28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:33
Jamiyat 👁 483

“TOʻY KORTEJI”DA YOʻL HARAKATI QOIDALARINI BUZGANLARGA NISBATAN ChORA KOʻRILDI

“TOʻY KORTEJI”DA YOʻL HARAKATI QOIDALARINI BUZGANLARGA NISBATAN ChORA KOʻRILDI

Bugungi kunda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, inson hayoti va sogʻligʻini turli koʻngilsiz hodisalardan asrash ichki ishlar organlari xodimlari oldida turgan eng ustuvor vazifalardan biridir. Afsuski, ayrim hollarda xursandchilik kunlarida, xususan, toʻy marosimlarida oʻzini koʻz-koʻz qilish, "shov-shuv" koʻtarish maqsadida yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzayotgan haydovchilar ham uchrab turibdi. Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi reyd tadbirlari aynan shunday huquqbuzarliklarga qarshi qaratildi.

Yaqinda ijimoiy tarmoqlarda Amudaryo tumanidagi toʻylardan birida tasvirga olingan videolavha tarqalib, keng muhokamalarga sabab boʻlgan edi. Videoda "Malibu" rusumidagi bir nechta avtomashinalar guruh boʻlib harakatlanib, "Toʻy sayli" bahonasida koʻchani toʻliq egallab olgani, boshqa harakat ishtirokchilariga qasddan xalaqit berib, avariyaviy va xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirgani aks etgan edi.

Bunday holatlar nafaqat yoʻl harakati madaniyatiga zid, balki oddiy yoʻlovchilar, tez tibbiy yordam mashinalari va boshqa zarur xizmatlarning harakatiga jiddiy toʻsiq boʻlishi bilan ham xavotirlidir. Shu bois, Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi xodimlari tomonidan vaziyatga tezkorlik bilan munosabat bildirilib, maxsus reyd tadbiri tashkil etildi.

Reyd davomida videolavhada aks etgan va jamoat tartibini buzgan haydovchilarning shaxsiga aniqlik kiritildi. Guruh boʻlib harakatlanish qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan, yoʻllarda sunʼiy tirbandlik hosil qilgan ushbu fuqarolar boshqaruvidagi "Malibu" va boshqa rusumdagi transport vositalari toʻxtatildi.

Qonun barcha uchun barobar. Huquqbuzar haydovchilarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ular boshqaruvidagi avtomashinalar esa vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi. Bu chora – boshqa haydovchilarga, ayniqsa, yoshlarga saboq boʻlishi lozim.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, "kortej" boʻlib, guruh tarkibida harakatlanish yoʻl-transport hodisalari kelib chiqish xavfini bir necha barobar oshiradi. Bitta mashinaning keskin toʻxtashi yoki boshqaruvni yoʻqotishi zanjirli reaktsiyaga sabab boʻlib, oqibati ayanchli yakunlanishi mumkin. Toʻy – yaxshi niyatlar bilan qilinadigan tadbir, uni fojiaga aylantirishga esa hech kimning haqqi yoʻq.

Ushbu tadbir davomida yoʻl-patrul xizmati inspektorlari tomonidan faqat jazolash emas, balki profilaktik tushuntirish ishlariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Boshqa haydovchilar bilan oʻtkazilgan suhbatlarda yoʻllarda oʻzaro hurmat, qoidalarga qatʼiy rioya qilish va yoʻl madaniyatini saqlash, guruh boʻlib harakatlanishdan tiyilish lozimligi tushuntirildi.

Yoʻlda har bir qadam ehtiyotkorlik, har bir harakat masʼuliyat bilan amalga oshirilishi lozim. Avtomobil ruliga oʻtirgan inson faqat oʻz hayoti emas, boshqalarning ham taqdiri uning harakatlariga bogʻliq ekanini unutmasligi kerak. Chunki birgina beparvolik – bir umrning xazon boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Amudaryo tumani Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilayotgan bunday nazorat tadbirlari doimiy ravishda davom ettiriladi. Maqsad – jarima undirish emas, balki yoʻllardagi tartibni saqlash va eng oliy qadriyat boʻlgan inson hayotini asrashdir.

Shunday ekan, barchamiz yoʻllarda masʼuliyatli boʻlaylik, zero, uyda bizni oilamiz va yaqinlarimiz kutmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026