“Xavfsiz mahalla”: Amudaryoda jinoyatçilikdan holi hudud yaratiş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda
Bugungi kunda mamlakatimizda, jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratiş va fuqarolar osoyiştaligini taʼminlaş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Qoraqalpoğiston Respublikasi Qöriqlaş boşqarmasi xodimlari tomonidan bu borada tizimli amaliy işlar olib borilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil boşidagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisi”dagi 1-sonli qarori mazkur saʼy-harakatlarning huquqiy asosi bölib xizmat qilmoqda.
Qaror ijrosini taʼminlaş hamda "Xavfsiz hudud", "Xavfsiz mahalla", "Sifat, işonç va xavfsizlik" şiorlari ostida ötkazilayotgan tadbirlar doirasida Amudaryo tumanini jinoyatçilikdan holi hududga aylantiriş böyiça keng qamrovli işlar davom ettirilmoqda. Bu jarayonda faqat bir taşkilot emas, balki Amudaryo tumani qöriqlaş bölimi, Içki işlar bölimi va “Mahalla yettiliklari” örtasidagi yaqin hamkorlik mexanizmi yölga qöyilgan.
Uşbu hamkorlik doirasida hududlarda xavfsizlik va osoyiştalikni taʼminlaş, jinoyatçilikning oldini olişga qaratilgan “Yöl xaritasi”ning amaliy ijrosi doimiy ravişda muhokama qilib borilmoqda. Asosiy maqsad – zamonaviy qöriqlaş vositalari orqali nazorat qiliş tizimini joriy etiş va aholining tinç hamda osuda hayotini taʼminlaşga xizmat qilişdir.
Bu boradagi navbatdagi profilaktik tarğibot-taşviqot tadbirlari tumandagi Navoiy va Gulzor mahallalari hududlarida taşkil etildi. Uşbu mahallalarda tuman qöriqlaş bölimi xodimlari aholi va tadbirkorlik subʼektlari vakillariga sönggi vaqtlarda hayotimizga tatbiq etilayotgan zamonaviy qöriqlaş xizmati signalizatsiya uskunalaridan foydalaniş tartibi haqida batafsil maʼlumot berdi. Şuningdek, “Taşviş” tugmasi bosilganda voqea joyiga bir neça daqiqa içida yetib keluvçi tezkor harakatlanuvçi guruh xodimlarining xizmatlari va ularning imkoniyatlari amalda taniştirib ötildi.
Ötkazilgan tarğibot tadbirlari mobaynida aholiga mahallalarda birinçi navbatda xavfsizlikni taʼminlaş nafaqat davlat idoralari, balki har bir mulk egasining ham masʼuliyati ekanligi tuşuntirildi. Mahallalarni jinoyatçilikdan holi hududga aylantiriş maqsadida uşbu hududlarda joylaşgan tadbirkorlik obʼektlari, xizmat körsatiş şoxobçalari va fuqarolarning yaşaş xonadonlarini işonçli qöriqqa oliş orqali fuqarolarning mol-mulklarini himoyalaş qançalik ahamiyatga ega ekanligi hayotiy misollar orqali körsatib berildi.
Maʼlumot örnida aytib ötiş joizki, bugungi kunda Amudaryo tumani qöriqlaş bölimi texnik qöriqlaş markazi tomonidan jami 541 ta obʼekt hamda 381 ta fuqaro xonadonlari işonçli qöriqlaş xizmati bilan taʼminlangan.
Tuşuntiriş işlari mobaynida köplab yangi obʼekt va xonadonlar ham qöriqqa olinib, ularga işonçli qöriqlaş xizmatini körsatiş yölga qöyildi. “Xavfsiz köça – xavfsiz yölak” tamoyili asosida amalga oşirilayotgan bu kabi keng qamrovli işlar tumanning boşqa mahallalarida ham izçil davom etmoqda. Bu, öz navbatida, Amudaryo tumanida jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş va aholining tinçligi hamda osoyiştaligini taʼminlaşga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶