Amudaryo tumani fermerlari kengaşi Rayosati aʼzolarining fermerlarga MUROJAATI
DALA ÇETLARI, BOĞ-TOK ORALARIGA DARAXTLAR EKING HAMDA TUTZORLAR BARPO ETIB YaNGI ÖZBEKISTONIMIZNING YaŞILLIGIGA ÖZ HISSANGIZNI QÖŞING
Qadrli yurtdoşlar!
Hurmatli dehqon va fermerlar!
Sönggi yillarda mamlakatimizda kökalamzorlaştiriş, ösimliklarni muhofaza qiliş hamda yaşil maydonlarni kengaytiriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Köçat ekib, boğ yaratiş - xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, özimiz yaşab turgan joyni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş tufayli könglimiz şodlikka töladi, turmuşimiz fayzli va farovon böladi.
Ayni çoğda boğlar, köçalar hamda yöl çetlarida yaşnab turgan daraxtlar tevarak-atrofga körk ulaşişi barobarida havo musaffoligini taʼminlab, dasturxonimizni mevalar bilan töldiradi.
Daraxtlarga mehr beriş, ularni parvarişlaş eng ezgu va xayrli amal sanaladi. Köçat ekib, boğ yaratiş, atrof-muhitni toza va ozoda saqlaş xalqimizning asrlar sinovidan ötgan milliy qadriyatidir. Zero, ajdodlarimiz oilada yangi tuğilgan farzandga atab yerga nihol qadagan. Öşa daraxt bilan birga farzand ham ulğaygan.
Demak, xalqimizning ibratli ötmişi özimiz yaşayotgan muhitda tabiatga oqilona munosabatda bölib, uni asrab avaylaş, kelgusi avlodlar ham yaşaşi uçun qulay makon barpo etişga undaydi.
Muhtaram Prezidentimizning 2022-yilning oktyabr oyida “Yaşil makon” umummilliy loyihasini amalga oşiriş borasida bergan körsatmalari asosan har yili “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuz va bahor oylarida daraxt ekiş anʼanaga aylandi. Bu yil kuz oyida ham yurtimizda barça sohalarda, şu jumladan Siz fermerlar hamda boşqa qişloq xöjaligi soha vakillari tomonidan dala çetlari, boğ tok oralari hamda yangi tutzorlar barpo etiladi.
«Yaşil makon» umummilliy loyiha amalga oşirilişi har bir hududning iqlimiga mos, kam suv talab qiladigan köçatlarni tanlab ularni yetiştiriş uçun köçatxonalar köpaytirilişi ayni muddaodir.
Ötgan yillar tajribasidan kelib çiqib, yurtimizda 8-noyabrdan 18-dekabrgaça köçat ekiş böyiça “Dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilindi.
Qayd etiş kerakki, ötgan yili kuz va joriy yilning bahor oylarida mahallalarda, fermer va dehqonlarimiz dalalari çetlariga va aholi tomorqalarida mevali va manzarali köçatlar ekildi. Albatta, bu savobli işlarda köplab taşkilotlar, mahallalar, umuman, keng jamoatçilik qatori Siz mehnatkaş dehqon va fermerlarimizning ham munosib uluşi bor.
Hurmatli fermerlar!
“Dolzarb 40 kunlik”da Siz ham dalangiz çetidagi böş yerlarga tut, tok va boşqa daraxt köçatlari ekib “Yaşil makon” umummilliy loyihasiga öz hissangizni qöşing.
Buning uçun mamlakatimizdagi köçat yetiştiruvçi fermer dehqon xöjaliklari va qişloq xöjaligi korxonalarida tut, tok, tol, yonğoq va boşqa daraxt nihollari mavjud.
Siz ular bilan hamkorlik qilsangiz, yurtimiz yaşillik olamiga özingizning munosib hissangizni qöşgan bölasiz.
Mehnatkaş dehqonlar!
Muhtaram Prezidentimizning alohida qarorlari bilan joriy yildan boşlab paxta-ğalladan böşagan maydonlardan dehqon xöjaliklari uçun yer ajratilib, Sizlar şu yildan boşlab bu yerlardan daromad olişni boşladingiz.
Sizlar har bir qariç yerdan unumli foydalangan holda “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyilini amalga oşiriş doirasida dala çetiga va köça boşiga tut, tok va boşqa köçatlarini ekişni taşkil etişga çaqiramiz.
Hurmatli hududiy kengaş raislari!
Fermer xöjaligi va bobodehqonlarga sifatli kafolatlangan tut, tok va boşqa köçatlar bilan taʼminlaş yuzasidan maʼlumotlar berib boring.
Fermer va dehqonlarga köçatlar xarid qiliş böyiça Kengaş huzuridagi Jamğarma mablağlaridan imtiyozli kreditlar beriş böyiça tuşuntiriş işlarini taşkil qilingizlar!
Mahalliy hokimliklar bilan birgalikda daraxtlarni parvarişlaş, suğoriş, zararkunandalardan himoya qiliş borasida tizim yaratiş böyiça işlarni taşkil etişda faol iştirok eting;
Köçatlarni yetkazib beriş va narx-navoning barqarorligini taʼminlaş maqsadida Kengaş huzuridagi “Quva tomorqa yer uçatkalarini rivojlantiriş ilmiy amaliy markazi”da hamda “Yangiyöl markazlari”da yetiştirilgan tok, tut va boşqa mevali daraxt köçatlarini fermer, dehqonlarga tizimli yetkazib beriş böyiça har bir tuman markazlarida köçat sotiş yarmarkalari va savdo rastalarini taşkil etida faol iştirok etişga çaqiramiz.
Hurmatli va aziz fermerlar hamda dehqonlar!
Sizlarni hurmatli Yurtboşimizning yuksak işonçini oqlab, mamlakatimiz ravnaqi va farovonligiga munosib hissa qöşiş uçun “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida eʼlon qilingan “Dolzarb 40 kunlik”da faol iştirok etib tut, tok va boşqa daraxt köçatlari ekişga çaqiramiz!
Bu bilan siz xalqimizga xos ezgu fazilatlarga özingizning munosib hissangizni qöşgan bölasiz! Zero, nafaqat hovli va uylarimiz mana şu, mahalla, şahar va mana şu vatan ham özimizniki. Uning ozodaligi va körkamligiga barçamiz masʼulmiz.
Vatanimiz obodligiga öz hissamizni qöşaylik!
Amudaryo tumani fermerlari kengaşi Rayosati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶