28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:39
Qishloq xoʻjaligi 👁 292

Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya oʻtkazildi

Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya oʻtkazildi

Bugungi kunda global iqlim oʻzgarishlari, suv resurslarining taqchilligi va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalalari dunyo hamjamiyati oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Ayniqsa, ekologik vaziyati oʻziga xos va murakkab boʻlgan Orolboʻyi mintaqasida qishloq xoʻjaligini faqatgina ilm-fan yutuqlariga va raqamli texnologiyalarga asoslangan holda rivojlantirish hayotiy zarurat hisoblanadi. Ana shunday strategik maqsadlarni koʻzlagan holda, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida “Qishloq xoʻjaligining dolzarb masalalari va innovatsion yechimlar” mavzusida nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya boʻlib oʻtdi.

Mazkur anjuman nafaqat mintaqa olimlarini, balki jahonning yetakchi agrar mutaxassislarini yagona ilmiy platformada birlashtirgani bilan ahamiyatli boʻldi. Tadbirda Yaponiya, Qozogʻiston, Turkiya kabi agrar sohasi rivojlangan davlatlardan tashrif buyurgan yetakchi professorlar, xalqaro ekspertlar hamda Oʻzbekistonning turli hududlaridan kelgan taniqli olimlar ishtirok etdilar.

Konferentsiyada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Vazirlar Kengashi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi masʼul rahbarlari va vakillari ham qatnashib, sohadagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari haqida fikr bildirdilar.

Anjumanni Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori Berdiyar Jollibekov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Rektor oʻz nutqida bugungi kunda institutda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining kuchaytirilayotgani haqida toʻxtaldi. Xususan, institutning ilmiy salohiyati, amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va soʻnggi yillarda olimlar tomonidan yaratilgan yangi navlar hamda texnologiyalar borasida erishilgan natijalar ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi.

Konferentsiya oʻz ishini beshta asosiy shoʻʼbaga boʻlingan holda davom ettirdi. Bu esa sohadagi muammolarni chuqur va atroflicha tahlil qilish imkonini berdi. Birinchi shoʻʼbada qishloq xoʻjaligi sohasida erishilgan umumiy ilmiy yutuqlar, mavjud tizimli muammolar va istiqbol rejalari muhokama qilindi. Ikkinchi shoʻʼba ishtirokchilari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi vakillari bilan hamkorlikda chorvachilik sohasidagi muammolar va ularning yechimlariga urgʻu berdilar. Naslchilikni yaxshilash va ozuqa bazasini mustahkamlash masalalari diqqat markazida boʻldi.

Uchinchi shoʻʼbada qishloq xoʻjaligining drayver yoʻnalishlaridan boʻlgan ipakchilik va akvakultura sohasidagi masalalar va ularni rivojlantirish tamoyillari koʻrib chiqilgan boʻlsa, toʻrtinchi shoʻʼba mintaqa uchun eng ogʻriqli mavzu – ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi masalalarni yechishda zamonaviy gʻoyalar va innovatsion yechimlarga bagʻishlandi. Beshinchi shoʻʼbada esa qishloq xoʻjaligi masalalarini yechishda axborot texnologiyalari, aniq va tabiiy fanlarning ahamiyati, “aqlli qishloq xoʻjaligi” tizimini joriy etish masalalari tahlil qilindi.

Tadbir davomida qishloq xoʻjaligida suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalasi qizigʻin munozaralarga sabab boʻldi. Xalqaro olimlar tomonidan tomchilatib sugʻorish, resurslardan samarali foydalanish va ularning iqtisodiy samaradorligi boʻyicha taqdimotlar oʻtkazildi. Xususan, Yaponiya va Turkiya tajribasi misolida shoʻrlangan yerlarda dehqonchilik qilishning yangi usullari koʻrsatib berildi.

Institutning zooinjeneriya fakulteti tomonidan tashkillashtirilgan mazkur konferentsiya yakunida qishloq xoʻjaligi tizimini modernizatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish va bu borada xalqaro hamda mahalliy ilmiy muassasalar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kengaytirish zarurligi taʼkidlandi.

Tadbir soʻngida faol ishtirokchilarga institut maʼmuriyati tomonidan esdalik sovgʻalari va maxsus sertifikatlar topshirildi. Ushbu anjuman Orolboʻyi mintaqasida agrar sohani ilm-fan asosida rivojlantirish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026