“ILK RIVOJLANIŞ MARKAZI”: BOLALAR UÇUN YaNGI IMKONIYaTLAR MASKANI
Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantiriş, xususan, maktabgaça taʼlim tizimi qamrovini kengaytiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi. Zero, bolaning dunyoqaraşi, intellektual salohiyati va jamiyatga moslaşuvi aynan maktabgaça bölgan davrda şakllanadi. Şu maqsadda Amudaryo tumanida ham “Ilk rivojlaniş markazi” taşkil qilinib, samarali faoliyat yuritmoqda.
Uşbu xayrli taşabbus Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oşiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi tegişli qarori ijrosini taʼminlaş doirasida amalga oşirildi.
Yuqoridagi qarorlar asosida 2025-yil 28-iyul kuni Amudaryo tumani hokimining tegişli qarori qabul qilinib, Manğit şahri Olmazor mahallasi, "Barkamol avlod" şoh köçasi 25-uy manzilida tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi yangi “Ilk rivojlaniş markazi” taşkil etildi.
“Ilk rivojlaniş markazi”ning asosiy vazifasi — şu kunga qadar boğçaga bormagan, maktabgaça taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalarga teng imkoniyatlar yaratişdan iborat. Bu markaz şunçaki bolalarni vaqtinçalik nazorat qiladigan joy emas. Bu yerda bolaning jamiyatga ijtimoiy moslaşuvi, tengdoşlari bilan muloqot qiliş könikmasi şakllantiriladi va eng muhimi — ular maktab taʼlimiga tayyorlanadi. Markaz faoliyati har bir bolaning yoşi, individual qobiliyatlari va öziga xos ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ularning har tomonlama kamol topişini taʼminlaşga yönaltirilgan.
Hududning ehtiyojidan kelib çiqib, markaz tomonidan bosqiçma-bosqiç 240 nafar bolajonlarni qamrab oliş rejalaştirilgan. Hozirgi kunda markazda 4 ta guruh şakllantirilgan bölib, ularda 10 nafar malakali pedagog-tarbiyaçilar faoliyat olib bormoqda.
Taʼkidlaş joizki, Prezidentimizning “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturiga hamohang ravişda, markazga qabul jarayonida birinçi navbatda “Kambağal oilalar reyestri”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga ustuvorlik berilmoqda. Bu esa ijtimoiy adolat tamoyilining amaldagi yorqin ifodasidir.
Yangi markazda taʼlim-tarbiya jarayonlari ikki xil innovatsion model asosida taşkil etilgan bölib, bu ota-onalar va bolalar uçun katta qulaylik yaratadi. “Öyin guruhlari” 3 yoşdan 6 yoşgaça bölgan bolalar uçun möljallangan. Maşğulotlar qisqa muddatli, yaʼni kuniga 3 yarim - 4 soat davomida taşkil etiladi. Bu vaqt davomida bolalar turli rivojlantiruvçi öyinlar orqali bilim oladilar. Eng muhimi, tarbiyalanuvçilarga yengil tamaddi beriladi va barça xizmatlar uçun ota-onalardan badal tölovi undirilmaydi. Bu — oila byudjetiga sezilarli yordam deganidir.
“Maxsus maktabgaça taʼlim xizmati” modeli alohida eʼtiborga loyiq. Unda 2 yoşdan 7 yoşgaça bölgan, alohida taʼlim ehtiyojlari bor bölgan, yaʼni imkoniyati çeklangan yoki salomatligida muammosi bor bolalar qamrab olinadi. Bunda pedagoglar bolaning yaşaş xonadoniga borgan holda, individual dastur asosida taʼlim-tarbiya beradilar. Bu usul bolaning öz uyidagi qulay muhitda rivojlanişiga va jamiyatdan uzilib qolmasligiga xizmat qiladi.
Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan “Ilk rivojlaniş markazi” — kelajagimiz egalari bölgan bolajonlar uçun yangi hayot, yangi imkoniyatlar eşigidir. Bu maskan nafaqat bolalarning sifatli taʼlim olişiga, balki ularning soğlom va barkamol inson bölib voyaga yetişişiga munosib hissa qöşişi şubhasiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶