AMUDARYoDA YaNGI IJTIMOIY SOHA OBʼEKTLARI: SIFATLI TAʼLIM VA QULAY ŞAROITLAR SARI DADIL QADAM
Bugun Amudaryo tumanida aholining ijtimoiy farovonligini oşiriş, yoş avlodning barkamol taʼlim olişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar tobora kengayib bormoqda. Amudaryo tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan tumanda yangi barpo etilgan ijtimoiy soha obʼektlari faoliyati bilan tanişiş maqsadida media-tur taşkil etildi.
Mazkur media-turda “Amudaryo” telekanali muxbirlari ham iştirok etib, joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik işlari, yangi öquv maskanlari va bolajonlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar.
Media-tur iştirokçilari dastlab Çoyköl ovulida joylaşgan 59-sonli umumtaʼlim maktabi faoliyati bilan tanişdilar. Mazkur taʼlim maskanining 60-örinli eski binosi töliq rekonstruktsiya qilinib, unga qöşimça tarzda 180-örinli ikki qavatli yangi bino hamda zamonaviy sport zali qurib bitkazildi.
Bugun maktab binosida barça şaroitlar yaratilgan, sinfxonalar zamonaviy öquv jihozlari bilan töliq taʼminlangan, isitiş tizimlari yangilangan, öquvçilarning bilim olişi uçun qulay muhit yaratilgan. Endilikda çoyköllik öquvçilar zamonaviy, yoruğ va keng sinfxonalarda taʼlim oliş imkoniyatiga ega bölişdi. Bu esa ularning bilim va ijodiy salohiyatini oşirişga xizmat qiladi.
Media-tur davomida jurnalistlar Qangli ovulida joylaşgan 49-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti faoliyati bilan ham yaqindan tanişdilar. Uşbu taʼlim muassasasi binosi Investitsiya dasturi doirasida 3,5 milliard söm mablağ evaziga “Jumurtov tex taʼmir servis” MÇJ tomonidan qisqa muddatda qurib bitkazilgan.
90-örinli, ikki qavatli zamonaviy bino bolajonlar uçun barça zarur şart-şaroitlarga ega: keng va yoruğ guruh xonalari, dam oliş maskanlari, öyin maydonçalari, oşxona va tibbiyot xonasi namunaviy darajada jihozlangan.
Taʼkidlaş joizki, maktabgaça taʼlim — bolaning şaxs sifatida şakllanişida eng muhim bosqiç hisoblanadi. Taʼlim sifati va qamrovini oşiriş borasidagi islohotlar natijasida bugungi kunda Amudaryo tumanida maktabgaça taʼlim bilan qamrov 75 foizdan oşdi.
Tumanda sönggi yillarda önlab yangi taʼlim va ijtimoiy soha obʼektlari bunyod etilib, mavjudlari kapital taʼmirdan çiqarildi. Jumladan, 6 ta yangi maktabgaça taʼlim taşkiloti binolari qurilib, bolajonlar uçun qulay va zamonaviy muhit yaratildi. 31-, 46- va 48-sonli maktablar binolari qayta rekonstruktsiya qilinib, qöşimça ravişda yangi binolar barpo etildi. 59- va 68-sonli umumtaʼlim maktablari binolari esa töliq yangidan qurildi. 40-, 67- va 48-sonli maktablarda zamonaviy yopiq sport zallari hamda sport maydonçalari bunyod etildi. Şuningdek, 42-, 35- va 60-sonli maktablarga jami 359 million söm mablağ hisobiga yangi kompyuter jihozlari xarid qilinib, öquv jarayonlari raqamlaştirildi. Uşbu amaliy işlar tumanda taʼlim sohasining sifat jihatdan yangi bosqiçga kötarilişiga xizmat qilmoqda.
Bugun taʼlim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy öquv binolari, ilğor texnologiyalar asosida jihozlangan sinfxonalar, elektron taʼlim platformalari hamda öqituvçilarning malakasini oşirişga qaratilgan tizimli işlar — barçasi mamlakatimiz kelajagi bölgan yoşlarning har tomonlama kamol topişiga zamin yaratmoqda.
Har bir yangi qurilgan yoki taʼmirlangan taʼlim maskani — bu nafaqat ğiştu tsementdan bunyod etilgan bino, balki yoş avlod tafakkurini yuksaltiruvçi, ularni ijodkorlik, izlaniş va mustaqil fikrlaşga undovçi muhitdir.
Şubhasiz, ana şunday ezgu islohotlar natijasida Amudaryo tumanida ham taʼlim sifati va samaradorligi yildan-yilga ortib bormoqda. Zamonaviy şaroitlarda tahsil olayotgan yoşlar ertangi kunimizning bilimli, taşabbuskor va vatanparvar farzandlari sifatida jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qöşadilar.
Eng muhimi, bugun joylarda amalga oşirilayotgan bu kabi bunyodkorlik işlari — Prezidentimiz rahnamoligida amalga oşirilayotgan “Inson qadri uçun” tamoyilining amaldagi ifodasidir.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶