INGLIZ TILINI ÖQITIŞ BÖYIÇA 36-SONLI TAYaNÇ MAKTABIDA XORIJIY MUTAXASSIS ÖZ FAOLIYaTINI BOŞLADI
Bugungi globallaşuv davri barça soha mutaxassislaridan öz ona tilidan taşqari, dunyo xalqlari uçun özaro muloqot tili sifatidagi bir yoki bir neça xorijiy tillarni bilişni talab etadi. Çunki til biliş nafaqat şaxsning kamolotida, balki mamlakat taraqqiyotida ham muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda bu boradagi işlarni yuqori bosqiçga kötariş maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2021-yil 19-mayda qabul qilingan "Özbekiston Respublikasida xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida"gi Qarorida keng kölamli vazifalar belgilab berildi.
Mazkur Qaror bilan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş Agentligi taşkil etildi. Ayni paytda uşbu Agentlik tomonidan mamlakatimizning eng çekka hududlaridagi taʼlim-tarbiya muassasalarida xorijiy tillarni öquvçilarga mukammal örgatiş, çet tillari böyiça fan öqituvçilarining kasbiy mahoratlarini oşirişga qaratilgan amaliy işlar samarali yölga qöyilib, sohaga xorijiy davlatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda iş olib borilmoqda.
Joriy yilning 5-dekabr sanasida Prezident Farmon va Qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tumanidagi 36-sonli ingliz tili fanini öqitiş böyiça tayanç maktabida ingliz tilini örganişni samarali taşkil etiş maqsadida uşbu fan böyiça tajribali xorijiy mutaxassis şartnoma asosida öz faoliyatini boşladi.
Kasbi yuqori malakali ingliz tili fani öqituvçisi bölgan 39 yoşli Emmanuel Panoga Sançez Filippin davlatida tuğilgan. Özbekistonga kelişidan avval Vetnamda faoliyat olib borgan.
Mehmonni tuman taʼlim tizimi masʼullari va maktab öqituvçilari hamda öquvçilari ehtirom bilan kutib oldilar. Söngra u tumandagi 56-sonli maktabning ingliz tili öqituvçisi tomonidan taşkil etilgan tajriba almaşuv soatida iştirok etib, öz fikrlarini bildirdi. Emmanuel Sançez 36-sonli maktabda 1-yil davomida faoliyat yuritadi. U maktab öquvçilariga haftasiga 20 soat dars ötadi va 6 soat tögarak maşğulotlarini ötkazadi.
Xorijiy mutaxassis tomonidan tumandagi ingliz tili öqituvçilarining malakasini oşiriş uçun maxsus tizim yölga qöyilgan. Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 86 ta maktablarning har biridan 1 nafar, jami 86 nafar ingliz tili öqituvçilari uçun har oyning ikkinçi haftasidagi juma kunlari "Kasbiy rivojlaniş kuni" doirasida 2 soatlik mahorat darslarini olib boradi.
Xorijiy mutaxassisning mahorat darslari orqali amaliy könikmalarga ega bölgan 86 nafar ingliz tili öqituvçilari esa oyiga 4-marta, har haftaning juma kuni özlari faoliyat olib boruvçi umumtaʼlim maktablarining ingliz tili öqituvçilari uçun tajriba almaşuv asosida mahorat darslarini ötkazadilar.
Taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan bu kabi işlar yoş avlodning xorijiy tillarini mukammal örganişlari bilan birga xorijiy tillar öqituvçilarining kasbiy mahoratini oşiriş, rivojlangan davlatlarning taʼlim tizimiga oid innovatsion ğoyalarini samarali özlaştiriş va amaliyotga keng joriy etiş imkonini beradi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶