28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:40
Jamiyat 👁 487

Namunaliklar “Inson qadri uchun” tamoyilini oʻz hayotlarida his etib yashamoqdalar

Namunaliklar “Inson qadri uchun” tamoyilini oʻz hayotlarida his etib yashamoqdalar

Amudaryo tumanidagi Namuna mahallasida turli millat vakillari oʻzaro ahil-inoqlikda yashab, mehnat qilishadi. Yaxshi va yomon kunda bir-birining mushkulini oson, ogʻirini yengil qilib yashash, milliy-maʼnaviy anʼana va urf-odatlarni asrab-avaylash, bir-biriga mehr-oqibat koʻrsatish va saxovatpeshalik namunaliklarga bobomeros qadriyat hisoblanadi.

Mahallada kompleks xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodim Navroʻzbek Safarov va “Mahalla yettiligi” aʼzolarining oʻzaro hamkorligi natijasida 536 ta xonadon tarkibidagi 764 oilada istiqomat qiluvchi 3048 nafar aholi xatlovdan oʻtkazildi. Uyma-uy yurib aholining hayot tarzi keys-menejment usulida oʻrganilganida 12 toifadagi fuqarolar 100 xildan ortiq ijtimoiy xizmatga muhtojligi aniqlandi.

Ayniqsa, oʻzgalar parvarishiga muhtoj, yolgʻiz keksalar va nogironligi bor fuqarolar holidan xabar olish, ularni qoʻllab-quvvatlash, hayot neʼmatlaridan bahramand yashashlarini taʼminlash nafaqat ijtimoiy xodim, balki har bir namunalikning insoniylik burchiga aylangan.

Mahallada yashovchi oʻzgalar parvarishiga muhtoj, yakka-yolgʻiz va nogironligi boʻlgan 1 nafar shaxsga ijtimoiy xodim Navroʻzbek Safarovning saʼy-harakatlari, qolaversa, homiylikka olish istagini bildirgan namunalik tadbirkorning saʼy-harakatlari bilan assistent biriktirilib, zarur ijtimoiy xizmatlar koʻrsatib kelinmoqda.

Oʻtgan davr mobaynida 8 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarga protez-ortopediya moslamalari, reabilitatsiya texnik vositalari olib berildi. 10 nafar nogironligi boʻlgan, lekin oʻziga yarasha ish bilan taʼminlanish istagidagi fuqarolarning imkoniyatlari oʻrganilib, barqaror daromadli ishlarga jalb etildi.

Oʻz salomatligini tiklash niyatidagi 2 nafar fuqaroning davolanishlari uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan amaliy yordam koʻrsatildi. Yana bir nafar nogironligi boʻlgan bola esa psixologik tibbiy-pedagogik komissiya nazoratidan oʻtkazilib, inklyuziv taʼlim olishi uchun sharoit yaratib berildi. Shuningdek, 3 nafar nogironligi boʻlgan yoshlarning imkoniyatlari alohida oʻrganilib, ular adaptiv sport yoʻnalishiga jalb etildi va muntazam shugʻullanishlari uchun sharoit yaratildi.

Mahallada kam taʼminlangan oilalar toifasiga kiritilgan 62 ta oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanib, 33 ta oila kambagʻallik reyestriga kiritildi. Ayni paytda hokim yordamchisi bilan hamkorlikda mazkur oilalar uchun individual rejalar tuzilib, ularni kambagʻallikdan chiqarish choralari koʻrilmoqda.

Ijtimoiy xodimning saʼy-harakatlari bilan 113 ta oilaga kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazishlariga koʻmaklashish maqsadida ularning kommunal toʻlovlari uchun bir martalik moddiy yordam ajratildi. 8 ta kam taʼminlangan oilalar farzandlari maktabgacha taʼlim tashkilotiga imtiyozli ravishda joylashtirildi.

Oʻtgan davr mobaynida tazyiq va zoʻravonlikka uchragan 12 nafar ayol-qizga himoya orderlari rasmiylashtirilib, ularga zarur psixologik va huquqiy yordamlar koʻrsatildi. Mahalladagi 2 nafar yetim bolalar hamda ota-onalari chet davlatlarda mehnat muhojirligida boʻlgan 7 nafar bolalarning muammolari ijobiy yechim topdi.

Mahallada yashovchi Sevara Jumaniyazovaning oilasi kambagʻallik reyestriga kiritilgan, uning oʻzi II guruh nogironi. Unga qarab kelayotgan turmush oʻrtogʻi mavsumiy ishlarga jalb etilib, farzandlarining munosib taʼlim olishlari uchun sharoit yaratildi va ushbu oila uyda qarab turish xizmati bilan taʼminlandi.

Mahallada faoliyat yuritayotgan kompleks xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodim Navroʻzbek Safarov “Inson qadri uchun” tamoyili asosida samarali faoliyat olib bormoqda. Uning faoliyati inson qadr-qimmati hamma narsadan ustunligini amalda namoyon etmoqda. Zero, bu hayot insonlarning baxt-u saodatni, birdamlik va mehr-oqibatni, xayr-u saxovatni toʻlaqonli his etib yashashlari bilan goʻzaldir.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026