DEPUTAT AMUDARYo TUMANIDA BÖLIB, MAHALLIY KENGAŞ VAKILLARI BILAN UÇRAŞDI
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi fraktsiyasining aʼzosi Nodira Raşidova Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumaniga taşrif buyurib, joriy yilning 27-noyabr sanasida xalq bilan yuzma-yuz muloqot qiliş orqali ularning muammo va takliflarini eşitiş, şuningdek, hududda amalga oşirilayotgan islohotlar va yangiliklar bilan tanişiş maqsadida tuman hokimligi binosida mahalliy Kengaş vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuv jarayonida Nodira Raşidova mamlakatimizda, ayniqsa, Qoraqalpoğiston Respublikasida amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, xususan, quyidagi yönalişlarda olib borilayotgan keng qamrovli işlarga alohida töxtaldi:
- Taʼlim va soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş.
- Yöl va infratuzilmani rivojlantiriş.
- Aholini tadbirkorlikka keng jalb qiliş va ularni qöllab-quvvatlaş.
Şuningdek, davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlarning hamda Orolböyi aholisi manfaatlari, turmuş farovonligini yanada oşiriş uçun joriy etilgan Davlat dasturlarining mazmun-mohiyatiga eʼtibor qaratdi.
Uçraşuv davomida Amudaryo tumani aholisi hayotiga doir dolzarb masalalar, xususan:
- "Yaşil iqtisodiyot" tamoyillarini hayotga keng joriy etiş.
- Obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş çora-tadbirlari.
- Yoş avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalaşga qaratilgan loyihalar hamda kelgusidagi rejalar batafsil muhokama qilindi.
- Şu bilan birga tomonlar özaro fikr almaşib, taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Uçraşuvda taʼkidlanganidek, xalq bilan uçraşiş, fuqarolarning taşvişlarini tinglaş, muammolariga birgalikda yeçim topiş va ularni qöllab-quvvatlaş orqali turmuş darajasini oşiriş yölida xizmat qiliş, xalq işonçini qozoniş deputatlarning zimmalaridagi masʼuliyatli burçidir.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston sotsial-demokratik partiyasi fraktsiyasi aʼzosi Nodira Raşidovaning Amudaryo tumaniga taşrifidan közlangan maqsad ham ana şu burç masʼuliyatini çuqur anglagan holda xalq bilan oşkora va samimiy muloqotda böliş, ularning muammo va taşvişlarini tinglab, zarur yordamlar taqdim etişga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega böldi.
Uçraşuv konstruktiv ruhda, oşkora muloqot tarzida ötdi va kelgusida mahalliy Kengaş vakillari bilan hamkorlikni yanada kuçaytirişga kelişib olindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶