Içimlik suvi taʼminoti sohasida jamoatçilik va davlat nazorati kuçaytirilmoqda
Aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş va oqova suv xizmatlarini sifatli taşkil etiş – aholi salomatligi va turmuş farovonligining asosiy omilidir. Özbekiston Respublikasining “Içimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni çiqarib yuboriş töğrisida”gi Qonuni bu boradagi işlarni huquqiy jihatdan tartibga solişga xizmat qiladi. Mazkur qonun nafaqat davlat organlariga, balki fuqarolar, mahallalar va jamoat taşkilotlariga ham uşbu jarayonda faol iştirok etiş huquqini berdi.
Qonun ijrosini taʼminlaş hamda jamoatçilik nazoratini yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida 2025-yil 14-yanvar kuni Özbekiston mahallalari uyuşmasi hamda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasi örtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Mazkur hujjat respublika aholisini sifatli kommunal xizmatlar bilan qamrab oliş, sohadagi islohotlar ijrosini taʼminlaşda özaro saʼy-harakatlarni birlaştirişni közda tutadi.
Uşbu hamkorlik doirasida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy nazorat qiliş inspektsiyasining Içimlik suvdan oqilona foydalaniş va sotişni muvofiqlaştiriş hamda oqova suv xizmatlaridan foydalaniş bölimi xodimlari tomonidan keng qamrovli örganiş va tarğibot işlari amalga oşirilmoqda.
Inspektsiya xodimlari “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyati Amudaryo tumani filiali masʼul xodimlari bilan hamkorlikda tumanning Çoyköl ovuli va Gulzor mahallasida monitoring tadbirlarini ötkazdilar. Örganişlarning asosiy maqsadi – isteʼmolçilarning suvdan foydalaniş qoidalariga rioya etişini tekşiriş va xizmat sifatini baholaşdan iborat.
Örganiş jarayonida mazkur mahallalar aholisi tomonidan suv taʼminoti yuzasidan jiddiy eʼtirozlar kelib tuşmadi. Xususan, avariya holatlarining öz vaqtida bartaraf etilayotgani, içimlik suvining belgilangan bosimda va vaqtida berilişi, şuningdek, suv sifatining standart talablariga javob berişi böyiça ijobiy fikrlar bildirildi.
Şu bilan birga, mahallalarda nazorat tadbirlari davomida aholi örtasida suvdan oqilona va tejamkor foydalaniş madaniyatini oşirişga alohida eʼtibor qaratildi. Isteʼmolçilarga suv taʼminoti korxonasi bilan tuzilgan şartnoma şartlariga qatʼiy amal qiliş, tölov intizomi va suvni isrof qilmaslik yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Aytiş joizki, Inspektsiya tomonidan 2025-yilning ötgan 10 oyi davomida amalga oşirilgan işlar tahlili sohada tartib-intizomni kuçaytiriş böyiça tizimli çoralar körilayotganidan dalolat beradi. Jumladan, Inspektsiya va Mahallalar uyuşmasi örtasidagi memorandumga asosan, yanvar-oktyabr oylarida respublika böylab 204 ta ovul va mahallalarda örganişlar ötkazilgan.
Aholi salomatligini asraş maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi bilan hamkorlikda içimlik suvidan jami 1911 ta namuna olinib, laboratoriya tekşiruvlari natijasida 37 ta holatda suv sifatining milliy standart talablariga javob bermasligi aniqlangan va tegişli çoralar körilgan.
Respublika hududidagi 280 ta byudjet taşkilotida içimlik suvidan foydalaniş qoidalariga rioya etilişi örganilganida, 40 ta holatda kamçiliklar aniqlanib, rahbarlarga körsatmalar berilgan. Qoidabuzarlikka yöl qöygan 9 nafar masʼul xodimga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddasiga asosan jami 9,3 million sömlik jarimalar solingan.
Mahallalarda ötkazilgan tadbirlar davomida 325 nafar isteʼmolçi bilan qonuniy şartnomalar rasmiylaştirilişiga erişilib, 1309 nafar aholi qonuniy suv isteʼmolçisi maqomiga ega bölgan. Yer osti suv zaxiralarini muhofaza qiliş maqsadida 239 ta quduqning sanitariya muhofaza zonalari holati tekşirilib, aniqlangan 24 ta kamçilik yuzasidan körsatmalar berilgan hamda 3 nafar fuqaroga jami 3,3 million söm miqdorida maʼmuriy jarimalar rasmiylaştirilgan.
Bu kabi keng qamrovli nazorat va tarğibot tadbirlari nafaqat sohada qonun ustuvorligini taʼminlaşga, balki eng muhimi – aholiga yetkazib berilayotgan içimlik suvining sifati va xavfsizligini kafolatlaşga xizmat qilişi şubhasiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶