28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:14
Qishloq xoʻjaligi 👁 560

AMUDARYoDA QIShLOQ XOʻJALIGI XODIMLARI KUNI TANTANALI NIShONLANDI

AMUDARYoDA QIShLOQ XOʻJALIGI XODIMLARI KUNI TANTANALI NIShONLANDI

Oʻzbekiston zamini azaldan qut-baraka oʻchogʻi, dehqonlari esa el dasturxonining butunligi uchun tinim bilmaydigan fidoyi insonlar sifatida qadrlanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan har yili dekabr oyida mamlakatimizda "Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni"ning keng nishonlanishi soha vakillariga koʻrsatilayotgan yuksak ehtiromning yorqin namunasidir. Ana shunday koʻtarinki ruh va bayramona kayfiyat joriy yilning 24-dekabr kuni Amudaryo tumanida ham hukmron boʻldi. Tumanning Qipchoq ovulida joylashgan muhtasham "Jayxun" toʻyxonasida tashkil etilgan tantanali bayram tadbiri yil davomida dalada ter toʻkkan mirishkor dehqonlar, chorvadorlar, suvchilar va mexanizatorlar, agrar soha fidoyilari sharafiga bagʻishlandi.

Tadbirning ochilish marosimida soʻz olgan Oʻzbekiston Fermerlari kengashi boʻlim boshligʻi Mehriddin Muhammadiyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Agrar, suv xoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qoʻmitasi raisi Anvar Jumanazarov, Joʻqorgʻi Kengesi Raisining maslahatchisi Muratbay Abdirov hamda Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametovlar yigʻilganlarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdilar.

Mutasaddilar oʻz nutqlarida bugungi kunda yurtimizda agrar sohani modernizatsiya qilish, eng soʻnggi innovatsion texnologiyalarni joriy etish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi islohotlar oʻz samarasini berayotganini alohida taʼkidladilar. Xususan, Davlatimiz rahbari tomonidan aynan Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun qabul qilingan tarixiy farmon va qarorlar hududda dehqonchilik madaniyatini yuksaltirish va aholi farovonligini taʼminlashda muhim omil boʻlayotgani eʼtirof etildi.

Aytish joizki, yakunlanayotgan 2025-yil Amudaryo tumani qishloq xoʻjaligi tarixida sermahsul yillardan biri sifatida muhrlandi. Raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, tuman mehnatkashlari barcha yoʻnalishlarda ulkan zafarlarni qoʻlga kiritganiga guvoh boʻlamiz.

2025-yil hosili uchun tumandagi 348 ta fermer xoʻjaligi tomonidan 13 ming gektar maydonda gʻoʻza parvarishlandi. Mirishkorlarimiz gektaridan oʻrtacha 44 tsentnerdan hosil olishni maqsad qilib, qabul maskanlariga 57 ming 220 tonna "oq oltin" topshirishni rejalashtirgan edilar. Omilkorlik va tinimsiz mehnat evaziga amalda 66 ming 250 tonna paxta xomashyosi yetishtirilib, ulkan xirmon bunyod etildi.

 

Gʻallachilikda ham natijalar quvonarli. Rizq-roʻzimiz boʻlgan bugʻdoy yetishtirish uchun 270 ta fermer xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 4800 gektar yerga urugʻ ekildi. Rejadagi 11 ming 130 tonna oʻrniga omborlarga 13 ming 768 tonna sifatli don qabul qilinib, dasturxonlarimiz toʻkinligi taʼminlandi.

Shuningdek, "kumush tola" ijodkorlari ham mavsumni yorugʻ yuz bilan yakunladilar. Tumanda 4936 quti ipak qurti parvarishlanib, rejadagi 296 tonna oʻrniga 296,1 tonna pilla hosili olindi.

Aholini meva-sabzavot mahsulotlari bilan taʼminlash – dolzarb vazifa. Amudaryo tumanida jami 1096 gektar bogʻ va 66 gektar tokzorlar mavjud boʻlib, sohani rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Eskirgan va hosildorligi past boʻlgan 14 gektar bogʻ va 4 gektar tokzorlar oʻrnida yangicha yondashuv asosida ishlar tashkil etildi. 2025-yil dasturiga koʻra 90 gektar intensiv bogʻ va 10 gektar tokzor barpo etish koʻzda tutilgan boʻlsa-da, amalda 126 gektar intensiv bogʻ va 16 gektar yangi tokzorlar yaratildi. Bu esa kelajakda eksportbop mahsulotlar hajmini oshirish imkonini beradi.

Xalqimiz dasturxonini goʻsht va sut mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida chorvachilik tarmogʻida ham ijobiy oʻsish surʼatlari kuzatildi. Tumandagi 53 ta chorvachilik subʼekti va aholi xonadonlaridagi saʼy-harakatlar natijasida yirik shoxli qoramollar bosh soni 175,6 mingga yetib, oʻtgan yilga nisbatan 100,7 foizga oʻsdi. Shundan sigirlar soni 48,9 ming boshni tashkil etdi.

Natijada, goʻsht yetishtirish hajmi 11,9 ming tonnaga, sut yetishtirish hajmi esa 39 ming 227 tonnaga yetkazildi. Eʼtiborli jihati, qishloq xoʻjaligi korxonalarida goʻsht yetishtirish oʻtgan yilga nisbatan qariyb 18 foizga, sut ishlab sogʻib olish hajmi esa qariyb 20 foizga oshdi.

Chorvachilikning boshqa tarmoqlarida ham raqamlar oʻsishni koʻrsatmoqda. Jumladan, qoʻy va echkichilikda mayda shoxli mollar soni 113,4 ming boshga yetkazildi. Tumandagi 9 ta parrandachilik subʼekti va aholi xonadonlarida parvarishlanayotgan parrandalar soni 1 mln 170 ming boshdan oshdi. Yil davomida 48 milliondan ziyod tuxum yetishtirildi.

Asalarichilik yoʻnalishida esa 3 ta ixtisoslashgan subʼekt va havaskorlar asalarichilar tomonidan 176,3 tonna asal yigʻib olindi.

Eng katta oʻsish surʼatlaridan biri baliqchilik sohasida qayd etildi. 84 ta baliqchilik xoʻjaligi tomonidan 2071 tonna baliq ovlanib, oʻtgan yilgi koʻrsatkich 124,1 foizga bajarildi. Ayniqsa, fermer xoʻjaliklari baliq yetishtirishni 2,3 barobarga oshirgani tahsinga loyiq.

Sohani rivojlantirish faqat raqamlarni oshirish emas, balki naslchilikni yaxshilash va investitsiyalarni jalb qilish bilan ham oʻlchanadi. 2025-yilgi tuman dasturiga asosan umumiy qiymati 138 mlrd 510 mln soʻmlik 17 ta loyiha toʻliq ishga tushirildi.

Xususan, naslchilikni yaxshilash maqsadida "O‘rta-qala chorva mollari" va "Avazbek Gʻayrat" masʼuliyati cheklangan jamiyatlari hamda "Ilhom Shohrux" fermer xoʻjaligi tomonidan Rossiya Federatsiyasi, jumladan Dogʻiston Respublikasidan jami 1000 dan ortiq zotdor qoramollar olib kelindi. Shuningdek, raqamlashtirish jarayonida 50 ta xoʻjalikdagi 4 mingdan ortiq qoramollar identifikatsiya qilinib, "Chinor" yagona elektron bazasiga kiritildi.

Tadbirda soʻz olganlar Prezidentimizning qishloq xoʻjaligi xodimlariga yoʻllagan bayram tabrigidagi muhim fikrlarni yana bir bor yodga oldilar: global iqlim oʻzgarishi va suv tanqisligi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun faqat zamonaviy bilim, tajriba va innovatsion yondashuv zarur.

Bayramning eng hayajonli qismida fidokorona mehnati bilan barchaga oʻrnak boʻlayotgan soha ilgʻorlari taqdirlandi. Jami 170 nafar agrar soha vakiliga tuman hokimligining tashakkurnomalari va qimmatbaho sovgʻalari topshirildi. Ularning safida 15 nafar fermerning "Ilgʻor fermer" koʻkrak nishoni bilan mukofotlangani ularning mashaqqatli mehnatiga berilgan yuksak baho boʻldi.

"Jayxun" toʻyxonasida yangragan kuy-qoʻshiqlar, dilrabo raqslar bayramga oʻzgacha shukuh bagʻishladi. Amudaryolik dehqonlarning bugungi yutuqlari ertangi kun uchun mustahkam poydevor boʻlib, elimiz dasturxoni toʻkinligi va yurtimiz farovonligiga xizmat qilishi shubhasiz.

Gʻulomjon Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026