14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 03:03
Fan va taʼlim 👁 281

Kitobsevarlarning sevimli ziyo maskani

Kitobsevarlarning  sevimli ziyo maskani

Bugungi globallashuv davrida aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni sifatli axborot bilan taʼminlash dolzarb vazifa sanaladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi qarori asosida tashkil etilgan Amudaryo tuman axborot-kutubxona markazi ham oʻtgan 2025-yil davomida bu yoʻnalishda salmoqli ishlarni amalga oshirdi.

Kitobxonlar safi va xizmat koʻrsatish qamrovi

Yil davomida Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan abonement va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish yoʻnalishida tizimli ishlar olib borildi. Xususan, turli mavzularda adabiy kechalar, ijodiy uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etilib, yangi adabiyotlar targʻiboti yoʻlga qoʻyildi.

Raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, bugungi kunga qadar markaz foydalanuvchilarining umumiy soni 6 ming 12 nafarni tashkil etmoqda. Quvonarlisi, birgina 2025-yilning oʻzida kutubxonaga 1 ming 412 nafar yangi kitobxon aʼzo boʻldi. Yil davomida foydalanuvchilar qatnovi 31 ming 460 tani, berilgan resurslar soni esa jami 113 ming 20 tani tashkil etdi. Shundan 102 ming 989 tasi anʼanaviy shaklda, 5 ming 258 tasi esa masofadan turib taqdim etilganligi sohaga zamonaviy yondashuv kirib kelayotganidan dalolatdir.

Shuningdek, chekka hududlar aholisini kitob bilan taʼminlash maqsadida "Koʻchma kutubxona" xizmati yoʻlga qoʻyilib, 6 marotaba tashkil etilgan maʼrifat karvoni xizmatidan 845 nafar hamyurtimiz foydalandilar.

Bibliografik izlanishlar va media targʻibot

Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan kitobxonlarga katalog va kartotekalardan foydalanish madaniyati oʻrgatib kelinmoqda. 2025-yilda foydalanuvchilarga jami 224 ta, shu jumladan 132 ta ogʻzaki, 50 ta yozma va 42 ta masofaviy shaklda maʼlumot-axborot xizmati koʻrsatildi.

Yil davomida dolzarb mavzularda 15 ga yaqin bibliografik tavsiya va qoʻllanmalar ishlab chiqildi. Markaz faoliyati OAVda ham keng yoritildi. "Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasi hamda amunews.uz veb-saytlarida markaz faoliyati va oʻtkazilgan tadbirlar haqidagi maqolalar muntazam ravishda chop etib borildi.

Fondning boyitilishi va elektron baza

Kutubxona fondini zamon talablariga mos ravishda toʻldirish va saqlash muhim vazifadir. Hozirgi kunda Axborot-kutubxona markazi fondi 19 ming 699 nomdagi 65 ming 248 nusxa adabiyotdan iborat.

2025-yil davomida fondga 95 nomdagi 280 nusxa kitob sotib olingan boʻlsa, homiylar va kitobsevarlar tomonidan 118 nomdagi 418 nusxa kitob sovgʻa qilindi. Shuningdek, 10 nomdagi gazeta va 3 nomdagi jurnalga obuna tashkil qilindi.

Raqamlashtirish va onlayn faoliyat

Zamonaviy kutubxonani axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Markazning Raqamlashtirish xizmati tomonidan "Unicat" dasturiga 4752 dona asosiy va 462 dona vaqtinchalik bibliografik yozuvlar kiritildi. Markazning ijtimoiy tarmoqlardagi kanallariga 18 ta audiokitob va 52 ta videorolik joylashtirildi.

Xulosa qilib aytganda, Amudaryo tuman axborot-kutubxona markazi aholiga sifatli axborot xizmati koʻrsatish, jamiyatda kitobxonlik muhitini mustahkamlash yoʻlida dadil qadam tashlamoqda. Joriy 2026-yilda ham bu boradagi ishlarni davom ettirib, kitobxonlar safini yanada oshirish, targʻibot ishlarini kuchaytirish va aholi, ayniqsa yoshlarni kitobxonlikka qiziqtiruvchi turli tadbirlar uyushtirishni maqsad qilganmiz. Fursatdan foydalanib, barcha kitobsevarlarni Mangʻit shahrining Oybek mahallasi, Qipchoq koʻchasida joylashgan ziyo maskanimizga taklif qilamiz!

Dilmurod Oʻrazaqov, tuman Axborot kutubxona markazi direktori. 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019