Amudaryo tumanida “Rahbar va yoşlar uçraşuvi” bölib ötdi
Amudaryo tumanida yoşlarning muammo va taşabbuslarini tinglaş, ularni qöllab-quvvatlaş hamda kelajak sari dadil qadam taşlaşlariga kömak beriş maqsadida navbatdagi “Rahbar va yoşlar uçraşuvi” taşkil etildi. Tadbir Amudaryo tumani Madaniyat bölimida oçiq, samimiy muloqot ruhida ötkazildi.
Uçraşuvda tuman hokimi Sobir Xöjametov, hokim örinbosari Nodirbek Kamolov, tuman prokurori Bahram Maşaripov, Içki işlar bölimi boşliği Timur Doşumbayev, Yoşlar işlari bölimi boşliği Bekzod Örinboyev, şuningdek, kasb-hunar texnikumlari, tijorat banklari va boşqa mutasaddi taşkilotlar vakillari iştirok etdilar.
Uçraşuvni oçib bergan tuman hokimi Sobir Xöjametov öz sözida yoşlar bilan işlaş davlat siyosatining eng muhim yönalişlaridan biri ekanini taʼkidladi.
“Bugun yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar har qaçongidan ham keng. Eng muhimi, bu imkoniyatlardan töğri foydalaniş, bilim va kasb egallaş, taşabbus körsatiş zarur. Rahbarlar sifatida biz yoşlarning har bir muammosiga yeçim topişga tayyormiz”, — dedi tuman hokimi.
Şuningdek, hokim yoşlar bandligini taʼminlaş, ularni zamonaviy kasblarga yönaltiriş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş masalalari doimiy nazoratda ekanini qayd etdi.
Hokim örinbosari Nodirbek Kamolov yoşlar bandligini taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar, böş iş örinlari, kasb-hunar texnikumlarida mavjud yönalişlar haqida batafsil maʼlumot berdi. U yoşlarni qisqa muddatli kasb örgatiş kurslariga jalb etiş, “Ustoz-şogird” anʼanasi asosida hunar örganiş imkoniyatlari kengayib borayotganini taʼkidladi.
Hokim örinbosari öz sözida yoşlar daftari orqali moddiy va ijtimoiy yordamlar, startap va innovatsion loyihalarni qöllab-quvvatlaş, imtiyozli kreditlar va subsidiya mexanizmlari, yoş tadbirkorlarga yer maydonlari va bino-inşootlardan foydalaniş imkoniyatlari haqida atrofliça tuşuntiriş berdi.
Tuman prokurori Bahram Maşaripov yoşlarning huquq va majburiyatlari, qonunlarga rioya qiliş, huquqiy madaniyatni oşiriş masalalariga alohida töxtaldi. U yoşlar örtasida huquqbuzarliklarning oldini oliş, ularning huquqiy savodxonligini oşiriş borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar haqida maʼlumot berdi.
Içki işlar bölimi boşliği Timur Doşumbayev esa yoşlarni turli salbiy illatlardan asraş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, jinoyatçilikka qarşi kuraşda yoşlarning faolligi muhim ekanini taʼkidladi.
Uçraşuv davomida yoşlar özlarini qiziqtirgan savollar, bandlik, taʼlim, kredit oliş, tadbirkorlikni boşlaş, huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlar bilan çiqişdi. Masʼullar tomonidan har bir murojaat atrofliça körib çiqilib, ayrim masalalar joyida hal etildi, qolganlari böyiça aniq çora-tadbirlar belgilandi.
Tadbirda tuman Madaniyat bölimi xonandalari tomonidan ijro qilingan betakror kuy-qöşiqlar barça iştirokçilariga yuqori kayfiyat bağişladi.
Mazkur “Rahbar va yoşlar uçraşuvi” yoşlarning ijtimoiy faolligini oşiriş, ularni qöllab-quvvatlaş, muammo va takliflarini bevosita tinglaşda muhim maydon bölib xizmat qildi. Eng asosiysi, bu muloqot yoşlarning öz kelajagiga bölgan işonçini yanada mustahkamlab, yangi marralar sari undadi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶