AMUDARYo IXTISOSLAŞTIRILGAN MAKTABIDA "MARTABANG BALAND BÖLSIN, ONA TILIM!" MAVZUSIDA TADBIR ÖTKAZILDI
Xalqimiz sevib nişonlaydigan bayram sanalari köp. Bunday sanalar insonlar qalbida tinçlik-osoyiştalikka şukronalik, özaro mehr-oqibat, millatlararo totuvlik tuyğularini yanada mustahkamlaydi, milliy özlikni anglaş, bobomeros maʼnaviy qadriyatlarga sadoqat, vatanparvarlik hissi bilan yaşaşga undaydi. Ana şunday bayram sanalaridan biri şu kunlarda 1-dekabr — qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ötkazilayotgan bayramona tadbirlar ham nafaqat Qoraqalpoğiston Respublikasi, balki butun mamlakatimiz xalqlari uçun millatlararo totuvlik va bağrikenglik bayrami sifatida umumtaʼlim maktablarida, davlat va jamoat taşkilotlarida, oliy taʼlim muassasalarida tantanali ravişda nişonlanmoqda.
Qoraqalpoq tili bu zaminda yaşovçi har bir insonning faxr-u iftixori, millatidan qatʼiy nazar, oilalarda, taʼlim-tarbiya muassasalarida farzandlarimiz sevib örganadigan, uşbu tilda muloqot qilişdan iftixor hissini tuyadigan jarangdor til sifatida qadrlidir. Şu bilan birga bu til xalqimizning körki, ziynati, qoraqalpoq millatini dunyoga tanituvçi betakror közgusidir.
Bu haqda Amudaryo ixtisoslaştirilgan maktabida bölib ötgan, qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligiga bağişlangan “Martabang baland bölsin, ona tilim!” mavzusidagi bayram tadbirida maktab öquvçi-yoşlari, ularning ustozlari iftixor bilan söz yuritdilar.
Tantanali bayram tadbirining avvalida mazkur maktab öquvçilari qoraqalpoq tilining tarixi, şakllaniş jarayonlari va qardoş xalqlar orasidagi nufuzi xususida maʼruzalar öqidilar. Şuningdek, maktabning qoraqalpoq tili va adabiyot tögaragi aʼzolari qoraqalpoq xalq oğzaki ijodi namunalari, maqol va matallar asosida söz öyinlari taşkil etişib, qoraqalpoq mumtoz va hozirgi zamon adabiyotining taniqli namoyandalari ijodlariga mansub asarlardan parçalar va şeʼrlarni ifodali öqib berdilar.
Tadbirning adabiy qismi qiziqarli taassurotlarga boy böldi. Unda maktabning badiiy havaskorlik tögaragi aʼzolari tomonidan kiçik sahna körinişlari namoyiş etilib, unda qoraqalpoq tilining öziga xos jilvalari, söz boyligi, milliy-maʼnaviy jihatdan tarbiyaviy ahamiyati mahorat bilan oçib berildi. Sahna körinişlari orqali halollik, töğrisözlik, xalqparvarlik, ona Vatanga çeksiz mehr-muhabbat tuyğulariga ustuvorlik berilgani tadbir iştirokçilarining olqişlariga sazovor böldi.
“Martabang baland bölsin, ona tilim!” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy va adabiy-musiqiy tadbirning musiqiy qismi barçaga kötarinki kayfiyat bağişladi. Unda Amudaryo tumani Madaniyat bölimi sanʼatkorlari tomonidan maxsus tayyorlangan “Kuylarimga jarang bergan ona tilim!” deb nomlangan kontsert dasturi namoyiş etildi. Amudaryo tumanining iqtidorli sanʼatkorlari tomonidan mahorat bilan ijro etilgan qoraqalpoq kuy va qöşiqlari, jozibador raqslari bayram tadbirining yanada jöşqin taassurotlarga boy ötişini taʼminladi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶