Talabalar uçun xalqaro imkoniyatlar kölami kengaymoqda
Qoraqalpoğiston Respublikasining taʼlim salohiyatini oşiriş, ayniqsa, Orolböyi mintaqasi uçun öta muhim bölgan agrar sohada yuqori malakali, xalqaro andozalarga mos kadrlar tayyorlaş borasidagi işlar tizimli ravişda davom ettirilmoqda. Uşbu amaliy çoralar natijasida Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutida talaba yoşlar uçun yaratilayotgan şaroitlar, ilmiy-amaliy va xalqaro hamkorlik aloqalari kölami ham yildan-yilga sezilarli darajada kengaymoqda.
Institut Xalqaro aloqalar bölimi boşliği Yesen Abdullayevning maʼlumotlariga köra, bugungi kunda institut talabalarining xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan özaro hamkorlik aloqalari ança faollaşgan. Bu esa talabalarning zamonaviy qişloq xöjaligi texnologiyalari va samarador menejmenti böyiça bilim olişiga, eng asosiysi, global mehnat bozorida raqobatbardoş bölişiga keng imkoniyat yaratmoqda.
Institutning xalqaro hamkorlik geografiyasi ham kengayib bormoqda. Bugungi kunda Janubiy Koreya, Germaniya, Italiya, Qozoğiston, Xitoy, Yaponiya va Turkiya kabi davlatlardagi yetakçi universitetlar bilan qöşma taʼlim va almaşinuv dasturlari izçil amalga oşirilmoqda. Bu dasturlar talabalarga ikki tomonlama diplom oliş yoki maʼlum muddat çet elda öqiş imkoniyatini berib, ularning dunyoqaraşini va bilimlarini kengaytirmoqda.
Natijada institut talabalari uşbu hamkorlik doirasida xorijiy oliygohlarda magistratura bosqiçida sifatli taʼlim oliş, şuningdek, Yevropaning köplab mamlakatlarida, xususan, Germaniyada ilğor, innovatsion fermer xöjaliklarida amaliyot ötaş imkoniyatiga ega bölmoqdalar. Bu esa ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan boyitişga va mintaqaga yangi texnologiyalarni olib kirişga xizmat qiladi.
Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutida amalga oşirilayotgan xalqaro hamkorlik loyihalari sönggi yillarda sezilarli natijalar bermoqda. Xususan, mazkur samarali hamkorlik natijasida joriy yilning özida 100 dan ortiq talaba xorijda taʼlim oliş va amaliyot jarayonlarida faol iştirok etmoqda. Bu körsatkiç mintaqadagi oliy taʼlim muassasalari uçun katta yutuq hisoblanib, institutning akademik mobillik sohasidagi izçil siyosati va amaliy işlarining samarasini yaqqol namoyon etmoqda.
Akademik mobillik dasturlari talabalarga xorijiy mamlakatlardagi ilğor taʼlim tizimlari bilan tanişiş, zamonaviy bilim va könikmalarni özlaştiriş imkonini beradi. Bu esa nafaqat talabalarning kasbiy salohiyatini oşiradi, balki ularning mustaqil fikrlaş, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalaniş hamda ilmiy izlanişlarga bölgan qiziqişini kuçaytiradi.
Institut rahbariyatining taʼkidlaşiça, xalqaro hamkorlik nafaqat talabalar, balki professor-öqituvçilar uçun ham yangi imkoniyatlar eşigini oçmoqda. Ular xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikda qöşma ilmiy tadqiqotlar olib boriş, zamonaviy pedagogik usullarni amaliyotga tatbiq etiş va taʼlim sifatini yangi bosqiçga kötariş imkoniyatiga ega bölmoqda.
Bunday taşabbuslar Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi sohasi uçun ham katta ahamiyatga ega. Çunki xorijda bilim olgan yoş mutaxassislar orqali innovatsion ğoyalar, ilğor texnologiyalar va ekologik toza yondaşuvlar mintaqaviy amaliyotga joriy etiladi. Şu tariqa, xalqaro hamkorlik Qoraqalpoğistonda barqaror rivojlanişni taʼminlaş, agrar sohani yangi bosqiçga kötariş va mamlakat iqtisodiyotiga munosib hissa qöşiş yölida muhim qadam bölib xizmat qilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶