Içimlik suv inşootlari texnologik auditdan ötkazilmoqda
Maʼlumki, Orolböyi mintaqasida aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş va kommunal sohadagi infratuzilmani modernizatsiya qiliş masalasi davlatimiz va hukumatimizning doimiy eʼtibor markazidagi masalalardan biri hisoblanadi. Sababi, aholining turmuş farovonligini oşiriş, salomatligini muhofaza qiliş bevosita sifatli içimlik suvi taʼminotiga boğliq.
Şu bois, sohada olib borilayotgan islohotlar kölami yil sayin kengayib, mavjud suv inşootlarining texnik holatini yaxşilaş va xizmat körsatiş sifatini oşirişga qaratilgan aniq çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Xususan, bugungi kunda "Qoraqalpoq suv taʼminoti" aktsiyadorlik jamiyati tomonidan respublika hududidagi 412 dona suv inşootlari orqali xalqimizga toza içimlik suvi yetkazib beriş hamda kanalizatsiya xizmatlarini körsatiş yölga qöyilgan. Biroq, uşbu inşootlarning samaradorligini doimiy ravişda tahlil qiliş va nazoratga oliş davr talabidir.
Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi "Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida davlat nazoratini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida"gi 66-sonli farmoni soha xodimlari oldiga yangi va dolzarb vazifalarni qöydi. Mazkur farmonning 4-kiçik bandiga muvofiq, 2025-yilning 1-iyulidan boşlab barça içimlik suv taʼminoti va oqova suvlarni çiqarib yuboriş tizimi obʼektlarini texnologik auditdan ötkaziş tartibi qatʼiy belgilab berildi. Bundan közlangan asosiy maqsad — tizimdagi mavjud muammolarni öz vaqtida aniqlaş, maʼnan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilaş hamda energiya resurslarini tejaş orqali aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşirişdan iboratdir.
Farmon ijrosini taʼminlaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat inspektsiyasi hamda "Qoraqalpoq suv taʼminoti" aktsiadorlik jamiyati mutaxassislari hamkorligida texnologik audit ötkaziş böyiça maxsus reja-grafik işlab çiqildi va amaliyotga tatbiq etildi.
Tasdiqlangan reja-jadvalga asosan, ayni kunlarda joylardagi içimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimi obʼektlarida keng qamrovli örganiş işlari olib borilmoqda. Inspektsiya xodimlari tomonidan obʼektlarning qurilgan yili, loyihaviy va amaldagi quvvati, işlab çiqariş unumdorligi, modernizatsiya qiliş zarurati va boşqa muhim texnologik parametrlari sinçkovlik bilan közdan keçirilmoqda. Bu jarayon şunçaki statistik maʼlumot töplaş emas, balki inşootlarning samaradorligini tekşiruvçi çuqur tahliliy jarayondir.
Uşbu reja-jadval asosida yaqinda Amudaryo tumanining Böz yop ovuli hududida joylaşgan suv inşootida ham nazorat tadbirlari ötkazildi. Mutaxassislar stantsiyaning bugungi kundagi texnik holatini örganib, nasos agregatlarining iş samaradorligi, suv tozalaş tizimining sozligi va elektr energiyasi sarfi körsatkiçlarini tahlil qildilar.
Texnologik auditning eng muhim jihati uning natijadorligida namoyon böladi. Örganişlar yakuniga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat inspektsiyasi tomonidan har bir obʼekt böyiça maxsus xulosalar tayyorlanadi.
Uşbu hujjatda közdan keçirilgan qurilmaning unumdorligini oşiriş, aniqlangan texnik kamçiliklarni bartaraf etiş, zarur hollarda uskunalarni zamonaviy tejamkor texnologiyalarga almaştiriş böyiça aniq tavsiya va körsatmalar aks etadi. Bu esa suv taʼminoti korxonalariga öz faoliyatini qayta körib çiqiş, mavjud resurslardan oqilona foydalaniş va pirovardida aholini uzluksiz va sifatli içimlik suvi bilan taʼminlaş imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda bunday nazorat tadbirlari Qoraqalpoğistonning barça tuman va şaharlarida davom ettirilmoqda. Zero, har bir xonadonga kirib borayotgan toza içimlik suvi — xalqimiz farovonligi va salomatligining muhim kafolatidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶