28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:00
Jamiyat 👁 494

YuRT TINChLIGI VA JAMIYaT OSOYIShTALIGINI ASRASh – ShARAFLI BURChIMIZ

YuRT TINChLIGI VA JAMIYaT OSOYIShTALIGINI ASRASh – ShARAFLI BURChIMIZ

Jamiyat hayotining barcha jabhalarida tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, barqaror turmush tarzini qaror toptirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, aholi farovonligini yuksaltirish va huquqiy demokratik davlatni barpo etishda Ichki ishlar organlarining samarali faoliyati ustuvor ahamiyatga ega.

Shu bois, mamlakatimizda barcha sohalar singari Ichki ishlar tizimida ham keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, Ichki ishlar organlarini el-yurt manfaatiga xizmat qiladigan chinakam xalqchil tizimga aylantirish yoʻlida samarali ishlar olib borilmoqda. Shu barobarida “Oʻzbekiston Respublikasida Ichki ishlar organlari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonun bilan soha xodimlari faoliyatiga alohida eʼtibor qaratilib, 2006-yildan buyon 25-oktyabr sanasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinadi. Biz ham bayram arafasida ushbu masʼuliyatli va sharafli kasb egalarining faoliyati bilan tanishish maqsadida Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimida boʻldik.

Boʻlim xodimlari tomonidan jamoat tartibi va tinchlik-osoyishtalikni saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlar natijasida tuman hududida umumiy jinoyatlar soni joriy yilning 9 oyida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 32,9 foizga, yaʼni 146 tadan 98 taga kamayishiga erishildi.

Sohalar kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, bu koʻrsatkich jinoyat qidiruv yoʻnalishida 92 tadan 54 taga, iqtisodiy sohada — 19 tadan 15 taga, boshqa sohalarda esa 35 tadan 29 taga kamaygan.

Oldi olinishi mumkin boʻlgan jinoyatlar oʻtgan yilga nisbatan 106 tadan 63 taga, aniqlanishi lozim boʻlgan jinoyatlar soni 40 tadan 34 taga kamayib, axborot texnologiyalari yoʻnalishidagi jinoyatlar oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirganda, oʻzgarmagan.

Taʼkidlash joizki, boʻlimda Ichki ishlar organlari xodimlarining samarali faoliyat olib borishlari uchun barcha qulayliklar, zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Xodimlarning zamonaviy sport jihozlari oʻrnatilgan sport zallarida jismoniy chiniqish amaliyotlarini bajarishlari, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlash boʻyicha bilim va malakalarini mustahkamlashlari uchun zarur sharoit va imkoniyatlar mavjudligi ularning oʻz faoliyatlarini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirishlariga zamin yaratmoqda.

Shu sababli sodir etilgan jinoyatlar tasnifi boʻyicha ham natijalarlar sezilarli darajada yaxshilangan. Jumladan, ogʻir turdagi jinoyatlar — 15 tadan 8 taga, oʻlim bilan bogʻliq boʻlmagan yoʻl-transport hodisalari 28,6 foizga, qasddan badanga ogʻir tan jarohati yetkazish holatlari 100 foizga, oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazish holatlari esa 66,7 foizga kamayishiga erishilgan. Qotillik jinoyati esa 2025-yilning oʻtgan davri mobaynida qayd etilmagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida huquqbuzarliklar sodir etilishi yoki undan jabrlanish ehtimoli boʻlgan shaxslar bilan ishlashish boʻyicha “Ijtimoiy profilaktika tizimi” yoʻlga qoʻyilgani oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. Natijada tumandagi 49 ta fuqarolar yigʻinlaridan 2 tasi “qizil”, 6 tasi “sariq”, 41 tasi “yashil” toifalarga kiritilib, umumiy jinoyatlar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan keskin kamayishiga erishildi.

IIBning tegishli boʻlinmalari xodimlarining oʻz vazifalariga masʼuliyat bilan yondashayotganlari, tumanning eng chekka hududlari aholisi orasida amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar, sayyor qabullar, huquqiy savodxonlik boʻyicha uchrashuvlar hamda ochiq va oshkora muloqot tarzidagi targʻibot-tashviqot tadbirlari ushbu yoʻnalishlardagi ishlar muvaffaqiyatini taʼminlash imkonini bermoqda.

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda dunyo miqyosida roʻy berayotgan xavf-xatar va tahdidlar — xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosi kabi illatlarga qarshi kurashish Ichki ishlar organlari xodimlari oldiga yangi vazifalarni qoʻymoqda.

Ushbu vazifalarni sharaf bilan ado etishni, elimiz tinchligi, jamiyat osoyishtaligini saqlashni oʻz burchi deb bilgan mashaqqatli va sharafli kasb egalari — Ichki ishlar organlari xodimlarini 25-oktyabr — kasb bayramlari bilan chin dildan muborakbod etamiz. Oʻz xizmat postlarida hamisha sobit turib, burchiga sodiqlik bilan xalqimiz osoyishtaligi yoʻlida halol xizmat qilayotgan Ichki ishlar organlari xodimlari va soha faxriylariga kuch-gʻayrat, mustahkam sogʻlik, el-yurt tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida qilayotgan ezgu xizmatlarida zafarlar tilaymiz.

Timur Doshumbayev, tuman IIB boshligʻi, polkovnik

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026