28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:20
Jamiyat 👁 487

Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi Milliy Armiyamizni munosib kadrlar bilan taʼminlashga hissa qoʻshmoqda

Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi Milliy Armiyamizni  munosib kadrlar bilan taʼminlashga hissa qoʻshmoqda

Mamlakatimizda qutlugʻ sana — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni yurtimiz boʻylab keng nishonlanmoqda.

Ayni jarayonlarda Mudofaa ishlari tuman va shahar boʻlimlarining oʻrni va masʼuliyati alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ushbu boʻlimlar harbiy xizmatni tashkil etish, chaqiruv ishlarini amalga oshirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Qurolli Kuchlarni sifatli kadrlar bilan taʼminlashda muhim boʻgʻin hisoblanadi.

Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan ham mazkur vazifalarni izchil amalga oshirish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Xususan, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonun hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida chaqiruvchilarni harbiy roʻyxatga olish, muddatli harbiy xizmatga yuborish, safarbarlik chaqiruvi rezervini shakllantirish va harbiy hisob yuritish tizimi samarali yoʻlga qoʻyilgan.

2025-yil yakunlari tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan belgilangan vazifalar izchil va samarali bajarilmoqda. Jumladan, qonunning 18-moddasiga asosan 1 808 nafar yoshlar harbiy roʻyxatga olindi. Qoʻshinlarni butlash, muddatli harbiy xizmat hamda safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga yuborish boʻyicha berilgan yillik reja muddatidan avval bajarilib, 115 foiz ijro etildi.

Ayni kunda Amudaryo tumanidan 122 nafar yoshlar respublikamizning turli harbiy qismlarida Vatan oldidagi muqaddas burchini sharaf bilan ado etmoqda. 2026-yilgi chaqiruv mavsumi uchun esa 353 nafar yigitni muddatli harbiy xizmatga, 650 nafarini safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga yuborish boʻyicha tashkiliy va tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.

Mudofaa ishlari boʻlimlarining muhim vazifalaridan biri — yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash va ularda vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishdir. Shu maqsadda Amudaryo tumanida “mahallabay” va “xonadonbay” tizim asosida keng koʻlamli targʻibot ishlari amalga oshirildi. 18–27 yoshgacha boʻlgan 9 400 nafar chaqiriluvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlar oʻtkazilib, harbiy xizmatning mazmun-mohiyati, imtiyozlar va istiqbollar atroflicha tushuntirildi.

Bu ishlar oʻz samarasini bermoqda. Xususan, 2025-yilda tumanimizdan 7 nafar yosh “Temurbeklar maktabi”ga, 5 nafar yosh esa oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilindi. Bu esa yoshlar oʻrtasida harbiy kasbga boʻlgan qiziqish izchil oshib borayotganini koʻrsatadi.

Shuningdek, Mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda amaliy tadbirlar ham rejalashtirilgan. Jumladan, tumandagi barcha maktablarning 11-sinflarida tahsil olayotgan 1 808 nafar oʻquvchi uchun Nukus dala oʻquv maydonida jangovar qurollardan amaliy oʻq otish mashgʻulotlarini oʻtkazish belgilangan.

Ayni kunlarda mamlakatimizda davom etayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Amudaryo tumanida ham “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida koʻplab maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Maktablar, mahallalar va mehnat jamoalarida harbiy xizmatchilar, faxriylar ishtirokida uchrashuvlar, harbiy qismlarda “Ochiq eshiklar kuni”, koʻrgazmali mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Milliy Armiyamiz bugungi kunda nafaqat mamlakatimiz suvereniteti kafolati, balki yoshlarni mardlik, intizom va fidoyilik ruhida tarbiyalovchi ulkan maktabga aylangan. Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar esa ana shu qudratli tizimni munosib kadrlar bilan taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni, Vatan osoyishtaligi yoʻlida xizmat qilayotgan jasur harbiylarimizni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabriklaymiz!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026