Amudaryo tumanida boks böyiça Qoraqalpoğiston çempionati musobaqalari ötkazildi
2025-yil 12-16-oktyabr kunlari Amudaryo tumanidagi Ixtisoslaştirilgan maktabda boks böyiça kattalar va yoşlar örtasida Qoraqalpoğiston Respublikasi çempionati ötkazildi. Mazkur nufuzli musobaqaga respublikaning barça tumanlaridan 200 nafarga yaqin mahoratli çarm qölqop ustalari taşrif buyurdi. Çempionatning asosiy maqsadi – iqtidorli yoşlarni aniqlaş va ularni mamlakat terma jamoasiga saralaşdan iborat.
Çempionatning oçiliş marosimida Qoraqalpoğiston Respublikasi sport vaziri Yerkinbay Qutibayev va boşqa masʼullar sözga çiqib, Özbekistonda sportni rivojlantirişga sönggi yillarda katta eʼtibor berilayotganini, jismoniy tarbiyani ommalaştiriş va yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş davlat siyosati darajasidagi muhim yönalişlardan biriga aylanganini taʼkidlab ötdilar.
Prezident farmon va qarorlari asosida har bir hududda zamonaviy sport majmualari, stadionlar, suziş havzalari, tennis kortlari va fitnes zallar qurilmoqda. Bunday şaroitlar yoş avlodning soğlom, kuçli va vatanparvar bölib voyaga yetişiga xizmat qilmoqda. Şuningdek, maktab va oliy taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya faniga alohida eʼtibor berilib, sport tögaraklari soni ortib bormoqda.
Natijada Özbekiston sportçilari xalqaro musobaqalarda ham muvaffaqiyatli iştirok etib, mamlakat bayroğini baland kötarişmoqda. Olimpiya va jahon çempionlarining zafarli çiqişlari yoşlarga namuna bölib, ularni ham sport bilan şuğullanişga ilhomlantirmoqda. Amudaryo tumanida ötkazilgan çempionat ham yoşlarni sportga jalb qiliş va soğlom turmuş tarzini keng tarğib qilişda muhim vosita böldi.
Boks böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi çempionatida 2008–2009-yillarda tuğilgan yoşlar va 18 yoşdan oşgan kattalar özaro bellaşdilar. Har bir toifada sportçilar 10 tadan vazn toifasida özaro kuç sinaşdilar. Qizğin va murosasiz keçgan bellaşuvlar sportçilarning yuksak texnik mahorati, jangovar ruhi va ğalabaga bölgan qatʼiy intilişi bilan yodda qoldi.
Çempionat yakunida jamoalarning umumiy natijalari eʼlon qilindi, bu esa Qoraqalpoğistonda boks maktablarining qaysi hududlarda kuçli rivojlanayotganini körsatdi.
2008–2009-yillarda tuğilgan yoşlar örtasida 1-örin Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazi jamoasiga, 2-örin Nukus şahri va 3-örin Xöjayli tumani jamoalariga nasib qildi.
Kattalar örtasidagi musobaqalarda ham Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazi jamoasi ğoliblikni qölga kiritdi. 2-örin musobaqa mezboni – Amudaryo tumani jamoasiga, 3-örin esa Nukus şahri jamoasiga nasib qildi.
Çempionatning har bir vazn toifasida ğolib bölgan sportçilar esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar va ularning sportçilik karerasi uçun eng muhim yutuq – Özbekiston çempionatiga yöllanmani qölga kiritdilar. Şuningdek, ular rasman Qoraqalpoğiston terma jamoasi aʼzoligiga qabul qilindi.
Bu kabi musobaqalar yoş boksçilar uçun katta tajriba maktabi bölib, ularning keyinçalik xalqaro arenalarda Özbekiston şarafini himoya qilişi uçun mustahkam zamin yaratadi. Bu şubhasiz, sohadagi islohotlarning va sport infratuzilmasini yaxşilaşga qaratilgan saʼy-harakatlarning samarasidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶