"Kasblar festivali" va "Mehnat yarmarkasi" ötkazildi
Yoşlarni hayotga tayyorlaş, ularning kasb-hunar könikmalarini oşiriş va bandligini taʼminlaşga qaratilgan tizimli işlar doirasida Amudaryo tumanida “Kasblar festivali” hamda “Mehnat yarmarkasi” tadbirlari bölib ötdi. Tumandagi 2-sonli politexnikumda taşkil etilgan tadbir yoşlar va iş beruvçilar örtasida mustahkam köprik vazifasini ötadi.
Tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov boşçiligidagi rahbarlar, tumandagi yirik korxona va taşkilotlar vakillari, tijorat banklari masʼullari hamda yuzlab öquvçi-yoşlar iştirok etdilar.
Tadbirni oçib bergan tuman hokimi Sobir Xöjametov öz nutqida bugungi kunda yurtimizda yoşlarning kasb-hunar egallaşiga şaroit yaratiş, ularning bandligini taʼminlaş borasida keng imkoniyatlar yaratilayotganini alohida taʼkidladi.
Darhaqiqat, kasb-hunar örganiş yoşlar uçun hayotiy zaruratdir. Bugungi raqobatli mehnat bozorida anʼanaviy va zamonaviy kasb sirlarini mukammal egallaş muhim ahamiyatga ega. Kasb egasi bölgan yoşlar öz hayotining meʼmori, jamiyatning tayançi, Vatan taraqqiyotining tayanç kuçidir. Şu bois davlatimiz tomonidan har bir hududda kasb-hunar öquv maskanlarini modernizatsiya qiliş, zamonaviy texnikalar bilan taʼminlaş va yoşlarni amaliy könikmalar bilan qurollantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Sababi, öz kasbining ustasi bölgan yoşlar hayotda öz örniga va jamiyatda munosib obrö-eʼtiborga ega böladi.
Tadbir davomida sözga çiqqan taşkilot va muassasalar vakillari yoşlar uçun mavjud imkoniyatlar, amaliy öquv dasturlari, taʼlim va işga joylaşiş masalalari böyiça batafsil maʼlumot berişdi. Xususan, tuman 1-sonli muhandislik texnikumi direktori Şuhrat Matrizayev sözga çiqib, texnikumda taşkil etilgan 18 ta kasb-hunar yönalişi böyiça öquv kurslari xususida maʼlumot berdi.
"Kasblar festivali" doirasida politexnikum öquvçilari tomonidan pazandaçilik, tikuvçilik, dizaynerlik, payvandlaş va boşqa yönalişlarda yaratilgan ijodiy işlardan iborat körgazma namoyiş etildi. Yoşlarning qöl mehnati bilan tayyorlagan buyumlar, texnik işlanmalar va kreativ ğoyalar tadbir iştirokçilarida, ayniqsa, iş beruvçilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbirning ikkinçi qismi – "Mehnat yarmarkasi" yoşlar uçun amaliy imkoniyat maydoniga aylandi. U yerda turli korxona va taşkilotlar vakillari tomonidan böş iş örinlari taklif etildi. Yoşlar iş beruvçilar bilan töğridan-töğri muloqot qiliş imkoniyatiga ega böldilar. Şuningdek, bandlik va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş markazlari tomonidan yoşlarga imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va öz biznesini boşlaş böyiça muhim maslahatlar berildi.
Bu kabi tadbirlar yoşlarning hayotda öz örnini topişlari, kasb-hunar egallaşlari va kelajak hayotga puxta tayyorlanişida muhim vosita sanaladi.
Çaros Arslonova, Tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶