28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:29
Qishloq xoʻjaligi 👁 435

AMUDARYo TUMANIDA JORIY YILDA 20 GEKTAR MAYDONDAGI BOGʻLAR ORASIGA TOʻQSONBOSTI EKINLAR EKISh REJALAShTIRILGAN

AMUDARYo TUMANIDA JORIY YILDA 20 GEKTAR MAYDONDAGI BOGʻLAR ORASIGA TOʻQSONBOSTI EKINLAR EKISh REJALAShTIRILGAN

Mamlakatimizda aholining kundalik sabzavot mahsulotlariga boʻlgan talabini toʻliq qondirish, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida hosildan boʻshagan maydonlarga, bogʻ qator oralariga sovuqqa chidamli sabzi, piyoz, sarimsoqpiyoz, osh lavlagi, kashnich, petrushka, selderey, salatbarg kabi koʻkatlarni toʻqsonbosti usulida ekishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Kuz oylarining quyoshli kunlaridan unumli foydalanib, toʻqsonbosti usulida yerga urugʻ qadagan dehqon hech qachon yutqazmaydi. Chunki aynan ana shu usulda ekilgan ekinlar juda erta, qish nisbatan iliq kelgan yillarda hatto fevral oyi oxirlaridanoq unib chiqishni boshlaydi va dehqon uchun haqiqiy daromad manbaiga aylanadi.

Amudaryo tumanida ham fermer xoʻjaliklarining hosildan boʻshagan dalalarida, aholi tomorqa yerlarida, bogʻ qator oralariga sovuqqa chidamli, iqlim sharoitiga mos sabzavotlar urugʻlari tanlanib, toʻqsonbosti usulida ekinlar ekishga alohida eʼtibor qaratiladi. Tumandagi bogʻdorchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari ixtiyorida jami 1096 gektar mevazor bogʻlar mavjud boʻlib, shundan 2026-yil ertagi hosili uchun 20 gektar yerga toʻqsonbosti usulida ekin ekish rejalashtirilgan.

Yaqinda tumandagi “Ulugʻbek Hosilbek” masʼuliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi dalada hosildan boʻshagan bogʻ qator oralariga toʻqsonbosti usulida ekinlar ekish va parvarishlash boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.

Koʻrgazmali seminarda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Amudaryo tumani loyiha ofisi, tuman Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi mutaxassislari, bogʻdorchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari rahbarlari va tajribali bogʻbonlar ishtirok etdilar.

Seminarda soha mutaxassislari toʻqsonbosti usulida ekin ekish uchun urugʻliklarni tanlash va saralash, urugʻ qadalgandan keyin dalaga ishlov berish, ekin ekilgan bogʻlarni ihotalash, sugʻorish va oziqlantirishning muddatlari, yerning yuza qismi muzlab qolmasligi uchun mahalliy oʻgʻit sepish kabi zarur agrotexnik tadbirlar batafsil maʼlumotlar taqdim etdilar.

Taʼkidlanganidek, yerga urugʻ qadalgani toʻqsonbosti ekinlaridan erta bahorda moʻl hosil olinadi, degani emas, balki urugʻning bir tekis unib chiqishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar sifatli va samarali boʻlganidagina koʻzlangan maqsadga erishish mumkin.

Xususan, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Amudaryo tuman boʻlimi mutaxassislari toʻqsonbosti ekinlari uchun serhosil, sara urugʻlarni tanlash, shuningdek, kuzning iliq kunlarida ekilgan urugʻlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan hasharotlarga, hatto qattiq qish sovuqlariga ham chidamli zararkunandalarga qarshi kurash choralari boʻyicha maslahatlar berdilar.

Koʻrgazmali seminar davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qildilar va ularning barcha savollariga soha mutaxassislari nazariy va amaliy, koʻrgazmali vositalar orqali javoblar berdilar.

Mazkur seminar mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, yerdan unumli va samarali foydalanish orqali aholi daromadlarini, shu bilan birga ekologik toza sabzavot mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026