabi şartlarda öz mahoratlarini namoyiş etdilar.
Hakamlar hayʼati tomonidan iştirokçilarning çiqişlarini baholaşda mutoyibalarning dolzarbligi va yorqinligi, musobaqa mavzusiga mosligi, tomoşabopligi va iştirokçilarning yuqori ijro mahorati, şuningdek, sahna madaniyatiga rioya etilişi va tartib-qoidalarga amal qiliş kabi mezonlarga qatʼiy amal qilindi.
Hazil-mutoyibaga boy bölgan musobaqada iştirokçi jamoalar ğoliblik uçun astoydil harakat qilişdi. Bu ezgu intiliş iştirokçilarning har bir çiqişining rang-barangligini va mazmundorligini taʼminladi, natijada tadbir tomoşabinlarga kötarinki ruh va unutilmas taassurotlar bağişladi.
Qizğin bahslardan söng, hakamlar hayʼatining şaffof va oqilona baholaş natijalariga köra, eng munosiblar saralandi.
Tadbir yakunida harbiy qism komandiri tomonidan barça iştirokçilarga faxriy diplomlar va qimmatbaho sovğalar topşirildi. Tanlovning eng yuqori poğonasini – faxrli birinçi örinni egallagan "Nazoratçi askarlar" jamoasi esa "Quvnoqlar va zukkolar" körik-tanlovining köçma kubogi bilan taqdirlandi. Eng muhimi, "Nazoratçi askarlar" jamoasi öz mahorati va zukkoligi bilan tanlovning Davlat xavfsizlik xizmati Çegara Qöşinlari miqyosida bölib ötadigan respublika bosqiçiga yöllanmani qölga kiritişga muvaffaq böldilar.
Bu kabi tadbirlar harbiy xizmatçilarning xizmatdan böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularning ruhiy tetikligini oşiriş va askarlar örtasidagi jamoaviy ruhni hamda özaro hamjihatlikni mustahkamlaşda muhim örin tutadi. Bunday ijodiy musobaqalar orqali harbiy kadrlarning kreativ fikrlaş qobiliyati yanada rivojlanib, dunyoqaraşi yanada kengayadi. Fursatdan foydalanib, "Nazoratçi askarlar" jamoasiga körik-tanlovning respublika bosqiçida ham muvaffaqiyatlar tilaymiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶