Aholi farovonligi yölida muhim qadam: Amudaryoda gaz taʼminoti yaxşilanmoqda
Sönggi yillarda yurtimizda aholi turmuş şaroitlarini yaxşilaş, xonadonlarni barqaror issiqlik, elektr energiyasi va içimlik suvi bilan taʼminlaş borasida izçil va manzilli işlar amalga oşirilmoqda. Bu boradagi amaliy saʼy-harakatlar Amudaryo tumanida ham özining yaqqol samarasini bermoqda.
Xususan, tumanda tabiiy gaz taʼminotini yaxşilaş, mavjud infratuzilmani zamon talablariga moslaştiriş maqsadida keng kölamli rekonstruktsiya işlari olib borilmoqda. Amudaryo tumani hududidan ötuvçi yuqori bosimli magistral gaz tarmoqlarini yangilaş orqali aholining kundalik ehtiyojlarini qondiriş, gaz bosimini meʼyorlaştiriş va uzluksiz taʼminotni yölga qöyiş ustuvor vazifa etib belgilangan.
Bugungi kunda tumandagi Tölqin, Toşyop, Böston ovul va mahallalari hududlaridan ötuvçi yuqori bosimli magistral gaz quvurlari bosqiçma-bosqiç rekonstruktsiya qilinmoqda. Uşbu hududlarda qariyb 9,5 kilometrga yaqin tabiiy gaz quvurlarini yangilaş va yangi tarmoqlar tortiş işlari “Urgançtransgaz” unitar korxonasi xodimlari tomonidan yuqori masʼuliyat va fidoyilik bilan amalga oşirilmoqda.
Ayni paytda rekonstruktsiya işlari yakunlaniş arafasida bölib, bu esa yaqin fursatlarda minglab xonadonlarda gaz taʼminotining yanada barqarorlaşişiga xizmat qiladi. Mazkur loyiha nafaqat texnik jihatdan muhim, balki aholi farovonligini oşiriş, qiş mavsumida qulay şaroit yaratiş yölidagi muhim qadamdir.
Şu munosabat bilan, aholining tabiiy gaz bilan boğliq ehtiyojlarini qondiriş yölida jonbozlik bilan mehnat qilayotgan işçi-xodimlarga tuman hokimligi tomonidan bayramlar arafasida minnatdorçilik tariqasida tadbir taşkil etildi. “Diamond” restoranida yozilgan dasturxon atrofida fidokor mehnatkaşlar jam bölişdi.
Tadbirda Amudaryo tumani hokimi örinbosarlari Bahodir Ernazarov hamda Nodirbek Kamolovlar iştirok etib, gaz taʼminoti tizimini yaxşilaş yölidagi mehnatlari uçun mutaxassislarga samimiy minnatdorlik bildirdilar. Ularning taʼkidlaşiça, aholi manfaatiga qaratilgan bunday taşabbuslar bundan buyon ham izçil davom ettiriladi.
Tadbir davomida öz mehnati va masʼuliyati bilan alohida ajralib turgan bir guruh işçi-xodimlar qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi. Bu esa mehnatkaşlarga bölgan eʼtibor va eʼtirofning yorqin ifodasiga aylandi.
Bayramona tadbirga tuman Madaniyat bölimi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar yanada fayz bağişlab, iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşdi. Samimiy muhitda ötgan uçraşuv mehnat jamoasiga yangi kuç va ilhom baxş etdi.
Aholi farovonligini oşiriş, infratuzilmani rivojlantiriş va hayot sifatini yaxşilaşga qaratilgan bunday ezgu taşabbuslar Amudaryo tumanida amalga oşirilayotgan islohotlarning amaliy natijasi bölib, kelgusida ham izçil davom etişiga işonç uyğotadi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶