EL-YuRT OSOYIŞTALIGI VA FAROVONLIGIGA MUSTAHKAM SALOMATLIK ASOSIDA ERIŞILADI
Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi xodimlari tumanimiz aholisining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligini taʼminlaş, öta yuqumli va karantin infektsiyalarining kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda faol iş olib bormoqda.
Bölim tarkibida jami 96 nafar xodim faoliyat olib boradi, şundan 25 nafari oliy, 39 nafari örta, 22 nafari kiçik tibbiy xodimlar va 10 nafari boşqa texnik xodimlardir.
Taşkilot ustaviga muvofiq bölim öz faoliyati davomida obʼektlarni joylaştirişda, ularni quriş va ekspluatatsiya qilişda aholi salomatligiga zararli taʼsir körsatuvçi omillarning oldini olişga qaratilgan ogohlantiruvçi sanitariya nazoratini olib boradi. Joriy sanitariya nazorati davomida atrof-muhit monitoringini, oçiq suv havzalari, atmosfera havosi va tuproqning ifloslanişining oldini oliş çoralarini köradi. Şuningdek, kommunal va maişiy xizmat körsatiş obʼektlari, bolalar va ösmirlar muassasalari, umumiy ovqatlaniş va savdo-sotiq obʼektlari hamda sanoat va işlab çiqariş korxonalarida bölim xodimlari tomonidan nazorat işlari ötkaziladi.
Muassasaning mutaxassislari tomonidan 2025-yil davomida joriy sanitariya nazorati ötkaziş maqsadida 901 ta obʼekt röyxati şakllantirilgan. “Xavfni tahlil qiliş mexanizimini joriy qiliş” buyruği ijrosini taʼminlaş maqsadida bölimda maxsus axborot tizimi asosida iş taşkil etilgan. Röyxatga olingan barça obʼektlar elektron bazaga kiritilib, xavf darajasi böyiça toifalarga ajratilgan. Ularning 102 tasi yuqori xavfli, 206 tasi örtaça xavfli va 206 tasi xavf darajasi kam bölgan obʼektlar sifatida röyxatga olingan.
2025-yilning ötgan 9 oyi davomida bölim mutaxassislari tomonidan 106-marta rejali tekşirişlar ötkazildi, jumladan, 25 ta davolaş-profilaktika muassasasida sanitariya nazorati amalga oşirildi.
Ötkazilayotgan epidemiyaga qarşi çora-tadbirlar natijasida tumanda öta xavfli va karantin kasalliklari qayd qilinmadi, boşqariladigan yuqumli kasalliklar tarqalişining oldi olindi.
2025-yilning 9 oyi davomida 2936 nafar çaqaloq tuğilib, ulardan virusli gepatit «V» ga qarşi 2934 bola, sil kasalligiga qarşi 2922 bola emlandi. Barça vaktsina emlaş punktlari tomonidan turli yuqumli kasalliklarga qarşi 6 yoşli va ösmir bolalarni emlaş işlari belgilangan reja asosida olib borildi.
Ötgan davr mobaynida tuman böyiça 144 ta bolalar va ösmirlar gigiyenasi muassasasidan 81 tasida sanitariya nazorati ötkazildi. Sanitariya-gigiyena laboratoriyasiga olingan oziq-ovqat namunalaridan 26 tasi, içimlik suvi namunasidan 425 tasi sanitariya talablariga javob bermasligi aniqlandi. Mavjud kamçiliklarni bartaraf qiliş maqsadida tegişli çoralar körildi.
Jumladan, byudjet taşkilotlarida 106 ta, mahallalarda 116 ta qonun buziliş holati aniqlanib, “E –mamuriy ish” tizimiga kiritildi va aybdorlarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining tegişli moddalari asosida maʼmuriy iş qözğatilib, jarimalar undirildi.
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi bilan boğliq muammoli masalalarni hal etişning yangiça “Mahallabay” işlaş tizimi taşkil etilib, aholi xonadonlarining sanitariya-gigiyenik orastaligini taʼminlaş va aholining sanitariya madaniyatini oşiriş borasida jamoatçilik bilan hamkorlikda muntazam ravişda tarğibot işlari olib borilmoqda.
Telegramda bölimning kanali taşkil etilib, u orqali tizimdagi yangiliklar hamda yuqumli kasalliklarning oldini olişga qaratilgan profilaktik tadbirlar töğrisidagi xabar va maqolalar yoritib berilmoqda. Amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar tufayli 2025-yil 9 oyi davomida aholi tomonidan kelib tuşgan 12 ta murojaatning barçasi ijobiy hal etildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi tizimida amalga oşirilişi lozim bölgan barça işlarni bölim şifokorlari bundan keyin ham özaro jipslik va hamjihatlik asosida olib borib, zimmalaridagi aholi salomatligini mustahkamlaşdek şarafli vazifalarini sidqidildan ado etadilar. Zero, maqsadimiz hamişa ezgu — el-yurt osoyiştaligi va farovonligiga hissa qöşiş. Osoyiştalik va farovonlikka esa mustahkam salomatlik asosida erişiladi.
Gulmurod BEKIYeV, Amudaryo tuman SEO va JS bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶